1: Xalqaro birliklar tizimi tarixi 2: O’lchash nima


Download 43.14 Kb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi43.14 Kb.
#1204080
  1   2   3
Bog'liq
xalqarori birliklar


Reja
1: Xalqaro birliklar tizimi tarixi
2: O’lchash nima
3: Xalqaro birliklar tizimi
4: Xalqaro birliklar tizimining ahamiyati
5: Xulosa
6: Foydalanilgan adabiyotlar

O'lchashlarga bo'lgan ehtiyoj qadim zamonlardayoq paydo boMgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaiiklarni: masofalami, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning oMchamlarini, massalarini, vaqtni va hokazolami, bu jarayonlami yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.


“0 ‘lchash” atamasining tom ma’nosi bo‘yicha tahlil etadigan boclsak, qadimda insoniyat asosan “organoieptik o'lchashlar” - ya’ni, o‘zining his etish a'zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu xis etish organlari o‘lchash vositasi vazifasini bajargan. Garchand bu kabi o‘lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bir 0‘lchashda, aniqrog‘i baholashda muayyan bir oMchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab solishtirish olchovi modd tv bolgan. balki insonning o‘z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo‘llana borgan sari solishtirish o‘lchovlari moddiylasha borgan. Insoniyat rivojlana borib, ish qurollarini va yashash tai^zini yanada takomillashtira borgan.
Yashash va mehnat sharoitiarini yanada qulaylashtirish xarakatida boMgan. Moddiy bo‘lmagan o'lchovlar bilan ishlash noqulayligi va individualligi tufayli, uni moddiylashtirish yoMlarini axtara borgan. Shu tariqa turli o'lchash birliklari paydo bo‘lgan. Eng qadimgi 0‘lchash birliklari - antropometrik oichashlar boMgan. Antropometriya - antropologiya ilmida: odam tanasi va a’zolarini o'lchashga asoslangan tekshirish usuli bo‘lib, u insonning muayyan a'zolariga muvofiqlikka yoki mo-yillikka asoslangan holda kelib chiqqan.
Masalan: qarich - qo4 kafti yo-yilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, qadam - balog'at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa. chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshitishi mumkin bo‘Igan masofa, ladon — bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - 1.2.1
Antropometrik o^chashlarning vujudga kelishi 11 oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazolar. Bu kabi birliklami joriy etishda yirik fan yoki davlat arboblarining antropometrik oMchamlarini asos qilib olish holiari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroii Genrix I (12-asming boshi) yard o‘lchash birligini (»91,44 sm) joriy etgan. Bunda namunaviy o‘lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho‘zilgan qo‘lning o‘rtancha barmogci uchigacha bo‘lgan masofaolingan.
XIX-asr oxiri va XX-asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta'riflashga majbur bo‘linadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda ko‘p qo‘llaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda ko‘plab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim o‘rnashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bo‘lib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi.
Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga o‘tkazish koefitsientlarini qo‘yish, bir qancha matematik amallarni qo‘shimcha bajarishga majbur bo‘linardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bo‘lgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning o‘rnini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bo‘lishi shart edi.
1948 yilgi IX - o‘lchov va Tarozolar Bosh Konferensiyasiga Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqining rasmiy murojaatnomasi kelib tushdi. Unda fizik kattaliklarning yagona xalqaro standartlashtirilgan tizimini qabul qilsih masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan edi. Shuni ta'kidlash joziki, xalqaro miqiyosdagi metrologik unifikatsiyaning qabul qilinishiga bo‘lgan talabning bunday qat'iy ravishda ilgari surilishi avval kuzatilmagan edi. Bu boradagi barcha murojaatlar aksariyat hollarda mavhum xarakterga ega bo‘lib, odatda jiddiy ko‘rib chiqilmagan, chunki, bir sohaga oid birlikni boshqa sohaga tadbiq etish yoki ko‘plab mustaqil birliklar tizimini yagona tizimga birlashtirish g‘oyasini amalda uddalash favqulodda murakkab ish deb sanalgan.
Lekin fizik kattaliklarning yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish zaruriyatini zamonning o‘zi taqozo qilayotgan edi. XX asrning o‘rtaliriga kelib yuz bergan jahon fan - texnika inqilobi, xalqaro savdo hajmining ortishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi turli birliklar tizimlari orasidagi nisbatlarda kelib chiqishi ehtimolligi yuqori bo‘lgan chalkashliklarni imkon qadar bartaraf etish zaruriyatini paydo qildi.

Tarkibi o‘lchov va Tarozolar Xalqaro Idorasi direktori va O‘TXKning 7 a'zosidan iborat bo‘lgan, akademik Burdun raisligidagi maxsus hay'at tuzildi. hay'at 1954-1964 yillar davomida, ya'ni 10 yil faoliyat olib bordi va u quyidagi ishlarni amalga oshirdi:



  • 1956 yilgacha yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi;

  • 1958 yilda karrali va ulushli birliklarning hosil qilish qoidalarini aniqladi;

  • 1960 yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi O‘TXQ tomonidan ma'qullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot ma'ruza XI ? o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi;

  • 1964 yildagi XII O‘TXKga birliklar bo‘yicha: Litrni 1 kub detsimetrga (aniq) tenglashtirish va harorat intervallari haqidagi qator takliflarni kiritdi.

1960 yilda O‘TXKning navbatdagi, XI bosh konferensiaysi bo‘lib o‘tdi va u xalqaro hay'at tavsiya etgan yagona birliklar tizimining


Xalqaro Birliklar Tizimi, qisqacha qilib esa SI nomi ostidagi loyihasini tasdiqladi. Bu tasdiqqa ko‘ra SI tizimi 6 ta asosiy (uzunlik, massa, vaqt, harorat, tok kuchi, yorug‘lik kuchi) va ikkita qo‘shimcha (yassi burchak va fazoviy burchak) kattalikni va ularga muofiq ravishda oltita asosiy (metr, kilogramm, soniya, Kelvin, Amper, Kandela) va ikkita qo‘shimcha (radian va steradian) birliklarni qabul qildi.
1964 yilda esa O‘TXQ xalqaro hay'atni o‘rnini bosuvchi yangi ichki struktura - Konsultativ qo‘mitalarni ta'sis etdi. Konsulatativ qo‘mitalar o‘zining 1967, 1969, 1971 va 1974 yillardagi bo‘lib o‘tgan tizimli yig‘ilishlarida Xalqaro Birliklar Tizimiga tegishli qator masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi va O‘TXKning XIII, XIV va XV konferensiyalariga tasdiqlash uchun kiritdi.
Butun dunyoda ilm-fan, texnika va ta'lim yo'nalishlarida, mahsulot va hizmatlarning parametrlarini ifodalash uchun qabul qilinga Xalqaro Birliklar Tizimi - SI (System Internationale) o'z ichiga quyidagi jadvalda keltirilgan 7 asosiy birlikni qamrab oladi. SI bo'yicha qabul qilingan amaldagi boshqa barcha birliklardan keltirib chiqariladigan ushbu 7 birliklarning hosilaviy birliklardir. Jadvalda birliklarning ifodaviy belgilanishi, xalqaro qabul qilingan ta'rifi, va qabul qilingan sanasi keltirilgan.






Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling