Yurak muskullari


Download 328.13 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi328.13 Kb.
#1533003
Bog'liq
YURAK muskullari

YURAK MUSKULLARI

  • Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi
  • Yurakning qiyosiy morfologiyasi. Yurak qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yurak vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yurak tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yurak qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda yurak vazifasini qorin aortasi bajaradi.
  • Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yurak 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yurak oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yurak yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yurakning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yurak yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.
  • Keyinchalik 1—3 yoshda Yurak qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 300 g, ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yurakning uzunligi oʻrta yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yurak tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng.
  • Yurakning oʻng chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan (oʻng III va V qovurgʻalar roʻparasida) 2—3 sm chetroqsa boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda Yurakning oʻng tomondagi chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan 1,0—1,5 sm chiqib turishi mumkin. Yurakning pastki chap chegarasi V qovurgʻaning oʻrta oʻmrov chizigʻidan 1,5 sm ichkariga Yurak uchiga toʻgʻri keladi.
  • Yurak chegarasi va vaziyati odam koʻkragining shakliga ham bogʻliq, qoʻkragi keng odamlarda Yurak pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday konstitutsiyaga ega boʻltan odamlarda Yurak gorizontal holatda turadi. 
  • Yurak boʻlmachalari — venalar qonini qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng boʻlmacha katta qon aylanish doirasidan venoz qon olib keluvchi yuqorigi va pastki kovak venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka venalari quyiladi. Ikkala boʻlmacha qorinchalar bilan boʻlmachaqorincha teshiklari orqali tutashadi. Qorinchalar qisqarganda teshiklar tavaqali (qopqoqlar) klapanlar bilan berkiladi. Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri bilan kesishgan muskul tolalari va qorincha boʻshligʻiga chiqib turadigan soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu musqullar uchidan chiqqan payli tolalar boʻlmachaqorincha klapanlari tavaqalarining qirralariga yopishgan. Ular klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab burilishiga (koʻtarilishiga) toʻsqinlik qiladi.
  • Devorining tuzilishi. Yurak devori 3 qavat pardadan iborat: ichki – endokard, o’rta – miokard va tashqi – epikard. Shuningdek, yurak tashqi tomondan perikard bilan o’ralgan bo’ladi. Endokard- yurakning nisbatan yupqa qavati. U endoteliy va unga tayanch vazifasini o’tovchi, biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan endoteliy osti qavatidan iborat. Bu qavatlar ostida elastik tolalar va silliq muskul tolalaridan iborat mushak-elastik qavat yotadi. Yurakning eng qalin qavati miokard hisoblanib, yurak mushaklaridan tuzilgan. Yurak muskul hujayralari kardiomiotsitlar deb yuritiladi. Ular ketma-ket joylashib, yurak muskul tolasini hosil qiladi. Miokardda tipik va atipik mushak tolalari farqlanadi. Tipik mushak tolalari qisqarish, atipik muskul tolalari esa impuls o’tkazish vazifasini bajaradi.
  • Mushak tolalari bir birlari bilan oraliq plastinkalar orqali birikkan bo’ladi. Oraliq plastinkalar trofik va impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi. Yurakning o’tkazuvchi sistemasiga atipik muskul tolalari kiradi. Ular impulslar hosil qiladi va ularni tipik muskul tolalariga o’tkazadi. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi sinus tuguni(Kis-Flak), bo’lmacha-qorincha ya’ni atrioventrikulyar tugun(Ashof-Tovar) hamda qorinchalararo tutam(Gis tutami) va uning tolalaridan tuzilgan. Gis tutami ikkiga bo’linib, 1 juft Purkine tolalarini hosil qiladi. Quyidagi tasvirda buni yaxshiroq tasavvur qilishingiz mumkin. Epikard – biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, sirtdan bir qavat epiteliy(mezoteliy) bilan qoplangan. Biriktiruvchi to’qimasida yog’ kletchatkasi, qon tomirlar va nerv tolalari bo’ladi.

Download 328.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling