10- mavzu: qo’shma gap tayanch tushunchalar: tasnif, tasnif asosi, ma `noviy tasnif, struktur tasnif, sintaktik aloqa Reja


Download 31.27 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1433582
  1   2   3
Bog'liq
10. QO’SHMA GAP


10- MAVZU: QO’SHMA GAP
Tayanch tushunchalar: tasnif, tasnif asosi, ma `noviy tasnif, struktur tasnif, sintaktik aloqa
Reja:

  1. Qo‘shma gap tasnifi asoslari.

  2. Qo‘shma gapning qurilishiga ko‘ra tasnifi.


Qo‘shma gap tasnifi asoslari. Lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‘lganligi bois kamida ikkita paradigmaga kiradi. Shu sababli biror butunlikka kiruvchi lisoniy birlikni kamida ikki tomondan tasniflash mumkin bo‘ladi. Qo‘shma gap ham lisoniy birlik sifatida murakkab tabiatli bo‘lib, bu murakkablik uning lisoniy sathda tutgan o‘rni, tarkibidagi sodda gapning grammatik shakli va bog`lovchi vositalari hamda mazmuniy munosabatining rang-barangligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qo‘shma gap turlarini xilma-xil asoslarda turlicha tasniflash mumkin bo‘ladi. Tasnif asosining aniqligi va izchil amalga oshirilishi masala mohiyatini oydinlashtirishda juda muhim.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro bog`lovchi yoki bog`lovchi vazifasidagi so‘z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog`lanadi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘shma gaplarni bog`lovchili va bog`lovchisiz qo‘shma gapga ajratish mumkin bo‘ladi. Bog`lovchili qo‘shma gap grammatik vosita bilan bog`langan qo‘shma gap, leksik-grammatik vosita bilan bog`langan qo‘shma gap va leksik vosita bilan birikkan qo‘shma gapga ajraladi. Qo‘shimchaning funksiyasiga ko‘ra teng bog`lovchili va ergashtiruvchi bog`lovchili bog`langan qo‘shma gap farqlanadi.
Qo‘shma gap tarkibida sodda gapning o‘zaro munosabati asosida ham qo‘shma gapni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va intonatsion munosabati nuqtayi nazaridan qo‘shma gap quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) tarkibidagi sodda gap bir-birini mazmun va Grammatik jihatdan taqozo etadigan qo‘shma gap: 1. Kunlar isidi vapaxtalar yana qiyg`os ochildi. 2. Yovlariga osmon tutundir, shuning uchun bag`ri butundir. (H.Ol.) 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to‘g `ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (Oyb.) 4. Men shunday bir ish qildimki, o `lgunimcha bundan faxrlanaman;
2) tarkibidagi gaplar bir-birini mazmuniy va intonatsion taqozo etadigan, biroq grammatik jihatdan talab qilmaydigan qo‘shma gap: 1. Biz yetib keldik, kutubxona ochildi. 2. Menga pul kerak, qayerdan olaman? (Oyb.) 3. Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham. 4. Endi men bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman.
3) tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na Grammatik taqozo etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo‘lgan gap: 1.U otasini uyga tortdi, ukasi sekin qayrildi (S.Nur). 2. Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi. 3. Sen o‘z ishingni qil, men o‘z ishimni.

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling