1, Z. F. Xamrakulova


Download 46 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi46 Kb.
#1218318
  1   2
Bog'liq
AndMI konferensiya


YURTIMIZDA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI TARBIYALASH TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI


Z.M.Soxibova1, Z.F.Xamrakulova2
1Andijon mashinasozlik instituti, “Muqobil energiua manbalari” kafedrasi assistenti
2Andijon mashinasozlik instituti, 1-kurs tayanch doktoranti


Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turar joylar bilan ta’minlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning yaqqol tasdiqidir.
Hozirda butun dunyo bo‘ylab taxminan 143 000 000 yetim va millionlab tashlab ketilgan bolalar bo’lib, ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun kurashilmoqda. Har bir bola qo‘llab-quvvatlovchi oila muhitida ulg‘ayish huquqiga ega. Ammo butun dunyo bo‘ylab taxminan 2,7 million bola oiladan tashqari parvarish muassalari sharoitida yashaydi va haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin[1]. Jahonning ilg’or siyosatchilari bolalar uylarida yashovchi yetimlar va tashlab ketilgan bolalarni imkon qadar tezroq o‘zining oilasiga ko‘chirishni va institutsional parvarishdan so‘nggi chora sifatida foydalanishni targ‘ib qilishmoqda [2].
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir. Bunday bolalar bugungi kunda dunyoning zamonaviy haqiqatining eng dolzarb muammolaridan biridir. Ijtimoiy yetimlikning o‘sishi, bolalarning beparvoligi, shuningdek, demografik falokat, ularning oiladagi umumiy inqiroziga asoslanadi. Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotining davom etayotgan beqarorligi sharoitida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar soni tobora ortib bormoqda. Ular orasida etimlar, ijtimoiy jihatdan noqulay bolalar va yosh jinoyatchilar, nogiron bolalar, qochoq bolalar, noqulay ekologik sharoitda yashovchi bolalar bor.
Jahonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari qo‘llanilishining huquqiy tartibi, bolalar huquqlarini himoya qilish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish istiqbollarini o‘rganish, sud va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarni ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda oilalar barqarorligi, voyaga yetmagan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jismonan va ma’naviy sog‘lom bolalarni tarbiyalash va voyaga yetkazishga alohida ahamiyat berildi, xususan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning sud tartibi joriy qilindi. Hozirda «oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq «oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emasligi» [3].
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 28-iyul kuni nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramogʼidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yigʼilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qo‘llab quvvatlashning bir necha tuzilmalari yo‘lga qo‘yilgan. 13 ta bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar o‘gʼil-qizlar tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronati qaramogʼiga olingan. Yigʼilishda mazkur muassasalardagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, uy va ish bilan taʼminlanish darajasi tahlil qilindi [4].
Bularning barchasidan kelib chiqadiki, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar nafaqat asab tizimining tug‘ma xususiyatlari va shaxsning muayyan xususiyatlari bilan emas, balki bolaning internat muassasasiga joylashtirilishidan oldin olingan og‘ir hayot tajribasi bilan bog‘liq murakkab psixologik holatga ega. Bu psixologik jarayonlarning barchasi o‘quvchilarning ijtimoiylashuviga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladi. Ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini rag‘batlantirish uchun ularga bilim berish, mustaqil hayotga erishishga yordam beradigan ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish kerak .

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling