1: xotiraning turlari 2: xotiralar xususiyatlari 1: xotiraning turlari


Download 0.9 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1506485
  1   2   3   4
Bog'liq
xotira


6-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Xotira turlari va xususiyatlari
REJA:
1: XOTIRANING TURLARI
2: XOTIRALAR XUSUSIYATLARI
1: XOTIRANING TURLARI
Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p:
tezkor
doimiy
tashqi
kesh
video
va boshqa xotira turlari mavjud.
Tezkor xotira haqida ma`lumot
Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana saqlaydi. Shuni alohida takidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Tezkor xotira juda tez yozishi va o`qishi bilan farq qiladi. Uning «tezkor» nomini olishining sababi, u juda tez ishlaydi va protsessor berilganlarni xotiradan o`qishida yoki yozishida kutishiga hojat yo`q.
Kompyuterda tezkor xotira standart panellarda joylashgan, ular modullar deb ataladi. Tezkor xotira modullari sistema platasida mos hajimlarda qo`yiladi. Xotira modullari ikki xil bo`ladi: bir qatorli (SIMM modullar) va ikki qatorli (DIMM modullar). Pentium protsessorli kompyuterlarda bir qatorli modullarni juft ishlatish kerak (sistema platasiga o`rnatishda hamma vaqt juft sonda bo`ladi). DIMM modullarni bittadan o`rnatish mumkin. Bitta platada har xil modullarni o`rnatish mumkin emas.
Tezkor xotira modullarining asosiy xarakteristikasi
xotira hajmi;
murojaat vaqti.
xotira hajmi
SIMM modullari 4, 8, 16, 32, 64 Mbayt hajimga ega;
DIMM modullariniki esa 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mbayt
murojaat vaqti
Murojaat vaqti xotira yacheykalariga murojjat qilishda qancha kerak bo`ladigan vaqtni ko`rsatib, vaqt qancha kam bo`lsa shuncha yaxshidir. Bunda vaqt nanosekunda o`lchanadi.
SIMM modullarida – 50 – 70 ns,
DIMM modullarida esa – 7 – 10 ns.
manitor
Ona plata
Protsessor
Port ATA
Tezkor xotira 
Kengaytiruvchi kartalar
Quvvat bloki
. Diskovod 
Qattiq disk
Klaviatura 
sichqoncha

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling