- Texnologik jarayonlarda suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sarfni nazorat qilish, rostlash va boshqarish
- Ma`ruza rejasi:
- 1. Sarfni rostlashning prinsipial va struktura sxemalari.
- 2. Sochiluvchan moddalar sarfini rostlash.
- 3. Sarflar munosabatini rostlash.
- Kimyoviy – texnologik jarayonlarni nazorat qilish va rostlashga tegishli bo`lgan asosiy texnologik parametrlarga sarf, sath, bosim, harorat, pN qiymati va sifat ko`rsatkichlari (zichlik, qovushqoqlik) kiradi.
- Sarfni rostlash ehtiyoji deyarli barcha uzluksiz jarayonlarni avtomatlashtirishda yuzaga keladi. Bevosita ixtiyoriy barcha uzluksiz jarayonlarni avtomatlashtirishdan kelib chiqadi. Moddiy oqimlar bo`yicha g’alayonlarni barqarorlashtirish uchun mo`ljallangan sarf ARS texnologik jarayonlarni avtomatlatirish yopiq sistemasining ajralmas bo`lagidir. Sarfni rostlash konturlari ko`pgina hollarda boshqa parametrni rostlash uchun mo`ljallangan kaskad ABS larida ichki kontur sifatida ishtirok etadi.
- Sarfni rostlash sistemasining ikki o`ziga xos jihati mavjud: rostlash ob`ektining kam inertsionligi va sarfni o`zgarishi signalida yuqori chastotali tarkibiy qismlarning mavjudligi. Bunga sabab nasoslar yoki kompressorlar ishlashi natijasida quvurda bosim pulsatsiyalanadi.
- Rasmda sarfni rostlashda ob`ektning prinsipial sxemasi berilgan. Odatda bunday ob`ekt sifatida sarfni o`lchash nuqtasi bilan (masalan toraytirish qurilmasining o`rnatilgan joyi 1) rostlovchi organ 2 oralig’i dagi quvur yo`li xizmat qiladi.
- Sarfni o`lchashdagi ob`ektning prinsipial sxemasi: 1 – sarf o`lchagichi (diafragma), 2 – rostlovchi klapan
- Sarfni rostlash sistemalarida sarfni o`zgartirishning 3 ta usulidan biri qo`llanadi:
- Quvurli o`tkazgichga o`rnatilgan rostlovchi organ klapan, shiber orqali modda oqimini drossellash;
- Rostlanuvchi energiya manbai yoradamida quvurli o`tkazgichlarda bosimni o`zgartirish (masalan nasos dvigatelining aylanish sonini o`zgartirish);
- Ortiqcha moddani asosiy quvurli o`tkazgichdan aylanib o`tadigan liniyaga berish, ya`ni baypaslash.
- Markazdan qochma nasosdan so`ng, sarfni rostlash rostlovchi klapan yordamida amalga oshiriladi. U haydovchi quvurga o`rnatiladi, buni a-rasmda ko`rishimiz mumkin.
- Markazdan qochma (a) va porshenli (b) nasosdan so`ng sarfni rostlash sxemalari
- Agar suyuqlikni so`rib olish uchun porshenli nasos ishlatilsa, bunday avtomatik rostlash sistemalarini qo`llash mumkin emas. CHunki rostlagichning ishlashida klapan to`la berkilib qolishi mumkin. Bu esa quvurli o`tkazgichning yorilishiga olib keladi. Bunday hollarda sarfni rostlash uchun oqimning baypaslash sistemasi ishlatiladi. (b-rasm). Bu rasmda 1 – sarf o`lchagichi; 2 – rostlagich; 3 – rostlovchi (klapan); 4 – nasos.
- Sochiluvchan moddalar sarfini rostlashda bunker chiqishidagi rostlovchi to`sma klapanning ochilish darajasini o`zgartirish orqali (a-rasm) yoki lentali transpartyor harakati tezligini o`zgartirish orqali (b-rasm) amalga oshirilishi mumkin. Bu o`rinda sarf o`lchagich sifatida transpartyor lentasidagi material massasini aniqlovchi qurilmadan foydalanish mumkin.
- Sochiluvchan moddalar sarfini rostlash sxemasi:
- a- to`sma klapan ochilish darajasi o`zgarishi bilan, b-trasportyor harakatining tezligi o`zgarishi bilan
- Bu erda: 1–bunker; 2–transportyor; 3–rostlagich; 4–rostlovchi to`sma klapan; 5–elektrodvigatel’.
- Ikki moddalar sarfi o`zaro nisbatini quyidagi ko`rsatilgan uchta sxemaning bittasi yordamida amalga oshirsa bo`ladi:
- Umumiy ishlab chiqaruvchanlik berilmaganda “etaklovchi” deb ataluvchi bir moddaning sarfi G1 ixtiyoriy o`zgarishi mumkin. (a-rasm), ikkinchi “etaklanuvchi” modda birinchi modda bilan doimo o`zaro bir xil nisbatda uzatiladi, ya`ni 2-moddaning sarfi G1, ga teng. Ba`zida nisbat rostlagichi o`rniga rele nisbati va bir o`zgaruvchili sodda rostlagich qo`llaniladi. b-rasmda chiqish rele signali, - o`zaro nisbat berish koeffitsientini belgilovchi rostlagich - 5 ga topshiriq sifatida beriladi.
- “etakchi” sarf qiymati berilgan bo`lsa o`zaro nisbat ARS dan tashqari “etakchi” sarfning ARS ham qo`llaniladi. Bunday sxemada G1 sarfbo`yicha vazifaning o`zgarishi, o`z-o`zidan G2 sarfning ham o`zgarishiga olib keladi (v-rasm).
- Sarflar nisbati ARS uchinchi texnologik parametr y ning (masalan apparatdagi harorat) kaskadli rostlash sistemaida ichki kontur xisoblanadi. Bunda berilgan nisbat koeffitsienti tashqi rostlagich tomonidan rostlanayotgan parametr y ga nisbatan shunday tanlanadiki, bunda G2=(u)G1 tenglik o`rinli bo`ladi (g-rasm)
- Sarflarning o`zaro nisbatini rostlash sistemai:
- 1.2-sarf o`lchagich; 3-nisbat rostlagichi; 4-rostlovchi klapanlar; 5-sarf rostlagichi; 6-nisbat relesi; 8-harorat rostlagichi; 9-cheklovchi qurilma; a,b-umumiy yuklama berilmagan holda; v-umumiy yuklama berilganda; g-umumiy yuklama va 3-parametr nisbatining korrektsiya koeffitsienti berilgan holda
- Sochiluvchan mahsulotning sarfini rostlash avtomatik sxemasi
- Sarflarning nisbatini ARS (avtomatik rostlash sistemasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |