1. Tartiblash tushunchasi va uning turlari. Tartiblash va ichki Tartiblash modellari. Tartiblashning sodda sxemalari. Tartiblash


Download 44.54 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi44.54 Kb.
#1367784
  1   2   3   4
Bog'liq
tartiblash


Mavzu: Tartiblash algoritmlaridan
Masalalar yechishda foydalanish.

Reja:
1. Tartiblash tushunchasi va uning turlari.
2. Tartiblash va ichki Tartiblash modellari.
3. Tartiblashning sodda sxemalari.


Tartiblash - bu berilgan to’plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayonidir. Tartiblashni maqsadi tartiblangan to’plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat. Tartiblash dasturlarni translyasiya qilinayotganda, ma’lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilinayotganda, kutubxonalar, kataloglar, ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda tadbiq qilinadi. Ma’lumki, Tartiblashning turli xil algoritmlari mavjud. Tartiblash – bu ma’lumotlarni kalitlari bo’yicha doimiy ko’rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat.
Tartiblash ichki Tartiblash - operativ xotiradagi Tartiblash va tashqi Tartiblash – tashqi xotirada Tartiblash kabi turlarga bo’linadi.
Tartiblash bu ma’lumotlarni kalitlari bo’yicha xotirada regulyar ko’rinishda joylashtirishdir. Regulyarlik deganda ma’lumotlar kalit qiymatlari bo’yicha massivda boshidan oxirigacha o’sishi yoki kamayishi tushiniladi.

Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytishi maqsadida, Tartiblash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi. Yuqoridagi usul adreslar jadvalini Tartiblash usuli deyiladi.
Saralanayotganda bir hil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralanagandan keyin bir hil kalitlilar boshlang’ich tartibda qanday joylashgan bo’lsa, ushbu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday usulga turg’un Tartiblash deyiladi.
Tartiblash samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin:

  • Tartiblashga ketgan vaqt;

  • Tartiblash uchun talab qilingan operativ xotira;

  • dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt.

Qat’iy usullarning afzalliklarini ko‘rib chiqaylik:
1. Bilamizki, dasturlarning o‘zlari ham xotirada joy egallaydi. To‘g‘ridan- to‘g‘ri Tartiblash usullarining dasturlari qisqa bo‘lib, ular tushunishga oson.
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Tartiblash usullari orqali Tartiblash tamoyillarining asosiy xususiyatlarini tushuntirish qulay.
3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko‘p amallarni bajarish talab qilinmasada, ushbu amallarning o‘zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
Shu joyni o‘zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko‘ra 3 ta toifaga bo‘lish mumkin:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish usuli (by insertion);
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlash usuli (by selection);
3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish usuli (by exchange).

Download 44.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling