1. Yerga tik tushayotgan jismning tezlanishi 0,8g ga teng boʻlsa, jismga taʼsir etayotgan qarshilik kuchining
Download 28.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Innova 29-35 mavzular 1-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAMMAGA OMAD!!! Tuzuvchi: To’rayev Sanjar X-Study Qorako’l o’quv markazi Fizika o’qituvchisi
1-guruh. 1.Yerga tik tushayotgan jismning tezlanishi 0,8g ga teng boʻlsa, jismga taʼsir etayotgan qarshilik kuchining ogʻirlik kuchiga nisbati qanday boʻladi? A)0,2. B) 0,4. C) 0,8. D) 1. 2. 𝑚, 2𝑚, 3𝑚 va 3𝑚 massali jismlarning umumiy og‘irlik markazi qaysi nuqtada joylashgan? A)V. B) IV. C) III. D) I. 3. Rasmda massasi 12 kg bo’lgan bir jinsli sterjen O tayanch ustida muvozanatda turibdi. Ipdagi taranglik kuchini (N) aniqlang. g=10 m/s 2 A) 60 B) 45 C) 50 D) 30 4. Koordinata o’qlariga ikki jism joylashtirilgan: x=2 m nuqtaga 4 kg, y=2,5 nuqtaga 4 kg. Sistema og’irlik markazining (x 0 ;y 0 ) koordinatalari (m) topilsin. A) (1;5/4) B) (-4/15; 1/15) C) (-4; 1,2) D) (-1/2; 5/4) 5. 2 kg massali bir xil ikkita sharcha bir-biriga qarama- qarshi harakatlanadi. Bir sharchaning tezligi 3 m/s, ikkinchisiniki 7 m/s. Ikkala sharchaning natijaviy impulsining qiymatini toping. A) 8 B) 10 C) 12 D) 16 6.Chizmadan foydalanib bir jinsli richagning og’irligini (N) toping. P = 40 N A) 30 B) 40 C) 50 D) 60 7. Massasi 5 kg bo‟lgan bolg‟a 10 m/s tezlik bilan sandonga urilmoqda. Urilish 0,05 s davom etgan bo‟lsa, uning kuchini (N) toping. A) 200 B) 100 C) 1000 D) 500 8. Qiya tekislikning uzunligi 200 sm, balandligi esa 20 sm.Ishqalanish bo’lmaganda, jism qiya tekislikda qanday tezlanish bilan sirpanadi (m/s 2 )? A) 0,001 B) 0,1 C) 10 D) 1 9. Uzunligi 10 m, balandligi 6 m bo‘lgan qiya tekislikda massasi 4 kg bo‘lgan jismni ushlab turish uchun qanday kuch (N) qo‘yilishi kerak? Jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 ga teng. A)12. B) 8. C) 5. D) 10. 10.Gorizontal yoʻlda 15 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan mototsiklning dvigateli oʻchirildi. Agar qarshilik koeffitsiyenti 0,05 ga teng boʻlsa, mototsikl qanday masofa oʻtib toʻxtaydi? A) 400 m B) 200 m C) 225 m D) 150 m 11. Chizmadagi ipning taranglik kuchini toping. A) mg/2 B) 2mg/3 C) mg/3 D) 4mg/3 12. Massasi m=10 kg bo‘lgan yuk AC va BC iplarga rasmdagidek osilgan. AC ipning taranglik kuchini toping (N). A)50. B) 200. C) 10. D) 20. 13. Jism harakati 𝑥=20+8𝑡+3𝑡 2 tenglama bilan ifodalanadi. Agar jismning massasi 4 kg bo‘lsa, 0–2 s vaqt oralig‘ida uning impulsi necha kg∙m/s ga o‘zgaradi? A)20. B) 32. C) 48. D) 80. E) 96. 14. Bir jinsli M=12 kg massali sterjen rasmda ko’rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. m massani (kg) aniqlang. Blokning massasini e’tiborga olmang. A) 10 B) 8 C) 6 D) 4 15. Tezligi 10 m/s bo’lgan bo’sh vagon tinch turgan yukli vagonga kelib urilib, ulanib qoldi. To’qnashuvdan keying tezlik 2 m/s bo’lsa, yukli vagin massasi bo’sh vagon massasidan necha marta ortiq? A) 5 B) 4 C) 2 D) 3 16. Sol 200 N kuch bilan tortildi. Bunda bajarilgan ish 1000 J ga teng. Agar kuch yo’nalishi va ko’chish yo’nalishi orasidagi burchak 60 0 ni tashkil etsa, sol qanday masofaga (m) ko’chgan? A) 5 B) 7,5 C) 10 D) 12,5 17. 2 kg massali jismni 3 m/s 2 tezlanish bilan 1 m balandlikka ko’tarishda kishi qanday ish bajaradi? g=10 m/s 2 . A) 16 B) 24 C) 26 D) 30 18.Yelkalari teng bo’lmagan pallali tarozida yuk ikkala tomonida galma gal tortib ko’rilganida uning og’irligi 20 N va 5 N ga teng bo’ldi. Jismning asl massasini (kg) toping. 𝑔 = 10 𝑚/𝑠 2 . A) 1 B) 2 C) 5 D) 10 19. Erkin tushayotgan 8 kg massali jismning tezligi ma’lum yo‘lda 2 m/s dan 8 m/s gacha ortgan bo‘lsa, og‘irlik kuchining shu yo‘lda bajargan ishi qanday (J)? A) 240. B) 160. C) 120. D) 64. 20. Ishchi massasi 1,5 t bo‘lgan vagonetkani gorizontal yo‘lda bir tekis tortib bormoqda. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,01 bo‘lsa, ishchining 100 m yo‘lda bajargan ishi qanday (kJ) bo‘ladi? A) 30. B) 25. C) 20. D) 15. 21. Rasmda 𝑠 – jismning ko‘chish vektori, 𝐹 – unga ta’sir etayotgan kuch vektori. Qaysi hollarda bu kuch bajargan ish manfiy bo‘ladi? A)1. B) 2. C) 3. D) 2 va 5. 22. 0,2 m yo‘lda necha Nyuton kuch 100 J ish bajaradi? A) 20. B) 50. C) 200. D) 480. E) 500. 23. Agar massasi 70 kg bo‘lgan odam tinch turgan qayiqdan 4 m/s tezlik bilan sakraganda, qayiq 0,2 m/s tezlik olgan bo‘lsa, qayiqning massasi qanday (kg)? A) 2800. B) 1400. C) 1200. D) 700. 24. Massasi 5 kg tezligi 40 m/s va massasi 4 kg tezligi 20 m/s bo‘lgan ikki arava bir-biriga qarab harakatlanmoqda. Ular to‘qnashgandan keyin bir xil yo‘nalishda harakatini davom ettirdi. To‘qnashishdan keyingi birinchi aravaning tezligi 20 m/s bo‘lsa, ikkinchi aravaning tezligini toping (m/s). A) 4. B) 6. C) 8. D) 12. E) 5. 25. Tezliklari 3 𝑣 va 𝑣, massalari esa 2𝑚 va 3𝑚 bo‘lgan jismlar bir yo‘nalishda harakat qilib, o‘zaro noelastik to‘qnashgandan so‘ng qanday 𝑢 tezlik bilan harakat qiladilar? A) 𝑢=3𝑣. B) 𝑢=9𝑣. C) 𝑢=9𝑣/5. D) 𝑢=2𝑣. E) 𝑢=0. 26. Tezligi 2 m/s bo‘lgan vagon massasi 10 t bo‘lgan tinch turgan vagon bilan to‘qnashgandan so‘ng, ikkala vagon birgalikda 1,3 m/s tezlik bilan harakatni davom ettirgan. Birinchi vagonning massasi (t) qancha? A) 15. B) 10. C) 30. D) 18,6. 27. 2 kg massali jism 80 m balandlikdan tushib 45 m balandlikka chiqib to‘xtadi. Yer bilan to‘qnashuv vaqtida unga ta’sir qilgan kuch impulsini aniqlang(N∙s). A)100. B) 140. C) 20. D) 85. 28. 2 kg massali sharcha balandlikdan rasmdagi kabi gorizontal otildi. Uning yerga urilgan paytdagi impulsini aniqlang(kg∙m/s). A)8. B) 12. C) 16. D) 20. 29. Massasi 0,1 kg bo‘lgan shar devorga 0,5 m/s tezlik bilan urilib, undan qarama-qarshi yo‘nalishda 0,4 m/s tezlik bilan qaytdi. To‘qnashish natijasida shar impulisi o‘zgarishini toping(kg∙m/s). A) 0,03. B) 0,06. C) 0,09. D) 0,12. 30. Massasi 5 kg bo‘lgan jism 4 m/s tezlik bilan aylana bo‘ylab harakat qilmoqda. Jism impulsining yarim davrdagi o‘zgarishi modulini toping (kg∙m/s). A) 40. B) 10. C) 0. D) 30. HAMMAGA OMAD!!! Tuzuvchi: To’rayev Sanjar X-Study Qorako’l o’quv markazi Fizika o’qituvchisi 09 .11.2023 Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling