1 vatriant
1. Berilgan uch xonali son raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo‘lgan son topilsin. Masalan, 345 sonining teskari tartibi 543 bo‘ladi.
2. Quyidagi shartlar bajarilganda rost, aks holda yolg‘on qiymat qabul qiladigan ifoda C++ tilida yozilsin: butun n va m sonlari bir paytda toq yoki juft sonlar.
3. Sonlar o‘qida uchta A, B va C nuqtalar joylashgan. B va C nuqtalardan qaysi biri A nuqtaga yaqin masofada joylashgan bo`lsa, shu masofa chop etilsin.
4. 0 bilan tugaydigan sonlar ketma-ketligi berilgan (0 soni ketma-ketlikka
kirmaydi). Ketma-ketlikdagi barcha musbat sonlar yig‘indisi topilsin.
5. n, a1, a2, … , an natural sonlar berilgan. a1, a2, … , an ketma-ketlikdagi
2k-1k<(k-1)! shartni qanoatlantiruvchi ak lar soni topilsin.
2 variant
1. Berilgan uch xonali son raqamlarining yig’indisi hisoblansin. Masalan, 345 sonining raqamlar yig’indisi 12 bo‘ladi.
2. Quyidagi shartlar bajarilganda rost, aks holda yolg‘on qiymat qabul qiladigan ifoda C++ tilida yozilsin: a va b mantiqiy o‘zgaruvchilardan faqat bittasi true qiymatiga ega.
3. Berilgan uch xonali son raqamlari orasida bir xillari bor yoki yo‘qligi
aniqlansin.
4. Natural n soni va n ta sonlar juftligi berilgan - x1, y1, x2, y2, ... ,xn, yn.
Har bir sonlar juftligi tekislikdagi nuqta koordinatasi deb hisoblab,
berilgan nuqtalarni o‘z ichiga oluvchi, markazi koordinata boshida
bo‘lgan eng kichik aylananing radiusi topilsin.
5. n, a1, a2, … , an natural sonlar berilgan. a1, a2, … , an ketma-ketlikdagi 2k+1k<(k+1)! shartni qanoatlantiruvchi ak lar soni topilsin.
3 variant
Soat milining sutka boshiga nisbatan f gradus burilishiga mos keluvchi h soat, m minut va s sekund topilsin.
2. Quyidagi shartlar bajarilganda rost, aks holda yolg‘on qiymat qabul qiladigan ifoda C++ tilida yozilsin: a,b va c mantiqiy o‘zgaruvchilardan faqat bittasi true qiymatini qabul qiladi.
3. OX va OY o‘qlarida yotmaydigan nuqta koordinatalari bilan berilgan. Bu nuqta joylashgan koordinata choragi aniqlansin.
4. O‘nlik yozuvida bir xil raqamlari bo‘lmagan uch xonali sonlar o‘sish tartibida chop etilsin (butun sonlarni bo‘lish amalidan foydalanilmasin).
5. n, a1, a2, … , an natural sonlar berilgan. a1, a2, … , an ketma-ketlikdagi 2kkk lar soni topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |