Ekologiya va geografiya


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.10.2020
Hajmi1.68 Mb.
  1   2   3

O‘ZBEKSITON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 

 

TABIIY FANLAR FAKULTETI 

 “EKOLOGIYA VA GEOGRAFIYA” KAFEDRASI  

EKOLOGIYA VA ATROF MUXITNI MUHOFAZA  

qilish bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi  

22-16 guruh talabasi 

Xolbo’tayev To’rabekning 

EKOLOGIYA ASOSLARI fanidan 

 “Biosferada moddalarning aylanishi” mavzusida tayyorlagan    



 

 

 

 

 

 

Qabul qildi:  

 

A. Kenjayev 

 

 



Guliston- 2017 

 

MUNDARIJA 

   

KIRISH…………………………………………………………. 

 

 

ASOSIY QISM 

 

I bob. 

BIOSFERA- HAYOT QOBIG’I 

 

1.1. 

Biosfera haqida tushuncha 

 

1.2 

Biosfera chegaralari va tasnifi 

 

II bob 

BIOSFERA TA’LIMOTI VA FUNKSIYASI 

 

2.1.  

Biosfera ta’limoti 

 

2.2. 

Biosferadagi moddalar 

 

2.3. 

Biosferada tirik moddalarning funksiyasi 

 

III bob  BIOSFERADAGI MODDALARNING AYLANISHI 

 

3.1.  

Biosferadagi moddalarning aylanma harakati 

 

3.2.  

Biosfera va inson 

 

 

XULOSA VA TAVSIYALAR 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 

Keyingi 


yillarda 

sanoat 


chiqindilari 

biosferaga 

kanday 

ta’sir 


ko’rsatayotganligi,  buning  ta’sirida  yerning  jonli  kobig’ida  kanday  o’zgarishlar 

sodir  bo’lish  muammolari  butun  dunyodagi  ekolog  olimlar  e’tiborini  jalb 

kilmokda.  Agarda  sanoat  ishlab  chikarishida  tubdan  o’zgarish  kilinmasa  hozirgi 

mavjud  texnalogik  jarayonlarni  kayta  takomillashtirilsa  xam  planetadagi 

biosferaning  ifloslanishi  davom  yetaveradi.  Bunday  bosimga  tabiat  tizimidagi 

o’zini-o’zi tozalash holati bardosh beroladi. 

Xozirgi  davrda  ko’pchilik  rivojlangan  mamlakatlarda  sanoat  chiqindisiz 

ishlaydigan texnalogiyaga katta e’tibor berilgan. yevropa davlatlaridagi ko’pchilik 

ishlab  chikarishlarda  bu  usul  ishlatiladi.  SHuningdek  jarayon  respublikamizdagi 

ayrim  korxonalarda  xam  ko’llanilmokda.  Keyingi  2-3  yil  ichida  ayniksa 

mamlakatimiz  mustakil  bo’lgach  og’ir  sanoatni  rivojlantirishga  katta  e’tibor 

berilmokda. Bularda ilmiy jixatdan asoslangan chiqindisiz ishlaydigan texnalogiya 

keng mikyosda joriy  etilmokda. Bu yerda shu narsani aloxida kayd kilish kerakki 

chiqindisiz  ishlab  chikarish  jarayonning  o’zi  tabiatdan  olingandir,  chunki  bir 

organizmning  faoliyatida  foydalaniladi  va  yirik  biosferada  moddalarning biologik 

aylanishida utilizatsiya kilinadi, natijada tabiatga zarar beradigan zaxarli moddalar 

tashlanmaydi. 

Biosferada  hayotning  taqsimlanishi  nihoyatda  murakkab  va  xilma-xildir. 

yer yuzida jonli organizmlarning tarqalishi shunday sodir bo’lganki, materiklardagi 

organizmlarning  biomassasi  dunyo  okeanlarining  biomassasidan  800  marta 

ziyoddir.  Agar  okeanlardagi  biomassalarning  asosiy  qismini  hayvonot  mahsuloti 

tashkil  qilsa,  quruqlikdagi  biomassaning  90  foizini  o’simlik  mahsulotlari  tashkil 

etadi.  Okeanlarda  hayvonlarning  tarqalishi  bir  xil  bo’lmaydi,  lekin  shunday 

bo’lishiga  qaramasdan  hayvonlar  suv  muhitining  barcha  qatlamlarida  tarqalgan 

bo’ladi.Materik  (qit’a)  larda  o’simliklar  yupqa  qatlam  hosil  qilib  joylashib,  yer 

yuzini  uzilishlar  bilan  o’rab  olgan.  O’simliklar  qit’aning  doimiy  ravishda  muzlik 

bilan qoplangan zonalarida va haddan tashqari quruk, cho’l zonalarida bo’lmaydi. 

V.  I.  Vernadskiy  hayot  biosferaning  hamma  joyida  mavjudligini  ta’kidlaydi.  Bu 



g’oyani  bizning  sayyoramizning  rivojlanish  tarixi  ham  to’la  isbotlaydi.  Fan 

yutuqlri  va  biolog  olimlar  tomonidan  olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, 

dastlab  hayot  suv  muhitlarida  vujudga  kelgan  va  keyinchalik  asta-sekinlik  bilan 

kengayib, butun materikni, butun biosferani egallab olgan. 

Ayrim organizmlar yashaydigan haroratning eng oxirgi chegarasi — 180°S 

ni tashkil etadi. Havo bosimiga nisbatan yashovchanligi har xil organizmlarda har 

xildir. Bakteriyalarning ichki havo bosimining eng yuqori chegarasi 12- 10

8

 Pa (12 



ming  atm)  ga  teng.  Boshqa  organik  shakllar,  masalan,  o’simliklarning  urug’i  va 

sporalari,  mayda  hayvonlar  anabioz  holda  to’la  vakuumda  ham  hayotchanligini 

saqlab  qoladilar.  Jonli  organizmlar  kimyoviy  muhit  sharoitlarining  katta 

diapazonida  ham  yashay  oladilar.  Masalan,  yerda  yashagan  organizmlar  dastlab 

kislorodsiz  sharoitlarda  yashaganlar.  Anaerob  sharoitda  yashaydigan  organizmlar 

hozirgi  davrda  yashaydigan  individlar  o’rtasida  ham  uchraydi,  ularning  orasida 

hujayrali shakllari ham bor. 

Muhit  sharoitlariga  chidamlilik  darajasi  yuqori  bo’lgan  ayrim  individlar 

havoda  radiatsiya  yetarli  miqdordan  ko’p  bo’lganida  ham  yashashlari  mumkin. 

Masalan, ayrim infuzoriyalar YOr yuzidagi tabiat radiatsiyalarining dozasidan uch 

ming  marta  ko’p  bo’lgan  nurlanishlarga  ham  chiday  oladi.  Ayrim  bakteriyalar 

atom reaktorlarining qozonlarida yashayotganligi olimlar tomonidan qayd qilingan.  

SHunday   qilib,   «hayot»   moslashishi   jihatidan   katta zapasga egadir

jumladan  muhit  sharoitlarining  ta’siriga    bardosh  berish  qobiliyati  va  yanada 

kengroq  tarqalish  imkoniyatlariga  egadir.  SHuning  uchun  hayotning  biosferada 

tarqalishi bir xil emas. Hayot cho’l zonalarida juda ham kam  rivojlangan, ayniqsa 

tundrada,  okeanlarda  rivojlanish    holatlari  juda  ham  sust  bo’ladi.  Jonli 

organizmlarning  materiklarda  tarqalishini  o’rganish,  biosferadagi  hayotning 

taqsimlanishini  aniqlash  tufayli    tabiatdagi    turlarning  nihoyatda    xilma-xil  

ekanligi  aniqlandi.  V.  I.  Vernadskiyning  fikricha,  tabiatdagi  turlarning  xilma-

xilligi,  biosferaning  turg’unligini  oshiradi.Hakiqatda  ham  biosferadagi  turlarning 

ko’p bo’lishi  faqatgina   uning    muntazamligini   oshirib   qolmasdan,      shu   bilan 

birga uning tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlashdagi roli ham beqiyosdir. 


I BOB. BIOSFERA- HAYOT QOBIG’I 

1.1. Biosfera haqida tushuncha 

Ma’lumki,  sayyoramizning  yuzasi  gazsimon  (atmosfera),  suyuk, 

(gidrosfera)  va  qattiq  (litosfera)  qobiqlardan  iboratdir.  Barcha  jonli  organizmlar 

o’zini  o’rab  turgan  muhit  sharoitlari  bilan  doimiy  ravishda  munosabatda  bo’ladi 

Gidrosfera qatlami yer yuzining 70 foizini tashkil qilib, bunga turli suv havzalari: 

okeanlar,  dengizlar,  ko’llar,  daryolar  kiradi.Atmosfera  qatlami  uchta  qobiqqa 

bo’linadi,  pastki  qatlam  —  havoda  meuallaq  holda  bo’ladigan  suv  bug’larini  o’z 

ichiga  oluvchi  troposfera,  ustki  qatlam  —  100  km  yuqoriga  ko’tariladigan 

stratosfera,  undan  ham  yuqorida  esa  siyrak  holdagi  gaz  qatlami  —  monosfera 

joylashgan  bo’lib,  u  ionlashgan  atomlar  yig’indisidan  iboratdir.  Qattiq  qobiq 

bo’lmish  litosferaning  qalinligi  10—40  km  qatlamdan  tashkil  topgan.  YUqorida 

qayd  qilingan  uchta  qobikdan  tashqari,  yer  yana  alohida  qobiq  —  biosfera  bilan 

ham  o’ralgan  bo’lib,  u  tirik  organizmlar  ishg’ol  qilgan  barcha  maydonlarni  o’z 

ichiga  oladi.  Biosfera  haqidagi  tushunchalar  birinchi  bor  gollandiyalik  olim  B. 

Bareniuye,  fransuz  tabiatshunos  olimi  J.  Byuffon  (1707—  1788)  asarlarida  o’z 

ifodasini topdi.   

 

Fransuz kimyogari J. B. Dyuma (1800—



1884), 

J. 


Busengo 

(1802—1887), 

nemis 

kimyogari  YU.  Libix  (1803—1873)  va  boshqa 



bir  qancha  olimlar  yer  sharidagi  gazlarning 

almashishida 

o’simliklarning 

ahamiyatini 

aniqladilar.  Bundan  tashqari  o’simliklarning 

oziqlanishida 

tuproq 

eritmalarining 



roli 

nihoyatda katta ekanligiga e’tibor berdilar. 

 

1- rasm. Yer geografiyasi 



 

 


 

J. Busengo . tomonidan Janubiy Amerikaning tropik o’rmonlarida o’tkazilgan 

kuzatishlar  natijasida  o’simliklarning  hosil  bo’lishida  va  umuman  jonli 

organizmlarning  paydo  bo’lishida  havoning  tarkibi  va  namlik  muhim  ahamiyatga 

ega  ekanligi  aniqlandi.  V.  V.  Dokuchayev  o’z  asarlarida  tuproqning  hosil 

bo’lishiga  faqat  iqlim  sharoitlari  ta’sir  ko’rsatib  qolmasdan,  shu  bilan  birlikda 

o’simlik  va  hayvon  jamoalari  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  alohida  qayd 

qiladi.  Lekiy  biosfera  hamda  uning  yer  yuzida  boradigan  jarayonlardagi  roli 

haqidagi  nazariya  birinchi  bor  yirik  rus  olimi  —  tabiatshunos      Vladimir   

Ivanovich      Vernadekiy      tomonidan      asoslab  berildi.  U    okean    suvlarini      va   

atmosferaning    kimyoviy  tarkibini  o’rgandi,  V.  I.  Vernadskiy  mineralogiya, 

kristallografiya,  geokimyo  va  biokimyo  fanlarining  asoslarini  yaratdi.  Jumladan 

biosferada kimyoviy elementlarning tarqalishida va almashishida organizmlarning 

qanday  rol’  o’ynashini  to’la  tushuntirishga  muvaffaq  bo’ldi.  Biosfera  haqidagi 

ta’limotning  vujudga  kelishida  fizika,  kimyo,  geologiya  va  biologiya  fanlari 

erishgan yutuqlar katta rol’ o’ynadi.  

Chunki  atmosfera,  gidrosfera  va  litosferadagi  fiziq,  hodisalarni  o’rganish 

bilan  fizika  fani,  yerdagi  organik  va  anorganik  olam  tarkibini  o’rganish  bilan 

kimyo  fani  shug’ullanadi.  Agar  geologik  qonuniyatlar  tekshirilmaganda 

sayyoramizning qachon vujudga kelganini va tog’ jinslarining tarkibini ham bilmas 

edik.  Shu  o’rinda  O’rta  Osiyoning  buyuk  allomasi  Abu  Rayhon  Beruniyni 

eslamasdan o’tib bo’lmaydi.  

Beruniy  mineralogiyaga  bagishlangan  asarida  tabiatdagi  geologik 

jarayonlarni  tushuntirgan  va  shu  bilan  biosferadagi  geologik  qonuniyatlarni 

asoslashga imkon yaratgan. Jonli tabiat va organik hayot qonunlarini biologiya fani  

o’rganadi.  Biologiya  fani  hujayradan  tortib  katta  biotsenozlargacha,  hamma  jonli 

tabiat  namoyandalari  tarkibini  tekshiradi.  Jonli  va  jonsiz  tabiat  orasidagi 

bog’lanishlarni    yanada  chuqurroq  o’rganish  biosfera  tushunchasining  vujudga 

kelishiga  sababchi  bo’ldi.  Hozirgi  zamon  tushunchasiga  muvofiq,  biosfera  —  bu 

yerning  o’ziga  xos  qobig’i  bo’lib,  butun  jonli    organizmlarni  o’z  ichiga  oladi. 

Biosfera — 50° dan +50° gacha haroratli  termodinamik  qobiqdan iboratdir.  


Biosfera  yerda  tirik  organizmlar  vujudga  kelishi  bilan  bir  vaqtda  paydo 

bo’lgan va ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida shakllana borgan. Biosfera 

butun  quruqlik  yuzasini  —  dengiz    sathidan  tog’  tizmalarining  cho’qqilarigacha 

ishrol qilib  turadi. O’simlik va hayvonlarning ayrim turlarini yer  yuzasining eng 

baland cho’qqilarida ham ko’rish mumkin.  Masalan, sakkiz kilometr balandlikdagi 

tog’da tog’ qarg’asi uchratilgan. 

Biosfera  uchala  mineral  qobiq  ichkarisiga  ham  kirib  boradi,  lekin  bir  xil 

darajada  emas.  Atmosferada  hayotning  eng  yuqori  chegarasi  25—27  kilometr 

balandlikdadir,  bu  zonalarda  faqat  zamburuglar  va  bakteriyalarning  sporalarni 

uchratish mumkin. Lekin undan yuqorida, stratosferada ozon qavatlari chegarasiga  

qadar  ham tirik  organizmlar  bor bo’lishi mumkin. Bu qavatlar 20—50 kilometr 

balandlikda  yerni  qurshab  turuvchi  ozon  ekranini  hosil  qiladi.  Tirik  organizmga 

halokatli ta’sir etuvchi kosmik nurlanish hamda quyoshning ul’trabinafsha nurlari 

ana  shu  ekranga  urilib  qaytadi.  Havoga  ko’tariluvchi  organizmlarning  eng  ko’p 

massasi yer yuzidan taxminan 50—70 metrgacha balandlikda to’plantan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1.2. Biosferaning chegaralari va tasnifi 

Er  yuzidagi  tirik  organizmlar  tarqalgan,  ularning  doimiy  ta’siri  ostida 

bo’lgan va faoliyati mahsulotlari  egallagan qobiq biosfera(yunoncha «bios»-hayot, 

«sfera»-shar)  deb  yuritiladi.  Biosfera    yerning  qattiq  qobig’i-  litosferaning  ustki 

qismi(3  km  chuqurlikkacha),  havo  qobig’i  atmosferaning  quyi,  troposfera 

qismini(15  km  gacha)  va  suv  qobig’i-  gidrosferani(11  km  gacha)  o’z  ichiga 

oladi(18-rasm).  

 

 



 

2-rasm. Biosferaning yer geosferalari o’rtasidagi o’rni. 

 

Hayotning    yuqori  chegarasi  sayyorani  ul’trabinafsha  nurlanishdan  ximoya 



qiladigan «ozon qatlami»(22 km) dan o’tkaziladi va biosferaning umumiy qalinligi 

33-35 km deb belgilanadi.  

 1875  yilda  bu  tushunchani  birinchi  bor  avstriyalik  geolog  olim  E.Zyuss 

ishlatdi. yerning alohida qobiqlari-geosferalarini o’rganayotganida hayot tarqalgan 

qobiqni u «biosfera» deb ajratdi.  


Biosfera  xaqidagi  ta’limotning  asoschisi  rus  olimi,    akademik 

V.I.Vernadskiy(1863-1945)  hisoblanadi.  V.I.Vernadskiy  birinchi  bo’lib  yer 

sayyorasi  evolyutsiyasida  tirik  organizmlarning  roli  va  ahamiyatini  ochib  bergan, 

biosferani biogeoximik o’rganishni boshlagan.  

Biosferaning  hosil  bo’lishida    abiotik,  biotik  va  noobiotik  bosqichlar 

ajratiladi.  Abiotik bosqichda(4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga 

kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan.  Biotik bosqichda(3,5 mlrd. 

yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida paydo bo’lgan. qur’oni Karimda 

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

«...va suvdan har bir narsani qilganmiz» («Anbiyo», 30). 

Boshqa bir oyatda esa: 



«Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi», deydi(«Nur», 45). 

Arxey  va  Proterozoy  eralarida  hayot  sodda  ko’rinishda  bo’lgan  va  okean 

o’simliklarida  fotosintez  amalga  oshgan.  600  mln.  yil  ilgari,  Paleozoy  erasining 

Kembriy  davriga  kelib  okeanda  hayot  turlana  boshlaydi.  Keyinchalik,  hayot 

quruqlika chiqadi, butun biosferani egallaydi va gurkirab rivojlangan.  

Organik evolyutsiya davomida tirik organizmlar atmosfera havosini, Dune 

okeanining  suvini,  tuproqlarning  asosiy  massasini,  mineral  birikmalarining  katta 

massasini  a’zolari,  terilari,  xujayralari,  qonlari  orqali  minglab  martalab  o’tkazgan 

va  butun yer muhitini o’zgartirgan( Akimova,1998). 

Biosferada hozirda 500 mingga yaqin o’simlik turlari va 1,5 mln.dan ortiq 

hayvon turlari mavjuddir.  

Noobiotik  bosqichining  shakllanishi  40-50  ming  yil  oldin    boshlangan  deb 

hisoblanadi. 

Biosferaning  umumiy  massasi  boshqa  qobiqlardan  farqlanadi(1-jadval). 

Tirik organizmlar birgalikda  juda katta ish bajaradi. 

 

 



 

 


1-Jadval 

Er qobiqlarining massalari 

 

Er qobiqlari 



Massa(tonnalarda) 

Litosfera 

2,08 x 10

18 


Gidrosfera 

1,39 x 10

18 

Atmosfera 



5,20 x 10

15 


Biosfera 

1,36 x 10

12 

 

Er  yuzidagi  barcha  tirik  organizmlar  yig’indisini  V.I.Vernadskiy  «tirik 



modda» deb ataydi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha biota  deb ham nomlanadi. 

   V.I.Vernadskiy bo’yicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi: 

  tirik modda(biota)-barcha tirik organizmlarning  yig’indisi; 

  o’lik  modda-  hosil  bo’lishida  tirik  organizmlar  qatnashmaydigan  tog’ 

jinslari, suv, minerallar va boshqalar; 

  biogen  moddalar-organizmlar  hayot  faoliyati  mahsuli  sifatida  hosil 

bo’lgan ko’mir, torf, neft’, gaz va boshqalar; 

  oraliq  modda-biogen  moddalarning  noobiogen  kelib  chiqqan  mineral 

jinslar bilan aralashmalari-tuproq,  slanetslar va boshqalar. 

 

 


 

3-rasm   Biosferada tirik organizmlarning   tarqalishi. 

Tarkibidagi  energiya  yoki  uglerod  miqdoriga  asoslangan  ma’lumotlar 

bo’yicha  biosferadagi  tirik,  biogen  va  oraliq  moddalar  miqdori  nisbati  1:20:4000 

ga to’g’ri keladi 

Biota biomassasi eng kichik bo’lishiga qaramay yuqori xilma-xillikka ega va 

o’z tarkibini million marta tezroq yangilaydi. V.I.Vernadskiy tirik organizmlarning 

birgalikdagi  faoliyatini  yer  yuzi  tabiatini  o’zgartiradigan  geologik  kuchga 

qiyoslaydi.  Evolyutsion  taraqqiyoti  davomida  tirik  organizmlar  biosferadagi 

hozirgi sharoitlarni yuzaga keltirgan. 



Biosferdagi  tirik  moddalarning  umumiy  massasi  biomassa  deyiladi. 

Biosfera biomassasining asosiy qismi-98,6%i quruqlikdagi o’simliklarga(2-jadval) 

to’g’ri keladi va yalpi biomassaning kimyoviy tarkibini belgilaydi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


II BOB. BIOSFERA TA’LIMOTI VA FUNSIYASI. 

2.1. Biosfera haqidagi ta’limot 

Biosfera biomassi(quruq modda hisobida) 1,4 trln.tonnaga teng kelsa, uning 

yillik mahsuldorligi o’n marta kamdir(Akimova, 1998). 

2-Jadval 

Biosferadagi o’simlik va hayvonlar biomassasi 

 

Biomassa 



Mlrd.t 

 



  quruqlik biotasi 

            O’simliklar                    1341,3                              98,62 

       Hayvonlar                        10,9                                0,81 

       Jami                            1352,2                              99,43 

  Okean biotasi 

               O’simliklar                         0,7                                0,05 

        Hayvonlar                          7,1                                0,52 

        Jami                                7,8                                0,57 

   Hammasi                             1360,0                                100,0 

Biosferada modda va energiyaning aylanma harakatlari  to’xtovsiz amalga 

oshadi.  Moddalarning  aylanma  harakati  deganda  kimyoviy  elementlarning 

ko’chib  yurishi,  yoki  migratsiyasi  tushuniladi.  Kichik  biologik  va  katta  geologik 

aylanma  harakatlar  ajratiladi.  Biologik  aylanma  harakatda  qatnashadigan 

organizmlarning produtsent, konsument va redutsent ekologik guruhlari ajratiladi. 

Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va  suv ishtirokida organik mahsulotlarni 

yaratadi,  konsumentlar  birlamchi  mahsulotni  iste’mol  qiladi  va  redutsentlar 

organik  moddalarni  parchalaydi.  YAshil  o’simliklar  quyosh  energiyasidan 

foydalanib,  tirik  moddalarning  birlamchi  mahsulotini  hosil  qiladi,  SO

2

  ni 


o’zlashtirib  O

2

  ni  ajratadi.  Hayvonlar  o’simliklar  bilan  oziqlanadi,  kislorodni 



o’zlashtirib  SO

2

  ni  ajratadi.  O’lik  hayvon  va  o’simlik  qoldiqlarini  hasharotlar, 



zamburug’lar,  bakteriyalar  va  boshqalar  parchalaydi,  mineral  yoki  noorganik 

birikmalarga  aylantiradi.  Ular  tuproqqa  tushib,    yana  o’simliklar  tomonidan 

o’zlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu jarayon quruqlik va okean o’rtasida  

amalga oshadi. 

V.I.Vernadskiy  aylanma  harakatda  ishtirok  etadigan  tirik  moddaning 

quyidagi besh asosiy funksiyasini ajratadi: 

  gaz funksiyasi-atmosferadagi asosiy gazlar tirik organizmlar faoliyati 

natijasida vujudga kelgan va yangilanib turadi; 

  biogen  moddalarni  to’plash  funksiyasi-organizmlar    tanasida ko’plab 

kimyoviy elementlarni to’playdi; 

  oksidlanish-qaytarilish  funksiyasi  temir,  oltingugurt,  marganets,  azot 

va  boshqa  elementlarning  biogen  migratsiyasini  ta’minlaydi.  Tirik 

xujayralar  ishtirokida  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  millionlab 

marta katta tezlikda amalga oshadi; 

  biokimyoviy  funksiya-tirik  moddaning  ko’payishi,  o’sishi  va 

ko’chishi,  o’lgan  organizmlarning  parchalanishi  va  chirishi  bilan 

bog’liqdir.; 

  insonning biogeoximik faoliyati- oraliq moddalarni(ko’mir, neft’, gaz 

va boshqalar) ko’plab chiqarish va ishlatish . 

Er  yuzida  tirik  moddaning  asosiy  sayyoraviy  funksiyasi  fotosintez 

jarayonida quyosh energiyasini bog’lash va uni zaxiraga o’tkazishdir. 

Organizmlar  tog’ 

 

jinslarining  nurashida,  tuproq  hosil  bo’lishida,  rel’yef 



shakllarini o’zgarishida, qazilma boyliklarning paydo bo’lishida va atmosferaning 

hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol  o’ynaydi. 

To’xtovsiz  davom  etadigan  va  tirik  organizmlar  faoliyati  tufayli  tartibga 

solinib  turadigan  moddalarning  doimiy    aylanishi  biosferaning  o’ziga  xos  

belgisidir.  Atmosferada  sarf  bo’ladigan  kislorod  o’rnini  fotosintez  va  boshqa  

jarayonlar  natijasida  to’ldirib  turiladi.  O’simliklar  karbonat  angidridni  yutib, 

organik mahsulot yaratadi.  

Biosferada  suvning  almashinuvida  tirik  moddalar    katta  rol  o’ynaydi. 

Biosferadagi  organizmlar  azot,  kaliy,  kremniy,  fosfor,  oltingugurt  va  boshqalarni 


aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz 

aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.  

Biotik  aylanishda  million  tonnalab  fosfor  va  azot,  katta  miqdordagi  kaliy, 

kal’siy, temir hamda juda ko’p miqdorda suv ishtirok etadi. 

Suvning  aylanishida  bug’lanish,  transpiratsiya  jarayonlari  muhim  rol 

o’ynaydi.  O’simliklarning  yer  ustki  qismlari  tomonidan  suvning  bug’lantirilishi 

ko’tarish  kuchini  hosil  qiladi,  tuproqdan    eritmalarni  oladi.  Ular  o’simlikni  suv 

bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug’ holatida 

atmosferaga  ko’tarilib,  soviydi,  keyin  kondensatsiyalanib,  yomg’ir  holida  u  yana 

quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi. 

Biosferada  SO

2

  ham  davriy  aylanadi(19-rasm.).  Atmosferada    0,03%  SO



2

 

bor. Fotosintez jarayonida o’simlik atmosferadan SO



2

 ni yutadi va organik modda 

hosil  qiladi  va  oziq  zanjirlari  orqali  hayvonlarga  o’tadi.    Uglerod  o’simliklar  va 

hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi. 

V.I.Vernadskiyning  ko’rsatishicha,  tirik  organizmlar  biosferada  kimyoviy 

elementlar  migratsiyasi  (ko’chib  yurishi)ning  asosiy  omillaridir.  Bu  migratsiyani 

ikkita  qarama  —qarshi,  ammo,  o’zaro  bog’langan  jarayon  keltirib  chiqaradi:  1) 

quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib 

topishi;    2)  organik  moddalarning  energiya  ajralib  chiqishi  bilan  birga  davom 

etadigan  yemirilishi.  Bunday  yemirilish  jarayonida  organik  moddalar  mineral 

moddalarga aylanadi. 

Turli  moddalarning  migratsiya  qobiliyati  mutlaqo  bir  xil  emas.  Lekin 

davriy  sistemadagi  kimyoviy  elementlarning  ko’pchiligi  biosferada  faol  ravishda 

migratsiyalanish qobiliyatiga ega.  Bunday  faol  migrantlarni ikki  gruppaga bo’lish 

mumkin: 


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling