1. Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi


Download 1.64 Mb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1458010
  1   2
Bog'liq
. Tarixiy obidalar – ma\'naviyatimiz ko\'zgusi



Reja:
1. Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi
2. “Mustaqillik monumenti”, “Ezgulik arkasi”. Favvoralar.
3. Yangi Oʻzbekiston: islohot va oʻzgarishlar maydoni.
4. Xulosa

1. Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi.
Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo'qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi




Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda
Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.


Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan.




Xiva.Ichan qal’a
1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi.
2. “Mustaqillik monumenti”, “Ezgulik arkasi”. Favvoralar.
Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov gʻoyasi bilan bunyod etilgan meʼmoriybadiiy maj-mua. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005-yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzan-dini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali oʻrnatildi .
Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan ushbu yodgorlik Mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi.
Ezgulik arkasi 2005-yil 1-sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o'n, o'rta peshtoqi o'n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o'n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo'lib, Mustaqillik maydonida joylashgan "Mustaqillik va ezgulik monumenti" majmuasining bir qismi hisoblanadi.
Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg’ular uyg’otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir.
Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo’lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o’zida uyg’un ifodalaydi.


Oʻzbekistonda favvoralar asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan .
Toshkentdagi teatr maydoni, Xadra maydoni, Mustaqillik maydonidagi favvoralarlar katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi.



Har yili O‘zbekistonimizda 1 may “Favvoralar kuni” sifatida nishollanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘paygaligidan darak bermoqda.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling