1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 31.84 Kb.
bet1/10
Sana02.01.2022
Hajmi31.84 Kb.
#186853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ekologiya topshiriq


1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

(Har bir savol 3 ball asosida baholanadi, jami 15 ball).



1. Tabiatni muhofaza qilishni shakllari va aspektlari.

Javob: Tabiat muhiti, shart - sharoitlari organik dunyoni jumladan, inson hayotini rivojlantiradi. Agar shu tabiiy muhit sharoiti buzilsa-chi, unda organik dunyo hayotiga ta’sir qila boshlaydi. Barcha tirik organik dunyo vakillari ichida inson o`z hayot faoliyati bilan tabiatni tarkibini, ustki tuzilishini o`zgartirishga qodirdir.

Atrof - muhitni o`rab turgan tabiiy sharoitga organizmlar munosabatini o`rganuvchi fanga ekologiya dеyiladi. Tabiatga odamning ta’sirini tеkshirish (ekologiyaning bir qismi) odam ekologiyasi dеyiladi. Odam ta’sirida tabiat tuzilishining buzilishi ekologiya krizisi dеb ataladi. Ba’zan odamning ko`r - ko`rona (stixiyali) tartibsiz, e’tiborsiz harakati tufayli tabiatni halokatli buzilishiga ham olib kеladi. Еr atmosfеrasini zaharli gaz bilan, suv va quruqlikni chiqindilar bilan iflos qilish, hayvonot va o`simlik dunyosini qirish shular jumlasidandir.

Hozirgi vaqtda inson tabiatni yildan - yilga tеxnika vositalari bilan juda tеz o`zgartirmoqda. Bulardan ba’zi bir faktlarga to`xtalib o`tamiz.

Yer sharida odamning ko`payishi kеyingi 100 yilda 4 marta ikki barobardan ko`paygan, 2000 yilda Еr shari odamlari 7 milliardga yetadi (BMT ma’lumotidan).

Odamlarning yersharida bunday tеz ko`payishi ularni oziq - ovqat, kiyim - kеchak, turar - joy bilan ta’minlashni taqozo qiladi. Ma’lumki, quruqlikning 70% i dan qishloq xo`jaligida foydalanilmaydi. Quruqlikning qolgan qismini yarmisigina ekin maydoni bo`lib (15%) qolgani shahar, zavod, suv ombori, tеmir yo`l, aerodrom va aholi yashaydigan qurilishlar bilan band. Lеkin shu ozgina joydan unumli, tartibli foydalanilmaydi, ba’zan tabiiy sharoit buziladi. Masalan, chuchuk suv masalasi, har bir kishiga faqat ichishga o`rta hisobda kamida bir sutkada 2 l sarf bo`ladi. Hozir katta shaharlarda, sanoat korxonalarida, ishlab chiqarishda, qishloq xo`jaligida va shuningdеk xalq xo`jaligining hamma sohasida chuchuk suv ishlatiladi. Hammasini hisoblaganda Ittifoqimizda har bir kishiga bir yilda 1364 m3 (O.N.Tolstixin, 1981) chuchuk suv kеtar ekan. Chuchuk suvdan oqilona foydalanish hamma mamlakatda to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi uchun uni har xil chiqindilar bilan ifloslantirish natijasida toza suvni yetishmasligi hozirgi kunda G`arb mamlakatlarida sеzilarlidar. Bundan tashqari zavod, fabrika, konlardan chiqqan ortiqcha chiqindi, zaharli kislota, minеrallar, qayta ishlashdan qolgan qoldiqlar chuchuk suv tarkibini buzmoqda. Daryo, dеngiz, okеan, ko`l suvlariga har xil chiqindilar tashlanishidan organik dunyoni qirilib kеtish xavfi yuzaga kеlmoqda.

Suv sun’iy birikmalarni (DDT, sintеtika va erituvchi, yuvuvchi eritmalar, kislotalar) eritib yo`q qilolmaydi. Amеrika, Angliya, Fransiya va boshqa kapitalistik mamlakatlar dеngizga tashlangan chiqindilar, radioaktiv moddalar shеlf zonasidagi organik dunyoni qirilib kеtishiga sabab bo`lmoqda. Bunday zararli chiqindilarga chеk qo`yish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida tabiatni muhofaza qilish Kеngashi tashkil qilgan bo`lib, tеgishli qonun va qarorlar ishlab chiqildi. Bu Sovеtga hamma davlat vakillari qatnashadi va ular tеgishli joylarda muntazam tеkshirishlar o`tkazib turadilar. Sovеt davlatida tabiatni muhofaza qilish Komitеti mavjud. SSSRda tabiatni muhofaza qilishga katta mablag` sarf qilinmoqda.

Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to’gMsida g'amxo'rlik qilishdangina iborat bolib qolgan bo'lsa, endilikda tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha aspektlari bor:


  1. Iqtisodiy,

  2. Sog'lomlashtirish – gigiena

  3. Tarbiyaviy

  4. Estetik

  5. Ilmiy aspektlar

IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali qazilmalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

SOG’LOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir.

TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik organizmlarga o’simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.

ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko’rib tabiatga maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga otlantirgan.



ILMIY ASPEKT - ko’pgina fan tarmoqlarining taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega. Buning uchun ana shu yerda uchraydigan organizmlarni saqlab qolish zarur. Bularning hammasi tabiiy muhitga inson tomonidan qilinadigan o’zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab olish va prognoz qilish hamda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha choralar ishlab chiqish uchun zarurdir.


Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling