1. Tarbiyachining bilish qobiliyati nimada namoyon bo’ladi?


Download 62 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi62 Kb.
#1716140
Bog'liq
Test


1. Tarbiyachining bilish qobiliyati nimada namoyon bo’ladi?
A) oson yo’l bilan murakkab bilimlarni tushuntira olish
B) barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo’lishlik
S)qisqa daqiqalarda tarbiyalanuvchilar holatini idrok qila olish
D)guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi
2. Tarbiyachining kuzatuvchanlik qobiliyati nimada namoyon bo’ladi?
A) insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati
B)ixcham, ma’noli, oxangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo’lgan nutq
S)o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql- farosatli, mustahkam irodasi bilan obro’ orttirish uquvchanligi.
D) qisqa daqiqalarda tarbiyalanuvchilar holatini idrok qila olish fazilati
3.Pedagogning nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmui pedagogik mahoratning qaysi tarkibiy qismiga aytiladi?
A) pedagogik qobiliyat
B) pedagogik texnika
S)pedagogik madaniyat
D)pedagogik nazokat
4.Pedagog o’z pedagogik faoliyati jaraѐnida faoliyatning qanday tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
A) pedagogik faoliyatning maqsadi, pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti, pedagogik faoliyatning vositasi.
B)pedagogik faoliyatning maqsadi, pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti.
S)pedagogik faoliyatning maqsadi, pedagogik faoliyatning vositasi.
D)pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti, pedagogik faoliyatning vositasi.


5.“Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi...” degan fikr kim tomonidan aytilgan?
A) Yusuf Xos Xojib
B) Farobiy 
S)Alisher Tavoiy
D)Mirzo Ulug’bek
6.Mutafakkirning uqtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.Bu qaysi mutafakkir tomonidan aytilgan
A) Muxammad Rizo Ogahiy
B)Jaloliddin Davoniy 
S) Voiz Al – Koshifiy
D)Abduraxmon Jomiy 
7.O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari qanday aniqlanadi?
A)o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali
B)o’zini o’zi o’rganish va o’zini o’zi o’rgatish orqali
S)o’zini o’zi tanqid qilish va o’zini o’zi jazolash orqali
D)o’zini o’zi ishontirishva o’zini o’zi rag’batlantirish orqali
8.O’zini o’zi samarali baholashning qanday omillari mavjud?
A)o’zini tushunish, o’z qadr-qimmatini anglash, o’zini-o’zi nazorat qilish
B)o’zini tanqid qilish, o’z ustida ishlash, o’zini jazolash
S)o’zini tahlil qilish, o’z imkoniyatlarini anglash, o’zini baholash
D)o’zini o’rganish, o’zini tahlil qilish, o’zini nazorat qilish
9. «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, ѐki jahldor bo’lishini bilishi lozim, U o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o’qitsin».
A) Pedagog olim Babanskiy aytganidek
B) Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek
S)V.A.Slastenin aytganidek
D)I.P. Podlasыy aytganidek


10.Mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi qanday kompetentlik turiga taalluqli?
A) umummadaniy kompetentlik
B)shaxsiy kompetentlik
S) kasbiy kompetentlik
D)maxsus kompetentlik
11.Tarbiyachining shaxsiy kompetentligi nimalarda namoyon bo’ladi?
A)izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
B)ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
S)axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish.
D)favqulotda vaziyatlarda, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik .
12.Kompetentlik deganda nimani tushunasiz?
A) insonning fe’l-atvori bilan bog’liq axloqiy hodisa
B)kishilar o’rtasidagi o’zaro muloqat, madaniyat va munosabat
S)insonni o’qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig’indisi
D) muayyan lavozimga mos o’z kasbining mohir egasi bo’lgan shaxsga xos sifat
13.Kompetensiyaga ta’rif berilgan qatorni toping.
A) bilim, ko’nikma, malakaning nazariy jihatdan namoyon bo’lishi.
B)bilim, ko’nikma, malaka, qarashlar majmui va shaxsiy fazilatlarni amaliyotda qisman qo’llay olish layoqati.
S)bilim, ko’nikma va malaka, qarashlar majmuini amaliyotda kengaytirilgan qo’llash layoqati.
D) bilim, ko’nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlarining namoyon bo’lishi.
14.Kompetensiya turlari berilgan qatorni ko’rsating.
A) shaxsiy, ijodiy, umummadaniy, maxsus
B)kasbiy, insoniy, umummadaniy, maxsus
S) kasbiy, shaxsiy, umummadaniy, maxsus
D)maxsus, kasbiy, pedagogik, shaxsiy
15.Kompetensiya so’zining ma’nosini qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yunoncha “san’at”, “mahorat”
B) lotincha “loyiq”, “mos kelmoq”
S)lotincha “men o’rgataman”
D)inglizcha “yangilik kiritish”
16.Tarbiyachi kompetensiya piramidasi ko’rsatilgan qatorni belgilang
A) xulq-atvor,, munosabat
B)bilim,malaka, munosabat
S) xulq-atvor,bilim,malaka, munosabat
D)malaka, munosabat


17.“Imidj” so’zining lug’aviy ma’nosi nimani anglatadi?
A)inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “siymo”, “timsol”, “qiyofa” va “obraz” ma’nolarini anglatadi.
B)inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “yangilik”, “yangililanish” ma’nolarini anglatadi.
S)yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “san’at”, “mahorat” degan ma’nolarni anglatadi.
D)lotincha so’zdan olingan bo’lib, “loyiq”, “mos kelmoq” degan ma’nolarni anglatadi.
18.O’zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasidagi asosiy texnologik jihatlar nimalardan iborat?
A) qiyofa vizualizasiyasi, kommunikativlik, diqqatni taqsimlash, rejalashtirish
B)tashqi emosiya, ichki emosiya, kommunikativlik, verbal effekt
S) qiyofa vizualizasiyasi, kommunikativlik, verbal effekt,flyuid nurlanish
D)qiyofa vizualizasiyasi, notiqlik, tashqi emosiya, flyuid nurlanish
19.Imidjga berilgan ta’rifni toping.
A) bolalar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olish.
B) g’oyalar, faoliyat, shior vositasida erishiladigan mavqye, obro’ sifatida ta’riflanadi.
S)pedagogning didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari.
D)ta’lim muassasasida va pedagogik jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olish.
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling