10. 1-Mavzu. Embrionning uchinchi bahorgi rivojlanish davri


Download 0.52 Mb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313917
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

  • Mavzu: Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi.
  • Reja:
  • 1.Statistik jadvallar va ularning turlari, mohiyati.
  • 2.Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
  • 3.Grafiklarning turlari va tasniflanishi
  • .

1.Statistik jadvallar va ularning turlari, mohiyati.

  • Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
  • Jadvallar yotiq va tik to`g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiri­ladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
  • Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
  • Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
  • Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch tuga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
  • Oddiy jadval deb o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.

  • Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling