1-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing. Klaster


Download 151.03 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi151.03 Kb.
#1695778
Bog'liq
1-topshiriq. Internet-fayllar.org


1-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing.
KLASTER
1. 172 ta jurnal, 813 ta ommaviy axborot vositasi bor.
2. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari
3. 562 ta gazeta, 4 ta axborot agentligi, 75 ta teleradiostudiya mavjud kabel telestudiyalar mavjud.
2-topshiriq. Internet so‘ziga sinkveyn tuzing.

1) Qo’shtirnoq ichida “HAYOT”


2) Aniq va tez
3) Istalga turdagi malumotlar bazasi mavjud
4) Juda kóp malumot bera oladi va tanlovlar kop
5) Qo’shtirnoq ichida “Borliq”
3-topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.
Tushunchalar Tushunchalar tahlili
OAV - Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir.
Reportaj- OAV sodir bo‘layotgan voqea -hodisalardan olib beriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola.
Intervyu - Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati.
Muxbir - Bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs
Jurnalist - asosiy faoliyati jurnalistika bilan shugʻullanish boʻlgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yigʻish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan toʻldiruvchi kishi.
Internet - katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi.
4-topshiriq. AKT sohasidagi innovatsiyalar haqida ma’lumot tayyorlang.
Raqamlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Hayotimizning turli jabhalariga -- ishlab chiqarishga, iqtisodning barcha yoʻnalishlariga, ijtimoiy sohaga axborot texnologiyalarni kirib kelishi uchun ularni rivojlantirish, shu sohada tadqiqotlar olib borayotgan olimlarni qoʻllab -quvvatlash, AKT sohasida faoliyat yuritayotgan dasturchilarga gʻoyalarni amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratish va izlanishda boʻlgan yosh tadqiqotchilarni xorijda malaka oshirishlariga koʻmaklashish lozim. 
Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion faoliyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi boʻyicha qator ishlarni amalga oshirmoqda. 
Quyida shular haqida maʼlumot beramiz: 

  • 2020-2021-yillarda AKT yoʻnalishidagi 12,5 mlrd. soʻmlik 20 ta ilmiy, amaliy va fundamental loyiha moliyalashtirilgan;

  • vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan 2020-yilda umumiy qiymati 6.2 mlrd soʻm boʻlgan yosh olimlarning 6 ta AKT sohasiga oid amaliy innovatsion loyihalari hamda “2020-yilga eng yaxshi 20 ta startap loyihalar” tanlovi natijalariga koʻra eng istiqbolli 5 ta AKT sohasidagi startap loyihalar moliyalashtirilgan;

  • iqtidorli yoshlarni innovatsion bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Technoways” texnologik rivojlanish marafonida eng istiqbolli deb topilgan 30 ta AKT sohasidagi loyiha 570 mln soʻm miqdorida moliyalashtirildi;

  • umumiy qiymati 3 mlrd. soʻm boʻlgan axborot texnologiyalari fan yoʻnalish boʻyicha yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi;

  • Respublikamizning barcha hududlarida mavjud muammolarga nisbatan daxldorligini oshirish, yangi innovatsion yechimlar ishlab chiqishlari maqsadida tashkil etilgan “Urban.Tech Uzbekistan” Xakaton musobaqasida 4 ta jamoa AKT sohasida eng yaxshi natija koʻrsatgani uchun 37,5 mln. soʻmdan mukofot puli bilan taqdirlandi. Shuningdek, joriy yilning 4 choragida hakaton musobaqasining 2 mavsumi tashkil etiladi. Unda umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm boʻlgan 4 ta soha boʻyicha AKT sohasiga oid loyihalar amalga oshiriladi;

  • AKT yoʻnalishida xorijiy stajirovkaga 10 nafarga yaqin yosh olim yuborildi hamda hozirda yana 15 nafarga yaqin yosh olim yuborilishi rejalashtirilgan;

  • AKT yoʻnalishida 24 nafar ilmiy darajali kadr tayyorlandi, shuningdek hozirda 230 nafardan ziyod izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanmoqda;

  • 2019-2021-yillar davomida AKT yoʻnalishidagi 11,9 mlrd. soʻmlik 16 ta startap loyiha moliyalashtirildi;

  • Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-noyabrdagi 696-son qarori bilan barcha sohalar shu jumladan, AKT yoʻnalishidagi fanlar boʻyicha ham oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgor mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etilishi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball berilishi belgilandi.

Download 151.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling