1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 31.84 Kb.
bet2/10
Sana02.01.2022
Hajmi31.84 Kb.
#186853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ekologiya topshiriq

2. O’zbekiston o’rmonlari

Javob: O’rmonlar –keng ma’noda toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni mu’tadillashatirib turuvchi, yog’och, ikkilamchi mahsulotlar, mevalar, dorivor va ozuqa o’simliklar beruvchi manbadir. O’rmonzorlar  hayvonot va o’simlik dunyosini saqlash va ularni ko’paytirishda, iqlim o’zgarishlarni mo’tadillashtirishda, tog’larda  jarliklarni paydo bo’lishi xavfini oldini olishda, suv tanqisligi muammosini yechishda, selni mudxish oqibatlarini bartaraf qilishda, tuproq eroziyaga  qarshi  kurashishda,  cho’l xududlarida qumlarni ko’chishini to’xtatishda, shamol eroziyasini oldini olishda, tuproqning meliorativ holatini (sho’rlanish, cho’llanishga va h.) yaxshilashda, shuningdek yaylovlar maxsuldorligini  oshirishda hamda qishloq xo’jaligi  yerlarida ixota o’rmonlarini roli katta axamiyatga ega. Eng muhimi, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, tabiatni asrab-avaylash bugungi kunda o’rmon xo’jaliklarining asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

Har yili respublika buyicha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 42 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish ishlari amalga oshiriladi, shundan, 39 ming gektari cho‘l mintaqasiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 17 ming gektarda cho‘l o‘simliklaridan su’niy o‘rmonzorlar barpo etib kelinmoqda. Yangi oʻrmonzorlar barpo qilish urugʻdan ekib, koʻchat oʻtqazib va tabiiy tiklanishga koʻmak berish tadbirlari orqali bajariladi. Choʻl hududlarida shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan saksovul, cherkez, qandim kabi daraxt va butalar turlaridan yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi. Respublikamizning togʻli hududlarida 1.2 ming gektar yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi, ular asosan zarafshon archasi, xondon pista, yongʻoq, oddiy bodom va boshqa mevali daraxt va butalardir. Respublikamizning vodiy hududlarida har yili 1.4 ming gektar maydonda tez oʻsuvchi mevali daraxt va butalar turidan yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi. Toʻqay hududlarida esa turanga, jiyda, tol daraxt turlaridan oʻrmon barpo etilib, har yili 0.4 ming gektarda amalga oshiriladi. 2015 yil 3-chorak davomida 18.5 ming ga (108 %) maydonda urugʻdan, koʻchatdan va tabiiy tiklanishga koʻmak berish orqali yangi oʻrmonzorlar barpo qilindi. Shundan, Orol dengizining qurigan tubida barpo qilingan oʻrmon 6.8 ming gektarni tashkil etadi. Har yili yangi oʻrmonzorlar barpo etish va koʻchatxonalar tashkil etish maqsadida oʻrmon xoʻjaliklar tomonidan 50 turdan oshiq 130-135 tonna har xil daraxt va butalar urugʻlari tayyorlanadi. Shu jumladan, choʻl oʻsimliklari (saksovul, cherkez, qandim) - 100 tonna, ignabargli va noyob daraxt turlari - 15 tonna. Respublika boʻyicha har yili 60 turga yaqin 42 mln. dona daraxt va butalarning nihol hamda koʻchatlari yetishtiriladi, shundan 12.5 mln. donasi saksovul, 8 mln. donasi terak koʻchatlaridir. Ushbu yetishtirilayotgan nihol va koʻchatlarning yarmi oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadi, qolgan qismi esa parvarishlash uchun qoldiriladi. Hukumatimiz tomonidan noyob daraxt koʻchatlarini koʻpaytirishga aloxida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirgi paytda oʻrmon xoʻjaliklari koʻchatxonalarida 4 mln. donadan oshiq quyidagi noyob daraxt va butalar koʻchatlari, jumladan qrim qaragʻayi, kompaktli tuya, virgin archasi, eman, oqqayin, lola daraxti, yapon soforasi, soxta kashtan, katalьpa, beresklet, samshit, yapon bexisi, farzitsiya, hind sireni, malva va boshqa koʻchatlar mavjud.


Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling