1-variant. Hisoblang. Javob: 50 2


Download 98.34 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi98.34 Kb.
#1624874
Bog'liq
mantiqiy


1-variant.
1. Hisoblang.
Javob: 50
2. O’quv binoning 7-qavatigacha bo’lgan zinalar soni 84 ta. Shu binoning 4-qavatigacha bo’lgan zinalar sonini toping.
Javob: siz binoning 1-qavatida bo’lasiz. 6 qavat yuqoriga chiqasiz. 84:6=14. Demak har bir qavat orasidagi zinalar 14 ta. 4-qavatga chiqish uchun 14*3=42.
3. Mashina nechanchi yo`lakda turibdi?

Javob: 607. Rasmni teskari buring 180 gradusga.
4. Maxmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Maxmudning nechta qo’yi qoldi?
Javob: 9 ta
5. Ovchi daraxtdagi 12 ta qushdan 3 tasini urib tushirsa, daraxtda nechta qush qoladi? Javob: Qolmaydi.
6. Hasan, Husan, Salim 6 km ga yugurib borishdi. Ularning har biri necha km dan yugurishgan?
Javob: 6 km.
7. Quyidagi rasmda qonuniyatni aniqlab, a+b+c+d ning qiymatini aniqlang.

Javob: a=18; b=21; d=19; c=16; a+b+c+d=74
8. O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. 42 ta panja 21 ta o’rdak degani. 21+17+1=39 ta
9. Bolalar bog’chasida 14 ta qiz va 12 ta o’g’il bola bor. Agar barcha bolalarning yarimi sayrga chiqsa, ularning kamida nechtasi qiz bola bo’ladi?
Javob: sayrga 13 ta bolalar chiqsa, eng ko’pi bilan 12 ta bola bo’ladi. Demak, eng kamida 1 ta qiz bola bo’ladi.
10. Agar bugun yakshanba kuni bo’lsa, 61 kun avval haftaning qaysi kuniga mos keladi?
Javob: Seshanba
2-variant
1. Agar g’olani 4 qismga bo’lish uchun 12 minut vaqt ketgan bo’lsa, xuddi shunday g’o’lani 8 qismga bo’lish uchun qancha vaqt ketadi?
Javob: 28 minut. Bir marta arralash uchun 4 minut vaqt ketadi.
2. Rasmdagi stolning balandligini toping.

Javob: 150 cm.


3. Toshbaqa kunduzi 20 metrlik chuqurga tushib ketdi. U har gal kunduzi 5 metrga ko’tarilib, kechasi 2 metr pastga sirg’alib tushadi. Toshbaqa necha kundan so’ng chuqurlikdan chiqib oladi?
Javob: 6 kun.
4. 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?
Javob: 7 ta.
5. Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog’ozni sanab olish uchun necha soniya vaqt ketadi? Javob: 20 sekund. 20 tasini sanagach stolda 50 ta qog’oz qoladi.
6. Merinning otasini 5 ta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho va … . Beshinchi qizning ismi nima bo’lishi mumkin? Javob: Merin
7. Bola choynak va uning qopqog’i uchun 100 so’m pul to’ladi. Chooynakning narxi qopqog’iga qaraganda 90 so’m qimmat. Qopqoqning narxi qancha? Javob: 5 so’m
8. Bir otaxonning 17 ta tuyasi bor ekan. 3 ta farzanlariga quyidagi ko’rinish bo’yicha bo’lib beribdi:
1) Katta o’g’liga yarmini
2) O’rtancha o’g’liga 3 dan 1 qismini
3) Kenja o’g’liga 9 dan 1 qismini.
Bir qozi farzandlariga tuyalarni so’ymasdan bo’lib beribdi. Har bir farzandga nechtadan tuya to’g’ri keldi?
Javob: 9 ta, 6 ta, 2 ta. Qozi o’zidan bitta tuya qo’shib turgan.

Download 98.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling