Mavzu: Yassi oyoqlar Reja


Download 496.21 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi496.21 Kb.
#1540301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yassi oyoqlikkkk


Travmatik yassi oyoqlik — to’piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi. Paralitik yassi oyoqlik — oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida).


Raxitik yassi oyoqlik raxit natijasida oyoqning zaiflashgan suyaklarida tananing yuki tushishi oqibatida rivojlanadi.
Statik yassi oyoqlik (eng ko’p uchraydigan shakli, 82,1%) oyoq mushaklari, boylam apparati va suyaklarning zaifligi bilan bog’liq. Statik yassi oyoqlik rivojlanishining sabablari turlicha bo’lishi mumkin:

  • Tana vaznining oshishi;

  • Tik turgan holatda ishlash;

  • Fiziologik qarish tufayli mushaklar kuchining pasayishi;

  • O’tirib ishlaydigan kishilarda mashg’ulotlarning yetishmasligi va hokazo.

Oyoq panjasi deformatsiyalanishiga hissa qo’shadigan ichki sabablarga irsiy moyillik ham kiradi, tashqi sabablarga — kasb bilan bog’liq oyoqlarni ortiqcha zo’riqishi (oyoq panjasi normal bo’lgan ayol rasta oldida yoki to’qimachilik sexida 7-8 soatlab tik turganida, oxir-oqibat ushbu kasallikka duchor bo’lishi mumkin), uy xo’jaligini yuritish, noratsional poyabzal kiyish (tor, noqulay).

«Shpilkalar»da yurish paytida yukning qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi: u tovondan ko’ndalang yoy sohasiga siljiydi, yoy uni ko’tara olmay, deformatsiyalanadi, natijada ko’ndalang yassi oyoqlik rivojlanadi.

«Yassi oyoq» tashxisini qo’yish oyoqlarga yuk tushgan holda (tik turgan holatda) 2 proektsiyadagi rentgenografiya asosida amalga oshiriladi. Yassi oyoqlikning birlamchi tashxisi ortoped tomonidan jismoniy tekshiruv asosida qo’yilishi mumkin. Oyoq panjasi va oshiq-boldir bo’g’imining anatomik orientirlari to’g’ri joylashganligi, harakatlar hajmi va panja og’ishi burchagi, yoy va mushaklarning yuk tushishiga reaktsiyasi, yurishning o’ziga xos xususiyatlari, poyabzalning yemirilishi xususiyatlari o’rganiladi. Ko’ndalang yassi oyoqlikning og’irlik darajasini aniqlash uchun olingan rentgenogrammalar tahlili o’tkaziladi. To’g’ri proektsiyali rentgen tasvirlari bo’yicha ko’ndalang yassi oyoqlik darajasini aniqlash uchun I-II kaft suyaklarining bo’ylama o’qlariga va birinchi barmoqning bosh falangasiga mos keladigan uchta to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Chiziqlar tahlili asosida quyidagilar tasniflanadi:


Download 496.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling