Mavzu: Yassi oyoqlar Reja


YASSI OYOQLIKNI DAVOLASH UCHUN MASHQLAR


Download 496.21 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi496.21 Kb.
#1540301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yassi oyoqlikkkk

YASSI OYOQLIKNI DAVOLASH UCHUN MASHQLAR


Notekis sirtlarda yurish. Mashqlar 8-12 martadan, yalang oyoq bilan bajariladi.

  • Barmoqlarni egib, oyoq panjasining tashqi chetiga tayanib yalang oyoq qumda yurish (qum uchun 0.5 x 1 metr o’lchamli quti o’rnatish mumkin) yoki porolondan tayyorlangan gilamchada (yoki katta kiprikli) yurish;

  • Oyoq kaftining tashqi chetiga tayanib tekis sirt ustida yurish;

  • Qalin kunda bo’ylab yonchasiga yurish.

Gimnastika. Gimnastika yassi oyoq bo’lgan bemor uchun odatiy va kundalik faoliyatga aylanishi kerak. Uni kuniga bir marta emas, balki 2-3 marta
bajarishyaxshiroqdir.





Homilador ayollarga quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

  • Oyoqlaringizni imkon qadar tez-tez ko’taring;

  • Agar siz uzoq vaqt o’tirgan holatda qolishingiz kerak bo’lsa, oyoqlaringiz ostiga kichikroq stulcha qo’ying;

  • Qon oqimini cheklab qo’ymaslik uchun tikuvsiz paypoq kiying, agar siz uzoq vaqt davomida mashina boshqarsangiz, oyoqlarini yozish uchun muntazam ravishda tanaffus qiling;

  • Umumiy ahvolni yaxshilash uchun muntazam ravishda mashqlar qiling; eng yaxshi mashq—yurishdir.


Homilador ayollar uchun mashqlar
Massaj. Massaj qadim zamonlardan beri ma’lum bo’lgan muolajadir. U mushaklarning charchog’ini bartaraf qiladi, modda almashinuvi va qon aylanishini yaxshilaydi. Tabiblar bemorni massaj qilayotib, «qonni tarqatish» kerak deya bejiz aytishmagan. Asosiy tavsiyalarni to’g’ri bajarib, mustaqil massaj usullarini o’rganish qiyin emas.
Massajni terapevtik gimnastikadan, mushaklarni to’liq bo’shashganindan so’ng amalga oshirish mumkin.
O’z-o’zini massaj qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

  • Boldirni uqalash, kaft bilan ishqalash, barmoq uchlari bilan urib chiqish kerak. Oyoqni oshiq-boldir bo’g’imidan tizza bo’g’imigacha, asosan boldirning ichki yuzasini massaj qiling;

  • Oyoq panjasini bukilgan barmoqlarni orqa yuzasi bilan uqalash va ishqalash kerak; Oyoqning kaft yuzasi barmoqlardan to tovonga qadar massaj qilinadi;

  • Massaj uchun maxsus rezina gilamchalar va massaj bolishchalarini ishlatish foydalidir.

Kechki mashg’ulotdan so’ng, yotishdan oldin oyoqlarni vanna qilishh am foydali.
Ikkita tog’oracha oling: issiq (oyoq chiday olguncha) va sovuq suv bilan. Avval oyoqlarni issiq suvda qizdirib oling, so’ngra ularni sovuq suvga soling. Shu tarzda navbat bilan 2-3 marta bajaring. Teri qizaradi, oyoqlaringizda yoqimli yengillik paydo bo’ladi. Suvga biroz dengiz tuzi yoki iste’mol sodasi, o’t damlamalari — dorivor moychechak, mavrak, eman daraxti po’stlog’i, yalpiz qo’shish mumkin.
Agar bolada yassioyoqlik bo‘lsa, avvalo, tezroq ortoped shifokorga murojaat qilish zarur. Yassioyoqlik qancha vaqtli aniqlansa, shuncha yaxshi. Yassioyoqlik – oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis bo‘lib qolishidir. Oyoq bo‘yiga yoki eniga yassi bo‘lishi mumkin, goho har ikki belgi birga uchraydi. Oyoq eniga yassi bo‘lsa, uning tagi eniga yalpayadi, og‘irlik esa oyoqning 1 va 5-barmoqlariga tushmay, barmoq tagiga, kaft suyaklarining boshchasiga tushadi. Oyoq bo‘yiga qarab yassi bo‘lsa, uning tagi yerga bir tekis tegib turadi.

Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy sahifasida tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedova bilan shu mavzuda o’tkazilgan suhbat e’lon qilindi.


Bolalarda uchraydigan yassioyoqlikning oldini olish uchun ularning qaddi-qomatiga e’tibor berish, boshi va tanasini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish lozim. Oyoqning muskul va boylamlarini mustahkamlashda badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, shuningdek, yozning issiq kunlari tuproqda yalangoyoq yurishning foydasi bor.


Bolalarda yassioyoqlik jiddiy muammo hisoblanadi. Kichkintoylarda ushbu holatning tug‘ma ko‘rinishini besh yoshgacha aniqlash qiyinchilik tug‘dirganligi sababli shifokorlar profilaktika maqsadida bolalarning oyoq kiyimiga ortopedik moslamalarni solishni tavsiya etishadi. Bunday moslamalar bolaning o‘sayotgan oyog‘ini to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi va yassi oyoqlik vujudga kelishining oldini oladi.






Download 496.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling