3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistikaxaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar). - Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakliustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgankattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabdastatistika ko’rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan,ustma-ust (qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. Shuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o’q shkala vazifasini bajaradi), ya’ni to’g’ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin.
- Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasviriningqabuli sifatida mohiyatiga ko’ra o’zaro o’rin almashunuvchidir, ya’ni ko’rib chiqilyotgan statistika ko’rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar taqdim etilishi mumkin.\
- Tuzilmaviy diagrammalarning maqsadi - hodisalar (to’plam) ning har bir qismlari nisbati sifatida tavsiflanadigan statistik to’plamning tarkibini grafikdaifodalashdan iborat. Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlaryordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohidaqismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilanbelgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa– butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari o’zgaradi.
- Yig’indi tarkibining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha grafik tasviri yanada chuqurroq tahlilga yordam beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni keng miqyosda taqqoslash va solishtirishga imkoniyat yaratadi
- Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |