Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktab-internati jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Asqarov Yoqubxon


Download 1.34 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#198804
Bog'liq
futbol. to'pni to'xtatish. To'pni uzoqqa tepish

Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktab-internati jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Asqarov Yoqubxon


Mavzu: Futbol. To’pni to’xtatish. To’pni o’yinga kiritish

Futbolning asosiy o‘yin usuli to‘p tepish hisoblanadi. To‘pni tepib darvozaga kiritiladi yoki sherikka oshiriladi. Futbolchilar to‘pni oyoq bilan ham, bosh bilan ham o‘ynaydilar. Dastlab joyida turgan to‘pni tepishga o‘rganiladi, so‘ngra yugurib kelib va joyda turib harakatdagi to‘pni tepish kabilar mashq qilinadi.

Oyoqning o‘rta yuzasi bilan to‘p tepish. Futbolda bu zarb asosiy bo‘lgan va shunday bo‘lib kelyapti. Bu zarbda to‘p tez va uzoqqa uchadi. U yugurib kelib bajariladi. Tepuvchining oyog‘i orqaga cho‘ziladi. Zarb chog‘ida tepayotgan oyoq yerga tegib qolmasligi uchun tayanch oyoq uchiga ko‘tariladi. Bunday zarbdan to‘pni o‘rta va uzoq masofalarga uzatishda, darvozaga to‘p tepishda, jarima zarblarini bajarishda foydalaniladi. Oyoq kaftining tashqi tomoni bilan tepish. Bunday zarb to‘pni darvozaga tepishda, burchak va jarima zarblarini bajarishda qo‘llaniladi. U ro‘paradan yoki birmuncha yon tomondan yugurib kelib bajariladi. Oyoqni siltashda uning yuqori qismi buralgandek bo‘ladi.

To‘pni to‘xtatish. To‘pni dumalayotganda yoki uchib kelayotganda to‘xtatish uning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun zarur. Muhimi, to‘pni to‘xtatishda u oyoqdan sakrab ketmasin.


Oyoq yuzining ichki tomoni bilan to‘pni to‘xtatish. Bu usul dumalab yoki uchib kelayotgan to‘pga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda gavda og‘irligi tayanch oyoqda bo‘ladi. To‘xtatadigan oyoq oldinga cho‘ziladi, so‘ngra u tayanch oyoq qadar orqaga tortiladi. To‘p tezligi susayadi va to‘xtaydi. Dumalayotgan to‘pni oyoq osti bilan to‘xtatish. Qabul qilayotgan oyoq tizzadan bukilib to‘pni qabul qilib oladi. Oyoq kafti, tovon 5—10 sm ga ko‘tariladi. To‘pni qabul qilishda oyoq biroz orqaga tortiladi. Oushayotgan to‘pni oyoq yuzining ichki va tashqi tomoni bilan ham to‘xtatish mumkin.

To‘pni oyoq kaftining o‘rta qismi bilan to‘xtatish ham harakatni aniq bajarishni talab qiladi. Kaft o‘rtasi bilan yuqoridan tushayotgan to‘p to‘xtatiladi, oyoqning orqaga biroz siltanish harakati bilan to‘pning tezligi kamaytiriladi

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling