Mavzu: Yassi oyoqlar Reja


Download 496.21 Kb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi496.21 Kb.
#1540301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yassi oyoqlikkkk

Mavzu: Yassi oyoqlar


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Yassi oyoqlik haqida tushuncha

  2. Yassi oyoq turlari va Davolash usullari

  3. Yassi oyoq kasalligi sabablari

  1. Xulosa





Kirish


YASSI OYOQ — oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis bo’lib qolishi. Oyoq bo’yiga yoki eniga yassi bo’lishi mumkin, goho har ikkisi birga uchraydi.


Sog`lom oyoq tana harakatlanishida asosiy tayanch markazi bo`lib u tanani zarb va silkinishlardan saqlab, yurishga yengillik va mayinlik bag`ishlaydi. Yassioyoqlik esa aksincha tovonning o`ziga xos amortizasiya vazifasini buzadi va tayanch faoliyatini susaytiradi. Yassi oyoqlik tayanch-harakat a`zolarida eng ko`p uchraydigan kasalliklardan biri bo`lib, unda oyoqning tagi uzunasiga erga tegib turadi. Yurish vaqtida hamma kuch, silkinish boladi, chanoq-son bo`g`imiga, bel umurtqa pog`onasiga tushadi va buning oqibatida bo`g`im kasalliklari —artrozlar, umurtqalar pog`onasi qiyshayishi – skolioz kasalligini kelib chiqadi. Yassi oyoqlik kasalligi qancha tez aniqlansa va uning davolanishi qancha barvaqt boshlansa, yuqorida aytilgan kasalliklarning oldini olish mumkin bo`ladi. Odatda yassi oyoqlik bolalikdan rivojlanadi. Bundan tashqari semizlik, raxit kasalligi asorati va noto`g`ri tanlangan oyoq kiyimlar ham bu kasallikka sabab bo`lishi mumkin. Bolalarga siqib turadigan oyoq kiyim kiydirish ham keyinchalik bu kasallikka olib keladi. Bunda tovon oson deformasiyalanadi, tayanch muskullari zo`riqib, kasallik rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bu kasallik nasl surishi ham mumkin.
Oyoq eniga yassi bo’lsa, uning tagi eniga yalpayadi, og’irlik esa oyoqning 1 va 5 barmoqlariga tushmay, barmoq tagiga, kaft suyaklarining boshchasiga tushadi. Oyoq bo’yiga qarab yassi bo’lsa, uning tagi yerga bir tekis tegib turadi. Oyoq yassiligi tug’ma (juda kam) yoki hayotda orttirilgan bo’ladi. Hayotda orttirilgani ko’proq uchraydi. Asosan oyoq panjasi muskulboylami apparatining zaiflashishi (masalan, raxit yoki haddan tashqari zo’r kelishi oqibatida), poyabzalning noqulay bo’lishi, maymoqlik, oyoq shikastlanishi yoki falajlanishi (ko’pincha poliomielitda) sabab bo’ladi. Ba’zan kasallik ish kunining ko’p qismini oyoqda tik turib o’tkazadigan kishilar (sartaroshlar, sotuvchilar va boshqalar)da paydo bo’ladi. Kasallikning dastlabki belgisi: oyoq tez toliqadi, tagi og’riydi, boldir, son sohasida ham og’riq seziladi; keyinchalik og’riq tizza bo’g’imlari va belga ham tarqaladi. Kechqurunga borib oyoq shishadi, kechasi shish qaytadi. Oyoq juda yassi bo’lsa, oyoq panjasi uzun, o’rta qismi esa serbar tortadi. Yassi oyoq kishilar oyog’ini kerib, tizza va chanoqson bo’g’imini sal bukib, qo’llarni silkib yurishadi, ularda ko’proq poyabzalning poshnasi va tagcharmi (ichki yuzasi) yeyiladi. Yassi oyoqning oldini olishda poyabzalning oddiy va qulay bo’lishi (siqmasligi, poshnasi juda baland bo’lmasligi) nihoyatda muhim. Bolalarda uchraydigan Yassi oyoqning oldini olish uchun ularning qadqomatiga e’tibor berish, boshi va tanasini to’g’ri tutishga o’rgatish lozim. Oyoqning muskul va boylamlarini mustahkamlashda badan tarbiya va sport bilan shug’ullanish, shuningdek, yozning issiq kunlari tuproqda oyoq yalang yurishning foydasi bor. Oyog’i yassi kishilarni ortoped vrach davolaydi. Davoni iloji boricha erta boshlagan ma’qul.



Download 496.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling