1. Tarix so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Download 21.49 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
1.Tarix so'zi qanday ma'noni anglatadi? J:arabcha so'z bo'lib,o'tmish va o'tgan voqealar haqida hikoya. 2.Tarixiy manba nima? J: Inson qo'li bilan yaratilgan barcha narsalar va yozib qoldiriligan ma'lumotlar,kitoblar. 3.Tarixiy manbalar necha turga bo'linadi va qanday? J:2turga bo'linadi:moddiy va yozma manbalar. 4.Yozma manbalarga nimalar kiradi? J:«Avesto» kitobi va Qadimgi Xorazm, Sug‘d, Baqtriya alifbolari va turkiy harfida bitilgan yozuvlar 5.Arxiv nima? J: eski hujjatlar,yozma yodgorliklar saqlanadigan joy. 6.Tarixiy hujjatlarga nimalar kiradi? J: tarixiy voqea va hodisalar haqida guvohlik beruvchi,arxivlarda saqlanayotgan yozuvlar,suratlar. 7.Kalendar so'zi ma'nosi? J:lotincha so'z bo'lib,har oyning birinchi kuni. 8.Dastlabki kalendar Vatani? J:qadimgi Misr 9.Yuliy Sezar kalendari qachon yaratilgan? J:mil.avv 46-yilda 10.Grigoriy kalendari nechinchi yilda yaratildi? J: 1582-yilda cherkov rahbari Grigoriy tomonidan 11.Xronologiya qanday fan? J: yunoncha so'zdan olingan bo'lib,Vaqt haqida fandir. 12.Milodiy yil hisobiga qaysi voqea asos qilib olingan? J: Iso payg'ambar tug'ilgan yil. 13.Milod so'zi ma'nosi nima? J: arabcha "tug'ilish" 14.Hijriy yil hisobiga qaysi voqea asos qilib olingan? J: Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning 622-yilning 16-iyulida Makkadan Madinaga hijrat qilgan kunlari. 15.Arxeologiya qanday fan? J: lotincha so'z bo'lib,qadimshunoslik haqidagi fan. 16.Mashhur arxeolog olimlar? J:Muso Saidjonov,Yahyo G'ulomov 17.Akvalangni kim yaratgan? J: fransuz olimi Jak Iv Kusto 18.Xarita nima? J: Yer yuzasi,osmon jismlari va osmon gumbazining qog'ozga kichraytirib tushirilgan tasviri. 19.Birinchi xaritani qachon va kim tuzgan? J:mil.avv III asrda Eratosfen 20.Birinchi globusni kim yaratgan? J: mil.avv II asrda Krates 21.Yer olmasi deb atalgan globusni kim yaratgan? J: Martin Bexaym 22.Rasadxona-? J:maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish bilan shug'ullanuvchi ilmiy muassasa. 23.Qadimgi odamlarni yashagan davriga nisbatan to'g'ri joylashtiring? J: 1.zinjantrop 2.pitekantrop 3.sinantrop 4.neandertal 5.kromanyon 24.Qadimgi odamlar suyak qoldiqlari qayerlardan topilgan? J: 1.zinjantrop -Afrika Zinj vodiysi 2.pitekantrop-Indoneziya Yava oroli 3.sinantrop-Xitoy 4.neandertal-Germaniya 5.kromanyon-Fransiya 25.Qoyatosh suratlari topilgan g'orlarni to'gri belgilang? J: 1.Altamira g'ori - Ispaniyada 2.Lasko g'oro - Fransiyada 3.Kapova-Boshqirdiston 26.Dastlabki alifboni qaysi xalq yaratgan va qachon? J: finikiyaliklar mil.avv 2-mingyillikda 27.Iyeroglif nima? J:rasmli belgili yozuv. 28.Zardushtiylik qachon va qayerda vujudga kelgan? J: mil.avv IX-VIII asrlarda Xorazmda 29. Avesto so'zi ma'nosi? J:Qat'iy belgilangan qonun qoidalar. 30.Avesto qachon yaratilgan? J:Bundan 2700 yil avval. 31.Avesto qaysi hukmdor davrida yozilgan? J: Doro III davrida 12ming qoramol terisiga tilla bilan yozilgan. 32.Zardushtiylik dinida Ezgulik,yaxshilik,donolik Xudosi qaysi? J:Ahuramazda 33.Zardushtiylik dinida yovuzlik va o'lim xudosi qaysi? J:Ahriman. 34.Zardushtiylik dinida muqaddas hisoblangan 4 unsur qaysilar? J:olov,suv,tuproq,havo 35.YUNESKO qachon Avestoning 2700 yilligini nishonlash bo'yicha qaror chiqardi? J:1999-yilda. 36.YUNESKO qanday tashkilot? J:Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim fan madaniyat ishlari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti. 37.Avestoning 2700 yilligi qachon nishonlandi? J:2001-yilda 38.Kolleksiya nima? J:Muzeylarda yig'ilgan yodgorliklar 39.Mashhur muzeylar joylashgan davlatlarni belgilang? J: 1.Ermitaj muzeyi -Rossiya 2.Britaniya muzeyi-London 3.Luvr muzeyi - Parij 4.Uffitsi- Italiya 5. Temuriylar tarixi davlat muzeyi-Toshkent 40.Dunyoda eng katta muzey qaysi! J:Parijdagi LUVR muzeyi. 41.Temuriylar tarixi davlat muzeyi qachon qurilgan? J:1996-yilda. 42. Temuriylar tarixi davlat muzeyining balandligi? J: 31metr 43.Rivoyat so'zi ma'nosi? J:arabcha "hikoya qilmoq" degani 44.Afsona nima? J:forscha so'zdan olingan jodulash, uydirma degani. Download 21.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling