1. u o’qish uchun kelgan. Ushbu gapdagi hol qayssi turkum bilan ifodalangan?A ot B sifat c harakat nomi d sifatdosh


Download 34 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi34 Kb.

HOL

1.U o’qish uchun kelgan . Ushbu gapdagi hol qayssi turkum bilan ifodalangan?A)ot B)sifat C)harakat nomi D)sifatdosh

2. Ravish holi murakkab fe’l kesimga ergashib kelgan gapni

aniqlang.

A)To‘lagan aka zo‘rg‘a kelgan.

B)Xadicha xola o’z uyidan shoshilgancha chiqib ketdi.

C)Buyerdan tez ketishimiz kerak.

D)Bular piyoda asta-sekin O‘rdaga bordilar.

3. Qaysi gap(lar)hol, ega, hol, aniqlovchi, kesim bo‘laklaridan

tashkil topgan?

1) Urush boshlanganda u hali ko‘krakdan ajralmagan go‘dak

edi.


2) Shunda u nevarasining bo‘yi o‘sib, ancha baland bo‘lib

qolganini payqadi.

3) Hozirgacha g‘o‘za uch marta yaxshilab chopiq qilindi.

4) Dastlabki kitobi ancha qiziqarli qissa edi.

A)1, 4 B)1 C)1, 2, 3, 4 D)1, 3, 4

4. Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l so`z turkumlari bilan ifodalangan?

A. U hayajon bilan, bo`g`ilib so`zlar edi.

B. Podsho goh kulib, goh jiddiy o`y bilan quloq soldi

C. Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi

D. Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg`ish, qahrabo tusda tovlanadi.

5. Choyni nari-beri ichib otxonaga ketdim. Ushbu gapda holning qanday manoviy guruhlari ishtirok etgan?A)holat B)sabab C)maqsad D) daraja –miqdor

6. SHarofat bibi ro`molini salgina tuzatib,so`ri tomon asta yurib bordi.Ushbu gapda necha hol qo`llangan?A)3.B)4C)5 D)6

7.Nega unga ko’p-u menga oz .Siz jo’rttaga shunday qilyapsiz?Yuqoridagi ikki gapda necha hol ishtirok etyapti?A)2B)3C)4D)5

8. Daraja-miqdor holi ko’makchi felga ergashib kelgan gapni aniqlang.A)Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak.B)U O’rmonjonga,Bo’taboyga ,Kanizakka ko’pdan –ko’p salom aytdi.C)To’lagan aka zo’rg’a kelgan ekan.D)Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi.

9. 1) Yaxshiyam, universitet yaqinda. 2) Yaqinda

o‘qishni tugatadi.

Ushbu gaplardagi yaqinda so‘zi haqidagi qaysi

fikr to‘g‘ri?

A) 1-gapda o‘rin ravishi, 2-gapda payt ravishi

B) 1-gapda payt ravishi, 2-gapda o‘rin ravishi

C) har ikkala gapda o‘rin ravishi

D) har ikkala gapda payt ravishi

10.Qaysi qatordagi gap tarkibida maqsad holi ishtirok etmagan? A)U yoqolgan dostining daragini bilish uchun kop azob chekti.B)Biroz dam olish ushun boshini yostiqqa berdi.C)Ey pari,ko’rgani keldim sog’inib.D)Ichkariga kirganida sovqatganidan lablari ko’kish tus olganini ko’rdik.

11.Guruchni qopi bilan olishdi. Ushbu gapda ko’makchili munosabatiga kirishgan so’z qanday gap bo’lagi sanaladi?A)kesim B)vositali to’ldiruvchi C)ravish holi D)daraja miqdor holi

12.Qaysi gapda ish-harakatning bo’lish va yo’nalish o’rnini bildiruvchi o’rin hollari ishtirok etgan?A)Shu yerda boshlanur daryo va quyosh.B)Katta yo’lda har doim o’ng tomondan yuring.C)Poyezd bizni Toshkentda qoldirib,Moskvaga yo’l oldi.D)Sinifxonaga o’qituvchidan oldin kirishgan odatlaning.

13.Azimjon arzimagan narsa uchun janjal ko’taradi. Ushbu gapdagi holning ma’no turini aniqlang.A)sabab holiB)maqsad holiC)daraja-miqdor holiD)ravish holi

14.Holning qaysi turi -lik,-sizlik qo’shimchalarini olgan otlar,-gani qo’shimchali sifatdoshlar va sababli, ushun ko’makchi qurulmalari bilan ifodalanadi?A)ravish holi B)sabab holi C)maqsad holi D)payt holi

15.Kengaygan birikma orqali ifodalangan murakkab holli gapni aniqlang.A)Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.B)Shodmonbek zaribdan ko’zi tinib hushdan ketti.C)Urush boshlanganda u hali ko’kirakdan ajiralmagan go’dak edi.D)Barcha gaplardagi hollar kengaygan birikma bilan ifodalangan.

16.Senday yashamayman endi bir zum ham. Ushbu gapda kesim oldida kelgan bo’lak holning qanday ma’no turiga mansub?A)payt holi B)maqsad holi C)daraja-miqdor holi D)ravish holi

17.O’rin ravishi qo’llagan gap qaysi qatorda keltirilgan?A)Chet ellarni ko’rib kelgan odamsiz-u, fikirlashingiz juda jo’n.B)Ariq chetida o’tirib, momaqaymoqlarni tomosha qiladi.C)O’zingiz harakat qilmasangiz, sizga chettan birov yordam bermaydi.D)Bizning litsey chet tillarni o’qitishga ixtisoslashgan bo’lib, yaqinda ta’mirdan chiqarildi.

18.Sabab ravishi bilan ifodalangan sabab holini toping.A)Bu kishilar doim insoniyat uchun qayg’uradi.B)Yangi chiqqan oy o’roqday ingichka bo’lgani uchun yo’lni yoritalmasdi.C)Mahbuba uning taklifiga noiloj ko’ndi.D)Alisher shu sababli vahimaga tushdi.

19.Ertalab atayin siz bilan xayrlashmay ketibdi.Ushbu gapda holning qaysi turlari mavjud?A)payt va sabab holiB)payt va maqsad holiC)payt,holat D) T J Y

20.Daraja –miqdor holi qatnashmagan gapni toping?A)Kam de oz ye ko’p yashaysan.B)Guruchni qopi bilan olishdi?

C)Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi.D)Oz so’z _ soz so’z.

21.Sabab holi qatnashmagan gapni toping?A)Quvatsizligidan tez charchardi.B)Go’lligi sababli har joyda kaltak yeydi.C)Siz bilan suhbatlashgani keldim.D)Arzimagan narsa uchun janjal jo’taradi?

22.Olti oydan beri o’zgalar uchun kuyunib qayg’uraman.Ushbu gapda holning qaysi turlari qatnashgan?A)o’rin va ravish B)o’rin va payt C)ravish va miqdor D)ravish va payt

23.Hol qatnashmagan gapni toping? .A)Bu kishilar doim insoniyat uchun qayg’uradi.B)Yangi chiqqan oy o’roqday ingichka bo’lgani uchun yo’lni yoritalmasdi.C)Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo’rqdi?D)Kitob uyda turibdi.

24.Rejasiz ish_ qolipsiz g’ishtdir.Ushbu gapda holning qaysi turi qo’llangan?A)Ravish holi B)sabab holi C)maqsad D)Hol qo’llanmagan.

25.Maqsad holi ishtirok etgan gapni toping ?A)Tarixiy joylarni tomosha qilish niyatida Samarqandga bordik.B)U uyalganidan qizarib ketdi. C)Bizning mardlar ko’kka parvoz qilmoqda D)Inson tafakkurni o’rganishga hamisha ehtiyoj sezadi?

26.Qaysi gapda nomustaqil hol mavjud?A)Dangasaning non yeyishini ko’r .B)Har yerni qilma orzu har yerda bor tosh-u tarozu.C)Ishdan charchab kelgan inson darrov uxlab qoladi.D)Bir inson taqdirida o’n yil davomida ne-ne o’zgarishlar bo’lmadi?

27. Qaysi gapda nomustaqil hol faqat jarangsiz tovushlardan tashkil topgan yasama so’zga tobelangan?A)Buyruqni ishchilarga yetkazish uchun oyoq bo’lib yugurardi?B)Tutzordagi janjalkash insonlar hali zamon bu yerga ham yetib kelib qolishadi?C) Dam olish uchun rejalashtirgan kunlarimiz ham tashvishga to’la?D)Uch marta kechikish – kechirib bo’lmas holatdir?

28. Qaysi gapda nomustaqil hol mavjud?A)Qovunning og’iri tarvuzning yengili shirin bo’ladi.B)Rangi ,tami, hidi yo’q, pok va poklovchi ne’mat _ suv.C)Bir xavotirlik endi uning e’tiborini o’yinga tortdi?

D)Shukr qilib yashash baxti hammamizga nasib bo’lsin.

29.Olmosh bilan ifodalangan hol qaysi gapda bor?1.Har qancha urunmasin, baribir aytmayman.2.O’sha yerda do’stingni nega sotganding .3.O’zimcha har narsaga qiziqardim.4.Bog’dagi ishlarni bir o’zi uddalardi?



A)faqat bir B)1,2,3,4,C)1,2 D)1,3,4

30.Hol ishtirok etmagan gapni toping.A) Andijonda o’t yoqsam, tutuni O’shda ko’rinadi .B)Dalalarda boshlandi ish .C)Shu onda u kirib keldi.D)Uyni tamirlashni boshlang.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling