1-topshiriq. A. Oripovning quyidagi she'rini nasriy matnga aylantirib yozing. Matn mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring. Dunyo bir gulzordir keng va betimsol


Download 23.38 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1421837
Bog'liq
2-mavzu topshiriq`i


1-topshiriq. A.Oripovning quyidagi she'rini nasriy matnga aylantirib yozing. Matn mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring.
Dunyo bir gulzordir keng va betimsol,
Yulduzlar g‘unchadir uning ichida.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Gullar o‘stiramiz xona ichida.
Dunyo bir boladir sho‘x va betimsol,
Uning axtargani shodlik va kulgu.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Unga ermak bo‘lib qolmasak bo‘ldi.


2-topshiriq. “Menyu” metodi asosidagi topshiriqni bajaring.



Bunda kichik guruhga aniq topshiriqlar beriladi. Masalan, ilmiy, rasmiy, badiiy, va publitsistik matnlardan namunalar tayyorlanadi. Ushbu namunalar orqali har bir guruh uchun alohida topshiriq beriladi. Topshiriq: 1. Har bir guruh bir turdagi matnni qolgan matnlar orasidan ajratib oladi. 2. Matnda murakkablashgan gaplarning qaysi turi qatnashganini aniqlaydi va ularni ajratadi. Har bir guruh o‘z topshiriqlarini oladi va uni 3 daqiqa davomida muhokama qiladi.



3-topshiriq. Turli manbalardan olingan gaplarni o‘qib, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolarni aniqlang.
1. Yakunlovchi yil natijalarini yakunladilar. (Radiodan) 2. Fan-texnika taraqqiyotining davrning afzalliklari bilan uzviy bog‘lanishi... taraqqiyotni tezlashtiradi. (M. Usmonov) 3. 50 sentnerdan xirmon yaratish uchun hozirdan zamin yaratmoqdalar. (Gazetadan) 4. Davolanadigan bolalar davolanyapti. 5. Ba'zi bir asarlardan ma'lum bo‘ladiki, ba'zi yozuvchilarimiz hali ham hayotga chuqurroq kirib bormaydilar. (M. Qo‘shchonov) 6. Bu huquq ... kutubxonalar shoxobchalarini rivojlantirish bilan, chet davlat bilan madaniy aloqalarni kengaytirish bilan ta'minlanadi. (Gazetadan) 7. Ular kelgusida ishimizni qay darajada davom ettirishni olib borayotgan ishimizning ko‘lami va sifatiga bog‘liq. (Gazetadan) 8. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, dori-darmondan to‘g‘ri foydalanish kerak. (Gazetadan)
Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling