- Mavzu: Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi.
- Reja:
- 1.Statistik jadvallar va ularning turlari, mohiyati.
- 2.Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
- 3.Grafiklarning turlari va tasniflanishi
- .
1.Statistik jadvallar va ularning turlari, mohiyati. - Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
- Jadvallar yotiq va tik to`g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
- Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
- Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
- Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch tuga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
- Oddiy jadval deb o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |