10. 1-Mavzu. Embrionning uchinchi bahorgi rivojlanish davri


Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisobkitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak


Download 0.52 Mb.
bet3/8
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313917
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

8. Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisobkitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
  • 9. Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi ko’rsatiladi.
  • 10.Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
    • 2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
    • Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo’lmaydi.
    • Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir
    • Grafik – bu statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir.
    • Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi.
    • Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisoliy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi.
    • Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
    • Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, oydinlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz.
    • Diagramma deganda statistik ma`lumolar geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagram­malar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territorial) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling