1. Tarixiy kartografiyaning maqsadi va vazifalari. Tarixiy geografiyaning maqsadi va vazifalari
Download 27.78 Kb.
|
1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
1-MAVZU: Tarixiy kartografiya va tarixiy geografiyaning vazifalari. (2 soat). REJA: 1. Tarixiy kartografiyaning maqsadi va vazifalari. 2. Tarixiy geografiyaning maqsadi va vazifalari. 3. Tarixiy geografiya fani haqidagi ilmiy qarashlar. TAYANCH SO‘ZLAR Kartografiya haqida ilmiy tushuncha. Kartalarning mazmuniga va masshtabiga ko‘ra bo‘linishi. Tarixiy kartografiya ilmiy fan sifatida. Tarixiy kartografiyaning fan sifatida mazmuni va tarixiy-kartografik metodlarning tarix fanida qo‘llanilishi. Umumiy va alohida tarixiy kartalar. Tarixiy kartalarning turlari. Tarixiy kartografiyaning paydo bo‘lishi. Tarixiy geografiyaning maqsadi vazifalari. Tarixiy geografiya fani haqidagi fikrlar. 1.1. Kartografiya- tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning joylaishishini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini, hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matiyematik yo‘l bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan biri bo‘lib dastlabki bu fan to‘g‘risidagi dastlabki ta’rifni eramizdan avvalgi II-asrda yashagan olim Klavdiy Ptolomey bergan. U geografiya fanining yer yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iborat degan edi. Vaqt o‘tishi bilan fanning ta’rifi ham o‘zgarib takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya-geografik kartalar to‘g‘risida fan deb, uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat deb kelingan.kartografiya- ilmiy fan bo‘lib u asosan tarixiy haritalar va atlaslarni ularning metodikasini tuzish bilan shug‘ullanadi. Kartografik metodning tarix fanida keng qo‘llanilishi tarixiy kartalarning tarixiy geografik monografiyalar maqolalar darsliklar qo‘llanmalar yaratilishiga olib keldi. Tarixiy xaritalarda tarixiy jarayonlar voqea-hodisalar tarixiy davrlarni harakterlovchi jarayonlar shuningdek geografik oqibatlar ko‘rsatib o‘tiladi. Umumiy tarixiy haritalar bu jarayonlarni yanada to‘liqroq ko‘rsatishga ochib berishga harakat kiladi. Tarixiy xaritalarning turli xillari bo‘ladi tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiy-etnografik arxeologik milliy ozodlik harakati bo‘yicha xaritalar Dehqonlar qo‘zg‘oloni inqilobiy harakatlar harbiy-tarixiy madaniyat tarixi bo‘yicha va boshqa xaritalar kiradi. O‘quv-tarixiy xaritalar o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo‘ladi. Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bog‘liq bo‘lib kelgan 1579 yili A. Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy haritadan iborat qo‘shimcha tuzdi. A. Orteliyning bu qo‘shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta haritadan iborat bo‘lgan antik davrning geografik atlasining tuzilishiga olib keldi. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransuz geograflari Sanson va Dyuval’ atlaslarida ham tarixga oid haritalar bo‘limi bor edi. XVIII asr oxirida Fransuz kartografi J. B.D’Anvil’ tomonidan tayyorlangan tarixiy haritalar bosilib chikdi. A. Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan haritalarda xalqlarning hududiy joylashishi siyosiy chegaralar harbiy yurishlar jang joylari geografik sayohatlar marshrutlari tarixiy voqea-hodisalar joylari aks ettirilgandir. Shuningdek A. Orteliy va Dyuval’ tomonidan tuzilgan haritalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlanadi. Masalan, Avliyo Pavelning sayohati Ibrohim payg‘ambarning sayohati Troyalik Eneyning so‘zish marshruti Odissey yurgan yo‘llar tasvirlangan Keyinroq haritalarda tarixiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlar ham qayd qilina boshlangan. XX asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo‘nalish xosdir. Birinchi yo‘nalishga yuksak darajada detallashtirilgan haritalarni kiritish mumkin. Bularda aholining ma’muriy ba’zi holda cherkov tomonidan bo‘linishigacha bo‘lgan aniq dalillar aks ettiriladi. Bunday xaritalar turiga 1895 yilda chop etilgan Avstriyalik Rixterning atlasi Golland A. A. Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan atlasi kiradi. Ikkinchi tur xaritalariga detallashtirilishi unchalik yuqori bo‘lmagan ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas balki tarixiy-iqtisodiy madaniyat tarixi ko‘rsatgichlari ham aks ettirilgan xaritalar kiradi. Bunday xaritalar sirasiga 1926 yil chop etilgan nemis Aubinning nemis atlasi Pollin tahriri ostida 1932 yilda chop etilgan. AQSH atlasi (“Qo‘shma Shtatlar tarixiy-geografik atlasi”) 1956 yil , 1958-1962 yillarda Myunxenda o‘quv mashg‘ulotlariga doir "Katta tarix atlasi" chop etilgan. Tarixiy kartografiyaning rivojlanishining birinchi bosqichi Rossiya imperiyasida XVIII asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, "Rossiya imperiyasining tarixiy kartasi" birinchi bor 1793 yil chop etilgan. Tarixiy kartografiyaning rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib chiqilgan Plos voyyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o‘rni bor.Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab chiqarish munosobatlari, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlarini aniq tasvirlab beradi.Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining muhim eleminti-bu tarixni aniq davrlashtirish,turli tarixiy jarayonlarni to‘la tukis aks ettirish, tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir. Harbiy tarixiy harakterdagi haritalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular 1779 yilda chop qilingan "Rus-turk va Rus-Shved urushlari davridagi qal’alar joylashuvi hamda jang joylari" atlasi Petr I ning fors yurishlari kabilardir XIX asr oxiri XX asr boshida Rossiya imperiyasida chiqarilgan tarixiy xaritalar asosan o‘quv va harbiy xaritalar edi. "Tarix xronologiya geografiya atlasi" Karamzin va Axmatov I tarixiy asarlari asosida tuziladi. Bundan tashqari 1845 yilda N. I. Pavlishevning "Rossiya tarixiy atlasi", YE. YE. Zamislovskiyning 1865-1887 yillardagi atlasi A.Il’inning 1868 yilda chop etilgan «Rus tarixi bo‘yicha o‘rta va quyi o‘quv masalalari uchun o‘quv atlasi»ni misol qilib keltirishimiz mumkin.1812-1815 yillardagi urushni tasvirlagan atlasi Rus-Turk, Rus-Yapon urushlariga bag‘ishlagan atlaslar tuziladi. 1923-25 yillarda V. K. Yatsunskiy tomonidan tarixiy-iqtisodiy mazmundagi 1918-1919 yillarga bag‘ishlangan "Rus tarix atlasi" bosilib chikdi. 1928 yilda K. V. Kudrashovning ijtimoiy yo‘nalishdagi atlasi chikdi Bu atlasning xaritalari bo‘limlarga bo‘lingan feodalizmgacha bo‘lgan. Rus feodalizmi davri savdo kapitalizmi davri ishlab chiqarish kapitalizmi davri kabi Pokrovskiyning nazariyasiga asoslanadi. Tarixiy haritalar 1937 yilda tashkil etilgan jahonning "Katta sovet atlasi"ga kiritildi. Urushdan keyingi davrda geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan sistemali tarzda o‘rta va oliy maktablar uchun qadimgi dunyo, o‘rta asrlar va yangi tarix bo‘yicha tarixiy xaritalar chiqarib turildi. Shu bilan birga yangi tarixiy iqtisodiy xaritalar tuzildi. Masalan Rossiyaning XII asr oxiridagi iqtisodiy xaritasi "1861-1900 yillarda Rossiya imperiyasida kapitalizmning rivojlanishi" "XX asr boshida Yevropa Rossiyasining ishlab chiqarish munosabatlari va yer egaligi" Yirik tarixiy-kartografik nashrlar orasida 1946 yilda chop etilgan. L G Beskrovniyning "Prus harbiy tarixi sxemasi xaritalari atlasi" alohida ajralib turadi. Urushlarning borish usullarini tasvirlab beruvchi harbiy-iqtisodiy xaritalar 1958 yilda tuzilgan Dengiz atlasiga kiritilgan. Bundan tashqari anchagina tarixiy geografik atlaslar chikarildi. Urushdan so‘ng chiqqan "Jahon tarixi" "Ikkinchi jahon urushi tarixi" "Katta (sovet)ensiklopediyasi" "(sovet) tarix ensiklopediyasi" va turli xil oliy va o‘rta maktab darsliklari va qo‘llanmalarining har biriga tarixiy xaritalar to‘plami ilova qilingan. Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Pol’shada bosilib chiqqan Plots vosvodaligi tarixiga oid atlasning alohida o‘rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini ishlab chikarish munosabatlarini iqtisodiy usishlar ko‘rsatgichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy-geografiya rivojlanishining muxim elementi-bu tarixni aniq davrlashtirish turli tarixiy jarayonlarni tula aks ettirish tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki sobiq sovet davrida Markaziy Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy haritalar tuzilgan bo‘lsa ham ammo ularning ichida Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir haritalar yo‘q edi. Xuddi shuningdek haritalar nashr qilinishida Yevropatsentrik nuqtai-nazaridan qaralgandi Osiyo Afrika va Amerika xalqlari tarixiga oid haritalar yo‘q edi. Bu davrda asosan qadimgi va o‘rta asrlardagi Rus’ haqidagi tarixiy xaritalar ko‘p sonni tashkil qilsa Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid haritalar juda oz edi. Umuman olganda Markaziy Osiyo hududlari bo‘yicha tarixiy haritalar fakat katta tarixiy voqealar bilan boglik bulgandagina tasvirlangan. Masalan: Mug‘ullarning Markaziy Osiyoni bosib olishi kabi tarixiy xodisalar yaratilganligi bilan ammo Amir Temur davlati xakida umuman tarixiy haritalar yaratilmagan X-XII asrlardagi Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tgan tarixiy jarayonlarning faqat Rossiya tarixiga aloqador bo‘lgan qismlarigina aks ettirilgan. Lekin bu haritalar ham aniq detallashtirilmagan ba’zi haritalarda Shayboniylar va Xiva xonligi chegaralari chalkashtirilib yuborilgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga doir siyosiy-ma’muriy tarixiy haritalar yaratilgan bo‘lsa, demografik haritalar juda kam bo‘lgan. Hududlarning iqtisodiy tarixiga oid haritalar umuman bo‘lmagan. Faqatgina XIX asrdan boshlab Markaziy Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng, Turkiston general-gubernatorligi va chor Rossiyasi vassallari bo‘lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligining o‘sha davrga oid ba’zi haritalari mavjud. Bu haritalarning kamchilik tomonlari ko‘p bo‘lgan. Bunday kamchiliklar Markaziy Osiyo umuman O‘zbekiston xalqlari tarixiga oid kartografik kamchiliklar ya’ni haritalarning etishmasligi O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tuzatila boshlandi. Tarixiy haritalar ko‘paydi ya’ni Markaziy Osiyoning eng rivojlangan davri bo‘lgan Temuriylar davriga bag‘ishlangan haritalar to‘plami chop etildi. Lekin O‘zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko‘p muammolar turibdi. Birinchi o‘rinda zamon talabiga mos bo‘lgan O‘zbekiston xalqlari tarixining butun bir davrlarini qoplab olgan tarixiy haritalar atlasini yaratish zarur. Agar hozir O‘zbekiston xalqlari tarixiga oid tarixiy-siyosiyharitalar oz bo‘lsaham bor bo‘lsada tarixiy-geografik tarixiy-iqtisodiy tarixiy-demografik haritalar yo‘q hisobida va ularni yaratish O‘zbekistonlik olimlarning birinchi galdagi vazifasidir. Bunday ishlar boshlandi lekin hali oldinda og‘ir ishlar bor va olimlarimizning vazifasi Markaziy Osiyo O‘zbekiston xalqlari tarixining barcha davrlari bo‘yicha to‘lik va keng qamrovli haritalar tuzish hamda tarixiy kartografiyani rivojlantirishdir. 1.2.O‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lgach, uning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari kengayib, geografik bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Zero geografiyani yaxshi bilib borgan sari kishining atrof-muhit, jamiyat va olam haqidagi tushunchasi chuqurlashib, mukammallashib boradi. Inson yer-suv va havo, umuman tabiatdagi har bir narsaning o‘rni, vazifasi hamda qadr-qiymatini to‘laroq anglab yetadi. Geografiya fani o‘z navbatida qator kichik-kichik sohalardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan biri tarixiy geografiyadir.Tarixiy geografiya yer yuzining o‘tmishdagi tabiati, relefi, iqlimi, suvlari, tuprog‘i, o‘simligi, hayvonot dunyosi, aholisi va xo‘jaligidan iborat majmuani o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda tabiatni, jumladan, uning tarixini umumiy tarzda yoki ma’lum voqealar inson faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish qator muammolar tabiatni muhofaza qilish atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ekologik va boshqa shu kabi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy geografiya fani o‘qitilishining asosiy maqsadi talabalarda tarixiy geografiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni o‘rganishdagi o‘rni, mintaqamizning boy tarixiy geografiyasi haqida tarixiy-geografik bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Ushbu fanning talabalarda fanning nazariy va amaliy masalalari hamda O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasini o‘rgatish orqali kartografiya haqida bilim ko‘nikmani shakllantirishdan iborat. Tarixiy geografiyaning vazifalari, Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari, tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari, tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyotini bilishi kerak; Shuning uchun O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi, mintaqaning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi hamda Turkistonning 1917-1924 yillarda tarixiy geografiyasi va ushbu davrlarga oid kartografik tadqiqotlar haqida bilimlar berish kerak; Jumladan O‘zbekistonning 1924-1991 yillardagi tarixiy geografiyasi, mustaqil O‘zbekistonda tarixiy kartografiya va geografiyaning muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasi tarixiy kartografiya va geografiyasining xususiyatli jihatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish lozim. Mustaqqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida erkin demokratik tafakkurga ega bo‘lgan va mustahkam milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan vazifalarini bajarishda tarix fanining jiddiy ravishda ortmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil iyul oyida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilinib, unda respublikamiz tarixchi olimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha o‘zbek xalqi tarixi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni tahlil qilish ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. Mazkur fanda Markaziy Osiyo va O‘zbekiston haqida eng qadimgi davrdan to bugungi kunga qadar tarixiy va geografik jihatdan o‘rganish jarayonida tabiiy hamda hududiy jihatdan joylashishi muhim o‘rin tutadi. Mintaqamizning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashganligi bois bu hududdan ko‘plab sayyohlar, savdogar va sarkardalar o‘tishgan.Tarixan hozirgi O‘zbekistonning hududi shunday joy bo‘lganki, bu yerda ko‘hna savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar, turli etnik jarayonlarning bir-birini o‘zaro boyitishi jarayoni kechgan. O‘tayotgan fanimizning asosiy vazifalaridan biri O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixiy geografiyasi haqida asosiy tushunchalar berishdan iborat. Fanni o‘rgatishda eng muhimi tarixiy geografiya va tarixiy katografiyanig shakllanishi bilan birgalikda taraqqiyot masalalari, shuningdek O‘rta Osiyo olimlarining mazkur fan rivojiga qo‘shgan hissalarini batafsil yoritishga qaratilgan.Tarixni o‘rganishda turli yozma manbalar bilan birga tarixiy kartalar hamda kartografiya muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda tarixchi va geograf olimlar tarixiy geografiya bilan tarix o‘rtasidagi farqni juda yaxshi tushunadilar.Geografiya tarixi geografik kashfiyotlar va sayyohatlar, shuningdek, geografik tasavvurlar, umuman ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlarini tarixini o‘rganadi. Shu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy geografiya bitta obektni farqli jihatdan tadqiq etadi.Zamonaviy geografiya mazkur obektni hozirgi holatini o‘rgansa, tarixiy geografiya uning o‘tmish tarixidagi o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Hatto nomidan ham bilinib turibdiki, bu fan o‘tmish davrining geografiyasini o‘rganuvchi fandir.Bu fan “geografiya tarixi” fanidan farqli o‘laroq jamiyatning turli davrlarida rivojlanish sharoitini o‘rganuvchi aniq geografiyani tashkil etadi.Tarixiy geografiyani alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o‘sishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi.Yoki tarixiy voqea-hodisalarning bo‘lib o‘tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini tahlil qiladi.Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o‘rganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan xam ajratib bo‘lmaydi, chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun muhimdir.Tarixiy geografiya faning materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi.Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa tarix fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog‘i bo‘lib, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o‘rganib bo‘lmaydi.Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi tasavvurlarimiz to‘liq va mukammal shakllanmaydi. Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida turgan muammolar bo‘lishi mumkin, ammo o‘tmishning aniq geografiyasi bo‘lishi mumkin emas.Tarixiy geografiya o‘tmish tarixining aniq geografiyasini o‘rganadi. Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sarasiga kirib, insoniyat tarixini o‘tgan davrlar geografiyasini o‘rganadi, bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning tarixini haqiqiy baholash uchun o‘sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak. Bu O‘zbekiston, qolaversa, O‘rta Osiyo tarixini obektiv, ilmiy asoslagan holda o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya fanining asosiy vazifasi tarixda bo‘lib o‘tgan voqealarning tarixiy, ilmiy, geografik va strategik jihatlarini o‘rgatadi. Tarix fani tarixiy yodgorliklar va tarixiy voqealarni tarixiy jihatdan o‘rgatadi. Tarixiy geografiya fani har bir yodgorlikni ilmiy, hududiy, tarixiy, geografik jihatdan joylashuvi, iqlimi, oldingi va keyingi holatlarini saqlanishi, joylarning nomlanish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlarini manbalar asosida aniq olingan ma’lumotlarga tayanib o‘rgatadi.Mazkur jihatlari tarix va geografiya fanlaridan tarixiy geografiyani o‘ziga xosligini ko‘rsatadi, shu bois tarixiy geografiya ilmiy asarlar va arxeologik topilmalar tarixi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitiladi. 1.3.Tarixiy geografiya fani haqida ilmiy qarashlar. Tarixiy geografiya fan tarmog‘i sifatida qadim-qadimdan shakllangan tarix va geografiya fanlaridan ancha yosh sanaladi. U fan sifatida bir necha yuz yildan beri mavjud. Uning taraqqiyot tarixi tarixiy geografik adabiyotlarda qisqacha berib o‘tilgan. Jumladan, S.M. Seredoninning kitobida bu fan to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kiyev Rusi va Moskva davlati tarixiy geografiyasi misolida tahlil etilgan, xolos. G‘arb adabiyotida ham tarixiy geografiya tarixi bo‘yicha ilmiy asarlar juda kam. Avstriyalik taniqli olim Vimmerning tadqiqotida qadimgi dunyo va Germaniya, qisman Fransiya tarixiy geografiyasi bo‘yicha asarlar biroz sharhlangan Fransuz olimi Dejardenning yirik mashhur asarida Galliya tarixiy geografiyasiga doir adabiyotlar tahlil etilgan. Ammo Vimmerning ham, Dejardenning ham kitoblarida tarixiy geografiyaning rivoji haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Ingliz ilmiy adabiyotida Bekerning bu sohaga oid maqolasi ingliz tarix va geografiya assotsiatsiyasining Oksford bo‘limi qo‘shma yig‘inida o‘qilgan bo‘lib, unda so‘nggi yuz yil ichida tarixiy geografiya bo‘yicha ingliz olimlarining tadqiqotlari ko‘rib chiqilgan. Ilmiy adabiyotlarda uzoq vaqt davomida tarixiy geografiyaning shakllanishi va unga omil bo‘lgan sabablarni asoslovchi ilmiy xulosalar deyarli yo‘q edi. Holbuki, ilmiy adabiyotlarda bu masala ancha oldin qo‘yilgan. XVIII asr oxiri- XIX asr boshlarining yirik nemis tarixchisi Geyeren (1760-1842 yillar ) 1785-yilda Volterning tarixiy g‘oyalarini davom ettirib, tarixiy geografiyaning shakllanishi va asosiy bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Geyeren o‘z fikrlarini mualliflar jamoasi tomonidan nashr etilgan qadimgi dunyo tarixiga doir kitobida bayon etgan. Geyeren qadimgi dunyo tarixiy geografiyasining asoschisi deb Niderlandiyaning Leyden universiteti professori Klyuverni (XVII asrning birinchi choragi) tan olgan. Geyeren tarixiy geografiya fani taraqqiyoti tarixini 3bosqichga bo‘ladi: 1.Klyuverdan Sellariusga qadar; 2.Sellariusdan D’Anvilga qadar; 3.D’Anvildan Getterer va Mannertga qadar. Geyeren tarixiy geografiyaning ilmiy fan sifatidagi tarqqiyotiga galliyalik olim Xristofor Sellarius xissa qo‘shganligini ham alohida uqtirgan. XIX asrda Geyerenning fikrlari boshqa tadqiqotchilar tomonidan bir necha bor takrorlandi. 40-yillarda Forbiger qadimgi geografiyaga oid darslik kitobida Klyuver va Sellariusni tarixiy geografiyaning haqiqiy asoschilari deb hisoblagan. 70-yillarda Bursian mashhur nemis kishilari hayoti lavhalari nashr etiladigan “Allgemeine Deutsche Biographie” kitobiga yozgan Klyuver haqidagi biografiyasida ham uni tarixiy geografiyaning asoschisi deb ta’riflagan. Shuningdek, 80-yillarda Vimmer ham yuqorida ko‘rsatilgan asarda bu fikrni takrorlagan. Klyuver haqida 1891-yilda geograf olim, professor Parch tomonidan maxsus monografiya e’lon qilingach, uning (Klyuverning) tarixiy geografiya asoschisi ekanligi haqidagi qarashlar yana ham ko‘paydi. Nemis olimi Gettner Parchning fikrlariga qo‘shilib, Klyuverni tarixiy geografiya asoschisi deb ataydi. Sho‘rolar hukmronligi davridagi adabiyotlardagi bu haqdagi dastlabki qarashlar 1937-yilda S.Rudniskiy va 1939-yilda V.R.Budyanovlar tomonlaridan bildirilgan. Shunday qilib, tarixiy geografiyaning paydo bo‘lishi va vaqti haqidagi eski an’analar mavjuddek ko‘rinsa-da, aslida haqiqat boshqacharoq. 1930-yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai, yani XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholandi.Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi bo‘yicha yirik italiyan mutaxassisi Almadja tomonidan “Italiyan ensiklopediyasi”ga Orteliyga bag‘ishlab yozilgan maqolada ham bildirildi. Amerkalik Garri Barnes 1938 yildagi asarida XII asr ingliz muarrixi va geografi Jerald de Barri o‘z davrida tarixiy geografiya bilan jiddiy qiziqqaligi hamda “Irlandiya topografiyasi” va “ Uyels bo‘ylab sayyohat” nomli asarini yozganligini ma’lum qilgan1. Yuqoridagi noaniqliklardan bartaraf etish maqsadida ko‘plab ilmiy anjumanlar tashkil etilgan.1930 yilda Belgiyada tarixiy geografiyaga bag‘ishlangan maxsus xalqaro kongressda Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Angliya, Ispaniya, Polsha va Gollandiyadan kelgan olimlar ishtirok etishdi. Kongerssdagi yetti seksiyada jami 55 ma’ruza o‘qilgan. 1950 yilda sobiq Ittifoq tarixiy geografiyasi bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etila boshlandi. 1932 yilda London iqtisodiyot maktabida Angliya tarix va geografiya jamiyatining munozarasida tarixiy geografiya fani maxsus muhokama qilingan.Muhokama tarixiy geografiya fani to‘g‘risidagi fikrlarga bir qator aniqliklar kiritdi. Tarixiy geografiyani aniq va xolis o‘rganish ilgari surilgan.Ba’zan tarixiy geografiyada chalkashliklar ham bo‘lgan. Tarixiy geografiyaga siyosiy chegaralar tarixi, tarixiy jarayonlarga tabiat ta’sirlari, shuningdek, tarixiy jarayonlarning geografik hodisalarga ta’siri va alohida mintaqalarning geografiyasini o‘rganish, geografik kashfiyotlar, geografik fanlar tarixi kabi bo‘limlarni kiritish ilgari surilgan. Bu yerda tarixiy geografiyaga oid yangi bo‘limlar bilan birga geografiya tarixi ham qo‘shilib ketganligini farqlash kerak. Qabila va urug‘lar, xalqlarning biror hududda joylashishi va o‘z tarixi davomida bu hududlarning o‘zgarishi, mustamlakalar natijasida yangi xalqlarning kelib joylashishi kabi masalalar tarixiy geografiya bo‘limi sifatida M.K.Lyubavskiyning Rossiya tarixiy geografiyasiga oid asarida tilga olib o‘tilgan1 . Ba’zan tarixiy geografiya faning mazmunini aniqlashtirishda xar xil bir-biriga mos kelmagan fikrlar ham aytilgan. Masalan, A.A.Spitsin tarixiy geografiyani “tarixning bo‘limi bo‘lib, mamlakatning hududi va aholisini, tabiiy-geografik tavsifini, qisqa qilib aytganda, uning tarixiy manzarasini o‘rganadi” ,-deb yozgan2. S.M.Seredonin yuqorida nomi keltirilgan asarida tarixiy geografiya avvalo aholi, chegaralar, yo‘llarni (mustamlaka, savdo-sanoat, harbiy) o‘rganishini ta’kidlagan. S.K.Kuznetsov 1907-1908 yillarda Moskva arxeologiya institutida tarixiy geografiyaga oid kursida rus tarixiy georafiyasi, umuman, uning o‘zi tushuncha sifatida juda noaniq va qorong‘u bir mavzu ekanligini o‘qtirgan3. Tarixiy geografiya fani yosh fan bo‘lishiga qaramasdan bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ba’zi davlatlarda tarixiy geografiyaga ta’luqli kerakli adabiyotlar yaratilgan. Mamlakatlardagi fanga oid o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tarixiy geografiya sohasiga tegishli bo‘lgan ilmiy maqolalar, sayyohlar kundaligi, geografik kashfiyotlar, tarixiy kitoblar va shu kabilar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, tarixiy geografik tadqiqotlar, tabiat va jamiyat taraqqiyotining o‘tmishdagi holatini aniqlash hamda uni hozirgi jarayon bilan qiyoslab, tegishli nazariy xulosalar chiqarish, amaliy tadbirlar ishlab chiqarish va shu asosda ayrim mavjud muammolarni xal etish uchun zarur ma’lumotlar beradi. Masalan, Markaziy Osiyo tabiatini har tomonlama o‘rganish bugungi kunda jahondagi dolzarb muammolar qatorida turibdi (Orol dengizining taqdiri, suvlardan oqilona foydalanish, xo‘jalikni kompleks rivojlantirish va x.k ). Tarixiy geografiya tabiat va jamiyat taraqqiyotining o‘tmishi bilan bog‘liq keng tushuncha bo‘lib, vaqt jihatdan uzoq davrni qamrab oladi va bu sohada tadqiqotlar turli manbalarga tayanadi. Agar ancha qadimgi davr uchun geologik o‘rganishlar natijalari tarixiy davr uchun arxeologik topilmalar asosida qilingan xulosalar muhim bo‘lsa, o‘rta asrlar tarixi ko‘proq yozma manbalardan o‘rin olgan. Dastlabki yozma manbalar bu turli joylardan topilgan tosh bitiklar va uzoq moziyda yozilib bizning davrimizgacha etib kelgan kitoblardir. Ularda Markaziy Osiyoning milodgacha bo‘lgan tabiati va xalqlari haqida xabarlar qayd etilgan (Ahamoniylar davri bitiklari, Avesto Maxabharata va b.). Qadimgi Yunon olimlarining asarlarida va Xitoy solnomalarida ham bir muncha aniq muhim xabarlar bor. O‘rta asrlar davri uchun esa boy yozma meros mavjud bo‘lib, ular asosan arab-fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki tarixiy-geografik ma’lumotlar birinchi navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko‘proq o‘rin olgan bo‘ladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Kitob sur’at al- arz", Abu Zayd Balxiy al-Istaxriy va ibn-Xavqal qalamiga mansub "Kitob al-masolik va-l mamolik", muallifi noma’lum "Hudud al-olam", Najib Bakronning "Jahonnoma", Sam’oniyning "Kitob al-ansob", Hamdalloh Mustavfiy Kazviniyning "No‘zxat al-qulub" (XII), Hofizi Abruning "Geografiya", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" (XVI),Ro‘zbixon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro" (XI), Amin Ahmad Roziyning "Haft iqlim" (XI), Sulton Muhammad Balxiyning "Majma’ al-g‘aroyib" (XI), Abulg‘oziyning "Shajarai tarokima" (XVII) va "Shajarai turk" (XII) Muhammad Tohirning "Ajoyib at-tabakot" (XII) Mahmud ibn Valiyning "Baxr ul-asror" (XII). Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammadning "Dil g‘aroib" (X1X), Muhammad Soliqxo‘janing "Tarixi jadidayi Toshkand" (X1X) kabi asarlari ana shular jumlasidandir. Qayd etilgan manbalarda Markaziy Osiyoning keyingi ming yillikdagi tarixiy geografiyasi qamrab olingan va ulardan o‘lkaning tog‘, vodiy, dasht va cho‘llari, ma’danlari, suvlari, o‘simliklari, hayvonot olami,siyosiy-ma’muriy tarkibi, etnik holati, shahar va qishloqlari, xo‘jaligi, xalqaro munosabatlari geografiyasi haqida ma’lumotlar olsa bo‘ladi. Shu bilan birga tarixiy geografik tadqiqotlar uchun tarixiy va boshqa mavzularga oid asarlar ham foydalidir. Markaziy Osiyo sayyoramizdagi tabiati murakkab va madaniyati qadimiy o‘lkalardan bo‘lib, uning tarixiy geografiyasini bitta ilmiy tadqiqotda qamrab olish mushkuldir. Biz hammamiz maktabda O‘zbekistonning, dunyoning fizik, tarixiy geografiyasini o‘rganamiz. Tarixiy geografiya nimasi bilan farqlanadi. Hatto nomidan ham bilinib turibdiki, bu fan o‘tgan davrlarning iqtisodiy va siyosiy geografiyasini o‘rganuvchi fandir. Bu fan "Geografiya tarixi" fanidan farqli o‘laroq (Geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo‘lishidan, to rivojlanishiga qadar o‘rganadi) jamiyatning turli davrlarda rivojlanish sharoitini o‘rganuvchi aniq geografiyani tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o‘sish haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi. Yoki tarixiy muhim voqea-hodisalarning bo‘lib o‘tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini o‘rganadi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o‘rganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo‘lmaydi, chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma’lumotlar tarixiy geografiya fani uchun juda muhimdir. Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa, tarix fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog‘i bo‘lib qoldiki, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o‘rganib bo‘lmaydi. Usiz tasavvurlarimiz to‘liq va aniq bo‘lmaydi, tarixiy geografiya bilan geografiya tarixini farqlay bilish kerak. Geografiya tarixiy geografiya fanining bo‘limi bo‘lib, geografiya fanining rivojlanishi tarixini, sayohatlar tarixini, yerning hududiy kashf etilishi bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida to‘rgan muammolari bo‘lishi mumkin, o‘tmishning aniq geografiyasi bo‘lishi mumkin emas. Tarixiy geografiya o‘tmish tarixning aniq geografiyasini o‘rganadi. Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini o‘tgan davrlari geografiyasini o‘rganadi, bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning tarixini xaqiqiy baholash uchun o‘sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak. Bu narsa O‘zbekiston tarixini, O‘rta Osiyo tarixini obektiv, ilmiy asoslangan holda o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya zamonaviy geografiya kabi o‘z bilimlariga ega: tabiiy tarixiy geografiya, aholishunoslik tarixiy geografiyasi, xo‘jalik geografiyasi yoki tarixiy-iqtisodiy geografiya, siyosiy-tarixiy geografiya, so‘nggi bilimga ichki va tashqi chegaralar geografiyasi, siyosiy-ma’muriy bo‘linishlar, shaharlar va qal’alar joylashishi, shuningdek, tarixiy voqea-hodisalar, harbiy yurishlar yo‘llari, muxorabalar haritalari, milliy ozodlik harakatlari geografiyasi ham kiradi. Fizik geografiya o‘tgan bir necha ming yilliklar davomida o‘zgarishsiz qoldi. Lekin, kishilik jamiyati insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi uchun landshaftlar o‘zgarishini o‘rganish muximdir,chunki daryolar o‘zanining o‘zgarishi, vodiylarning yo‘qolib ketishi, sug‘orish sistemalarining paydo bo‘lishi, ko‘l va dengizlar chegaralarining o‘zgarishi, o‘rmonlarning va xayvonot dunyosi ba’zi turlari yo‘q bo‘lib ketishi, insoniyat tarixini o‘zgartiruvchi omillar bo‘lib xizmat kiladi. Bu omillarning hammasi tarixiy fizik geografiya bulimiga kiradi. Agar kaysidir davlatning tarixiy geografiyasini o‘rganmokchi bo‘lsa, avvalo tarixiy-iqtisodiy va xo‘jalik geografiyasini o‘rganishimiz kerak. Tarixiy geografiyani o‘rganish mobaynida o‘rganuvchi turli-xil muammolarga duch kelishi mumkin. Masalan, Koraxoniylar davlati hududlarini X-X11 asrlarda o‘zgarib turishi, XVII-XVIII asrlarda Ashtarxoniylar davlati chegaralarining o‘zgarib turishi, XVIII asrning ikkinchi yarmi X1X asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi, Qo‘kon va Xiva xonligining asosiy savdo yo‘larining haritasi. Chor Rossiyasi mustamlakasi bulgan Turkistonsiyosiy-ma’muriy ishlari. Amir Temur davridagi voqea-hodisalar joylari, Moskva knyazligining 1X-X asrlardagi davlatning o‘sishi, XIII-X1X asrlarda AQShdagi aholining joylashishi kabi muammolardir. Qaysidir davlatning tarixiy-iqtisodiy va tarixiy-siyosiy geografiyasini o‘rganishda avvalo, u davlatning iqtisodiy va tarixiy geografiyasini davrlar davomida rivojlanishini kurib chiqish darkor buladi. Masalan, O‘rta Osiyo, AQSH, Rossiya imperiyasi, Fransiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston va boshka davlatlarning XVIII asrdan XX asr boshigacha byilgan davrdagi tarixiy geografiyasini o‘rganishda, iqtisodiy va siyosiy geografiya elementlarini birinchi bo‘libo‘rganibchiqish kerak. Bu elementlar aholisoni, uning milliy tarkibi, aholining joylashishi, aholining kaysi davlatlarda yashaganligi, bu davlatlar chegarasi, bu geografik hududdagi ichki ma’muriy bo‘linishlar tashkil etadi. Muammoning eng qiyin tomoni, bu o‘rganilayotgan hududning iqtisodiy geografiyasida ko‘rsatgichlarning qayd qilinishi ya’ni ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishini ko‘rsatishdir. Shundan so‘ng, iqtisodiy va siyosiy geografiya asosiy elementlarning o‘zgarishlari analizini qilish mumkin. Masalan, AQShda 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davri, Rossiyadagi isloxotlargacha va isloxotlardan keyingi davrlar, Germaniyaning qo‘shilishdan oldingi va keyingi davrlari kabilar kiradi. Yuqorida qayd qilingan tarixiy geografiya predmeti haqidagi tushuncha zamonaviy tarixiy va geografik fanlarda qabul qilingan. Tarixiy geografiya fanining muhim vazifalaridan biri, bu o‘tgan davrdagi mamlakatlar siyosiy chegaralarini aniqlash, tarixiy voqea-hodisalar joyini aniqlash, o‘rganilayotgan hudud yoki mamlakatdagi aholi joylashuvida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarni aniqlash kabilardir. Tarixiy geografiyaning bu qismi siyosiy voqea-hodisalar tarixini o‘rganish bilan urushlar bayoni va ular davlatlar chegarasini o‘zgartirishni o‘rganish bilan xukumat faoliyatini ba’zida xukmdorlar, vazirlar va boshqa xukmdor shaxslarni o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Bunday voqea-hodisalarni yaxshiroq tushunish uchun tarixiy geografiya juda kerakdir. Masalan, urushlar va ularning oqibatlarini to‘laroq tushunish uchun qo‘shinlar harakati, jangning borishi va bo‘lib o‘tgan joylarni o‘rganish darkor. Bu holatda tarixiy geografiya bir qator tarixiy fanlar-paleografiya (qadimgi qo‘l yozmalarning xati va tashqi ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan), xronologiya(1-tarix fanining voqealar va xujjatlarning xronologik tartibdagi vaqtini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi yordamchi sohasi, 2-voqealarning sodir bo‘lgan vaqti tartibidagi birin-ketin bayoni va ro‘yxati), metrologiya (yil uchovlar xaqidagi ta’limot), geraldika (lotincha-jarchi Xeraldus, tarix fanining gerb (tamg‘a) shunoslik bo‘limi, dastlabki gerblar quldorlik va feodalizm jamiyatida zadagonlar sulolasi, hunarmandchilik kastalari yoki aloxida shaharlarning ramziy nishoni sifatida vujudga kelgan va maxsus sur’atlar shartli belgilar bilan bir-biridan farq qilgan. Familiya yozilgan gerblar 12 asrda paydo bulgan. Feodal davlatlar saroyda gerblarni ruyxatdan o‘tkazish,sistemalash va yangi xillarini ishlab chiqish uchun aloxida xodimlar-gerbchilar ishlab to‘rgan. 14-asrdan boshlab,gerbchilar ustaxonasi tashkil topib,unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodg‘orliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb sur’atlarni tushurish odat tusiga kirgan) kabi fanlar qatorida turadi. Shuningdek, tarixiy geografiyaning mazmuni ayniksa, xozirgi zamon nuqtai-nazarida qaraganda kengroqdir. Tarixiy geografiya ijtimoiy-iqtisodiyjarayonlarni, milliy ozodlik harakatlarini kengroq o‘rganadi. Keng mazmunda tarixiy geografiyani tarixiy jarayonni o‘rganuvchi tarix fanining bir bo‘limi desak adashmaymiz. Yuqorida qayd etilganidek, tarixiy geografik izlanishlar tarix fani asoslanadigan manbalarga asoslanadi. Tarixiy geografiya uchun kimmatli bulgan manbalar bular aholi ruyxatlari, xo‘jalik xisob-kitob daftarlari, yilnomalar, qadimgi geografiyaga oid kitoblar kabilardir Tarixiy geografiya uchun katta ahamiyatga ega bulgan manbalar yana bu arxeologik (qadimshunos) manbalardir U utgan davr iqtisodiy geografiyasi uchun aloxida muxim ahamiyatga egadir. Shuningdek, toponomik va antropologik manbalar ham tarixiy geografiya uchun muxim manbalar xisoblanadi. Darelar, kullar, shaharlar va boshka geografik obektlar nomlari ayniksa, shu hududdaqachonlardir yashagan xalqlar bergan nomlar, shu xalqlar bu hududda turli sabablarga ko‘rako‘chib ketishsa ham, ular bergan nomlar saqlanib koladi. Toponomika (joy nomlari) xalqlarning kaysi millatga tegishli ekanligini aniqlab beradiXalqlar turli joylarga kuchganlarida o‘z yashash joylariga nom beradilar. Odamlar ko‘proqo‘zlari oldin yashagan joylarning nomlarini yangi yashash joylariga hamberadilar. Bu xolni biz AQShshaharlarini turli Yevropa davlatlari shaharlari nomi bilan nomlanganligida ko‘rishimiz mumkin. Bu nomlar o‘shashaharlar aholining qayerdanko‘chib kelganligi xakida ma’lumot beradi. Tarixiy geografiya avvalo tarix fani kabi tarix metodidan foydalanadi. Tarix fani metodologiyasi bu obektivlik va tarixiylik metodlaridir. Arxeologiya, toponomika, antropologiya manbalari Yuqoridagi prinsiplar asosida kayta ishlanadi. Tarixiy geografiya fan sifatida X1 asrda vujudga keldi. Uning vujudga kelishida ikki o‘rik tarixiy hodisa ya’ni X-X1 asrlarda gumanizmning paydobo‘lishi va buyuk geografik kashfiyotlar (Vaska da gamma(1469-1524y) boshchiligida 4ta kemadan kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chikib 1498y baxorida Hindistonning garbiy qirg‘oklariga borib yetdi va Kalkutta sh ga tushdi, Genuyalik Xristofor Kolumb (1451-1506y) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdenant va Izobellaning xukumatiga Hindistonga garb tomondan sayohatloyhasini taklif qildi. Kolumb yerning sharsimonligi xakidagi ta’limotga asoslanib, ish kurdi 3 kemadan iborat kichkina eskadra 1492 yilning 3 avgustida Palos gavanida Atlantika okeaniga jo‘nab ketadi. 1492 yil 12 oktabrda Kolumb Karib dengizida markaziy Amerikaga yaqinjoydagi Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta kushni orollar Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Kolumb ochgan kit’aga Amerika degan nom boshka bir Italiya Florentsiyalik Amerigo Vespuchchi(1452-1512) nomidan olib berildi. Kartograflar Kolumb kashf etgan yerlarni 1507 yildayek o‘z kartalarida "Amerigo yerlari" degan umumiy nom bilan ko‘rsata boshladi. Fernando Magellanning sayohati geografik kashfiyotlar tarixida katta ahamiyatga ega buldi. Geografik kashfiyotlar Yevropaning iqtisodiyhayotiga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu kashfiyotlar natijasida "Jahon bo-zorining birdan kengao‘shi muomiladagi maxsulotlarning ko‘pao‘shi Osiyo maxsulotlarini va Amerika xazinalarini kulga kiritishga intilgan Yevropalik millatlar o‘rtasida rakobat paydo bo‘lishi, mustamlakachilik sistemasi" yuz berdi. Savdo yo‘lari butunlay o‘zgarib ketdi. Ilgari Yevropa savdosida asosiy rol uynagan o‘rta dengiz geografik kashfiyotlardan so‘ng o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Asosiy savdo yo‘lari Atlantika okeaniga va shimoliy (nemis) dengiziga kuchirilgan Ilgari Yevropadagi savdo-sotik ishlari eng tarakkiy kilgan Italiya urnini boshka mam-lakatlar Portugaliya, Niderlandiya va Angliya egalladi) ta’sir kildi. Uygonish davrida odamlarda antik davr-larga kizikish kuchaygan Antik (qadimgi) dunyoga kizikish antik davr geografiyasi bilan shugullanishga olib keldi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar-qadimgi dunyo atlasi edi. Uni XI asrning ikkinchi yarmida aflamand geografi A Orteliy yaratgan edi. U o‘z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo atlasini keltirgan edi. A Orteliy o‘z kartalarini qadimgi dunyo xakidagi kiskacha ma’lumotlar bilan keltirar edi. A Orteliyning asaridan so‘ng tarixiy geografiya ilmiy tartibot sifatida vujudga keldi. Aytib utish kerakki Orteliyning o‘zi antik avtorlar ma’lumotlarini tanqidiy nazarsiz kabul kilgan va shu ma’lumotlar asosida o‘zharitalarini chizgan. A Orteliyning bu kamchiligini XII asrda Leyden (Gollandiya) universiteti professori Klyuver tugirladi. U tarixiy geografiya bo‘yicha ikkita nomdor asar - Qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasini ezdi. Tarixiy geografiyani rivojlantirish uchun XII-XII1 asr fransuz tarixchilari va shu davr fransuz geografi J.B.Anvil’ham katta xissa kushdilar. Ular qadimgi dunyo tarixiy geografiyasi bilan birga o‘rta asrlar tarixiy geografiyasini hamo‘rganadilar. X1X asrning ikkinchi yarmida umumtarixiy ilmiy ishlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixni o‘rganish xisobiga bo‘lib boradi. Bu yo‘nalishbo‘yicha ko‘zga kurinarli kilingan ishlardan biri bu- 1936 yilda Kembridjda Darbi raxbarligidagi kollektiv tomonidan chikarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi to‘g‘risidagi asarini aytishimiz ham mumkin A Orteliyning o‘zining aytishiga karaganda uning ishlari "Ta-rix nazarida geografiya" edi. Bu asar Angliyaning 1800chi yilgacha bulgan tarixiy geografiyasi. Yevropada tarixiy geografiyasi asoschilari safiga A.Orteliy F.Klyuver J.B.Anvil Darbi kabi olimlarning Rossiyadan V.N.Tatiyev N.N.Barsov S.M.Seredonin L.A.Svitsin N.K.Lyubavskiy M.N.Tixomirov A.N.Nasonov I.A.Golubtsov (tarixiy geografiya asoschisi) Markaziy Osiyo tarixida tarixiy geografiya elementlarini A.R.Beruniy A.B.Narshaxiy Mirxond Xondamirning tarixiy asarlarida Z.M.Boburning mashxur "Boburnoma" sida kurishimiz mumkin. Markaziy osiyo tarixiy geografiyasining muxim manbalari antik davr olimlari Gerodot Poliyen Diodot Kvint Kurtsiy Ruf asarlari o‘rta asrlarga oid R G Klavixo Ibn Batuta asarlarida zamonaviy olimlar A Berns Vitkevich P Demizov A Vamberi va boshkalar asarlarida aks etgan yana muhim manbalardan biri bu Abulg‘ozi Bahodirxonning "Shajarai turk" asaridir. Undan tashqari X1X asr faylasufi va tarixchisi A Donish asarlarini ham kiritish mumkin. Tarixiy geografiyaning asosiy kismini yordamchi fanlar tashkil etadi. Nazorat uchun savollar: 1. Tarixiy geografiya va tarix fani bog‘liqligini asoslang. 2. Tarixiy kartografiyani izohlang. 3. Amudaryoning o‘tmishi, bugungi va ertangi muammolari? 4. Eng qadimgi savdo yo‘llari? 5. Karta va uni o‘rganish bosqichlari? Download 27.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling