Mavzu: Yassi oyoqlar Reja


Download 496.21 Kb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi496.21 Kb.
#1540301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yassi oyoqlikkkk

Bolalarda yassi oyoqlik
Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak. Yurilganda panja yuzasi odatda uch soxa bilan tanani ko‘taradi: bular orqa tomondan tovon suyagi bo‘rtig‘i, oldingi yon tomonlarda esa birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshi hisoblanadi. Bu uch soha o‘zaro yoylar majmuasi bilan birlashib, panja gumbazini tashkil qiladi. Ichki yoy tovon bo‘rtig‘i bilan birinchi kaft suyagining boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi qayiqsimon suyakka to‘g‘ri keladi. U elastik va tashqi yoydan 3–4 barobar bo‘rtiqroqligi bilan ifodalanadi. Panjaga tiralganda ichki yoy pasayadi, buning hisobiga panja uzayadi, oyoq yerdan uzilganda yoy va unga bog‘liq xolda panja uzunligi ham o‘z holiga qaytadi. Tashqi yoy tovon suyagi bo‘rtig‘i bilan V kaft suyagi boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi kubsimon suyak sohasiga to‘g‘ri keladi. Nihoyat, oldingi yoy panja uzunligiga ko‘ndalang ravishda birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshlari orasida joylashgan. Shunday qilib, panja gumbazi deganda, asosan uch yoy majmuasidan iborat bo‘rtiq ikki yuza tushuniladi. Panja gumbazi may da suyaklar, bog‘lam-pay, fastsiya va mushaklar hisobiga katta-katta yuklami bemalol ko‘tarishni, ohista tekis yurishni ta’minlaydi. Kelib chiqishiga qarab yassi panjalikni tug‘ma va orttirilgan turlari ajratiladi. Ayrim bolalarda panja gumbazi yassi bo‘lsada, balog‘atga yetguncha, tana og‘irligi oshgunga qadar hech qanday klinik belgilar kuzatilmaydi. Boshqa bolalarda panja gumbazi qoniqarli rivojlangan, lekin patologik abduksiya mavjud bo‘ladi. Bu ikkala xolda o‘zgarish mushaklar va panja bog‘lam apparatining kuchsizligidan darak beradi. Tug‘ma yassi panjalik nisbatan kam uchraydi. Sabablari homilaning noto‘g‘ri rivojlanishi, amniotik tizimchalar, kichik boldir suyagining yaxshi shakllanmaganligi yoki umuman yo‘qligi bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yassi panjalik ko‘pincha valgus deformatsiya bilan birgalikda uchraydi. Orttirilgan yassi panjalikni raxitik, paralitik, travmatik va statik turlari kuzatiladi. Raxitik yassi panjalik maktabgacha yoshda raxit xastaligi bo‘lgan bolalarda uchraydi. Suyaklarning yumshoqligi va og‘irlikka qarshiligi pasayganligi, umuman mushak-bog‘lam apparatining sustligi yassi panjalikka olib keladi. Panja tana og‘irligi tufayli pronatsiya holatiga o‘tib, oldingi qismi o‘rta chiziqdan qochadi va panja gumbazi pasayadi. Bu turdagi yassi panjalikning oldini olish va davolash raxit kasalligini bartaraf etish hamda davo tadbirlariga uzviy bog‘liqdir. Paralitik yassi panjalik bolalarda asosan poliomielit kasalligi asorati sifatida yuzaga keladi. Uning darajasi falajlik darajasi va mushaklarning nechog‘li zararlanganligiga bog‘liq, yassi valgus panjalik katta yoki kichik boldir muskullarining ikkalasini yoki birinchisini zararlab, qolgan mushaklar faoliyati qoniqarli saqlanib qolishidan kelib chiqadi. Travmatik yassi panjalik esa ko‘pincha to‘piqlar sinishidan, kamroq panja suyaklari butunligi buzilimagan katta va kichik boldir suyaklari orasidagi bog‘lamning uzilishidan ham hosil bolishi mumkin. Boldir, panja sohalarida shikastlanishni to‘g‘ri aniqlash va gips bog‘lamini yaxshilab qo‘yish yassi panjalikning oldini olishdir. Bolalarda statik yassi panjalik uning eng ko‘p tarqalgan shakliga kiradi. Uning asosiy kelib chiqish sababi mushaklar tonusining pasayishidir. Masalan, panjani tashqariga buradigan mushaklar kuchi kamayishi natijasida panjaning ichki qirrasi pastga tushib, tashqi qirrasi ko‘tarilishga moyil bo‘ladi, bora-bora bu holat turg‘unlashadi, natijada yassi panjalik rivojlanadi. Yassi panjalikning dastlabki belgilari oyoqlarning kun oxiriga borib charchashi va boldir orqa yuzasi sohasida mahalliylashmagan og‘riqni sezish hisoblanadi. Keyinchalik turganda va yurganda og‘riq kuchayadi. Maktab yoshidagi bolalarda umumiy charchoqlik, xolsizlik, bosh og‘rig‘i va o‘zlashti- rishning pasayishi kuzatiladi. og‘riq endi panja osti sohasida, gumbazida, oshiq qayiqsimon bo‘g‘im atrofida va boldir mushaklarida mahalliylashadi. Ayrimlarda ishias manzarasini berishi, ya’ni og‘riq to‘piq sohasidan songa uzatilishi mumkin. Ob’ektiv ko‘rilganda panjaning uzaygani, o‘rta qismi nisbatan kengligi, panja bo‘ylama gumbazi yassilangani, panjaning ichkariga buralib tovon tashqariga surilgani ko‘zga tashlanadi. Oyoq kiyimining ichki tomonlari «yoyilib» ketganini ko‘rish mumkin. Tashxislashda oyoq panjasi bosib yuriladigan yuzasi aksini qog‘ozga tushirish (plantografiya) va panja ko‘rsatkichlarini Fridland usulida o‘lchash (podometriya) ham foydalaniladi (rasm).






Bolalarda tekis oyoqlarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik yoki ularni davolashni qo'llab-quvvatlash uchun oyoqning to'g'ri rivojlanishini ta'minlash uchun maxsus mashqlar qo'llaniladi. Ko'pincha ular kichik mushaklarning ishini va uning kamarlarini shakllantirishni rag'batlantirish uchun oyoqdagi turli xil yurish va harakatlarni o'z ichiga oladi.
Podoskopda oyoq panjasini teksirish
Panjaning rentgen tasviri esa suyaklarning bir-biriga munosabati qay darajada o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Yassi panjalikni davolash turli vannalar (tuzli, sodali, dengiz tuzi bilan) qilish, uqalash, davolovchi gimnastika, elektr toki (elektroforez) bilan mushaklarni ta’sirlab ular tonusini oshirish, yalangoyoq yurishdan iborat. Bolalarga tabiiy panja gumbazini shakllantirishda yordam beruvchi moslamalar (supinator patak) buyurish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullantirish, suzish, panjaga mos poyafzal kiydirish zarur. Ayrim bemorlarga bosqichma-bosqich gips bog‘lami qo‘yiladi, kamdan-kam hollarda esa yassi panjalik operatsiya usulida bartaraf etiladi.
Massaj yordamida tekis oyoqlarni qanday tuzatish kerak? Albatta, buni professionallar qilish yaxshi. Ammo zamonaviy massajchilarning xizmatlari ancha qimmat. Terapevtik massaj ko'nikmalarini o'rganish va buni o'zingiz qilish juda mumkin.

Massajning turli xil usullari jarayonida - silash, ishqalash, patlash va hk. - qon aylanishi yaxshilanadi va bu tezroq tiklanishni ta'minlaydi. Agar uydagi massaj haqida gapiradigan bo'lsak, unda massaj paspaslari va maxsus mo'ljallangan massajchilar bu rolni engishadi.


Yassioyoqlikni aniqlash uchun bolani yalangoyoq yurgizish kerak. U turli yo‘nalishlarda yurib ko‘rishi lozim. Ota-onalar esa oyoqchalarning ichki qismiga e’tibor berib kuzatishlari muhim. Ular yerga deyarli tegmasligi kerak. Kamdan-kam holatlarda yassi oyoqlik tug‘ma bo‘ladi. Odatda bola yura boshlasa nuqson ko‘zga tashlanadi.


Yassi oyoqlikni kompyuter podometriya (oyoq izlari surati) yordamida aniqlash mumkin. Odatda sog‘lom oyoq ost qismining ichki tomoni, umumiy ost qismning 3/2 qismini tashkil etishi kerak. Yassioyoqlikda esa ushbu ichki tomon yo‘q bo‘ladi, bo‘lsa ham juda kam qismni tashkil qiladi.


Bolalarda yassioyoqlikning oldini olishni bola tug‘ilgan ilk kunlaridan boshlash lozim. Bunda bola oyoqlarining mushaklarini mustahkamlash zarur. Buning uchun uqalash, davolovchi gimnastika, maxsus muolajalardan foydalaniladi. Boldir va tovon mushaklarini uqalashni ota-onalarning o‘zlari bajarishi mumkin. Bunda boldir mushaklarini barmoqlar bilan uqalash yetarli. Bolaning tovon mushaklarini uqalash uchun barmoq bilan bolaning tovonidan to oyoq barmoqlarigacha yurgizib chiqish kerak. Bunday uqalashlarni kuniga 2 marotaba (ertalab va kechqurun) 10 daqiqadan bajarish zarur.


Bolalarda yassioyoqlikni mashqlar yordamida davolash mumkin. Ushbu mashqlarni bola onaning kuzatuvi ostida bajarishi lozim. Kerakli mashqlarni ortoped-shifokor belgilaydi va mashqlarni bajarishda dastlab shifokor yordam beradi.


Aksar ota-onalar bola ilk qadamlarini poyabzal bosgani ma`qul deb hisoblaydi. Go`dakning oyoqlarida muammo bo`lmagandagina yalang oyoq yurish muskullarni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Biroq tashqi (muzdek pol, issiq asfalt, o`tkir qirrali toshlar va b.) hamda ichki (organizm, salomatlik bilan bog`liq muammolar) omillar yalang oyoq yurish imkoniyatini bermasa, to`g`ri poyabzaldan foydalangan ma`qul. Ular oyoq kaftini sog`lom rivojlantirishga yordam beradi.

Bolaning oyoq kafti 5-6 yoshiga qadar rivojlanadi. Aynan mana shu davr ichida sog`lom oyoqlarni «tarbiyalash» imkoniyati katta bo`ladi. Chunki vaqt o`tgani sari suyaklar mustahkamlanib, jiddiy davolash usullarini talab etadi. Yassi oyoqlilik tug`ma, raxitning asorati, falajlik, bolaning o`z tana og`irligini ko`tara olmasligi, erta yurish, jarohat oqibati bo`lishi mumkin. Tug`ma yassi oyoqlilik kam uchraydigan holat.


3-4 yoshgacha bo`lgan bolalarda yassi oyoqlilik fiziologik holat sanaladi. Bolaning yoshi kattalashgach, o`tib ketishi mumkin. Oyoq mushaklarini mustahkamlash va yassi oyoqlilikning oldini olish uchun ko`proq tuproq, qumda yalang oyoq yurish lozim. Bolalarga ortopedik poyabzalni faqat ortoped shifokorning tavsiyasi bilan maxsus tekshirish usullari, masalan, kompyuter-plantografiyasidan so`ng buyuriladi. Ortopedik poyabzalni sog`lom bolalarga shifokor tavsiyasisiz kiydirmagan ma`qul. Chunki u bolaning oyog`ini og`ritishi, kichkintoyga og`irlik qilish ehtimoli bor.



Download 496.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling