10-amaliyot ishi (6-soat) Mavzu: ythni hisobga olishning birlamchi hujjatlarini tuzish va tahlil qilish. Ishning maqsadi
Download 101.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
10-AMALIYOT ISHI (6-soat) Mavzu: YTHni hisobga olishning birlamchi hujjatlarini tuzish va tahlil qilish. Ishning maqsadi. YTHni hisobga olishning birlamchi hujjatlari bilan tanishuv. YTH kartochkasini to‘ldirish. Topshiriq. YTH kartochkasini to‘ldirish. Kod axborotlarini rashifrovka qilish. Ishning bajarish joyi. Real ko‘cha-yo‘l sharoiti o‘quv amaliyoti. Ishlatiladigan asbob-uskunalar. YTHning kartochkasining maxsus blankasi. Uslubiy ko‘rsatmalar Bu amaliy ishda o‘qituvchining topshirig‘iga asosan YTH kartochkasiga hodisaning yozma ravishdagi bayonini yozish yoki millimetrovka qog‘ozida M: 1:200 masshtabda YTH chizmasini chizish kerak. Misol: YTH bayoni. 6 aprel 2023 yil soat 1955 da Toshkent shaxridagi A.Temur ko‘chasida «MATIZ» yengil avtomobili haydovchisi tomonidan yo’lning piyodalar o’tish uchun belgilanmagan joyidan o’tayotgan piyodani bosib ketish hodisasi sodir qilingan. Piyodaning yoshi 25 da, erkak kishi. Avtomobil to‘g‘ri yo‘nalishda, asfaltobeton qoplamali gorizontal tekis yo‘lda harakatlangan. Yo‘lning qatnov qismini kengligi 10,5-11 metr. Piyodani bosib ketish sutkaning qorong‘i vaqtida sodir bo‘lgan. Ob-havo bulutli, yog‘ingarchilik, sirpanchiq, yo‘l yoritilmagan. Toliqqan holda haydovchi xavfli sharoitda harakat tezligini oshirgan. Belgilangan joyda yaqin harakatlanayotgan transportning oldidan piyoda yo‘lni kesib o‘tgan. II-toifa haydovchisi, mehnat faoliyati 10 yildan ortiq, yoshi 40 da, hodisa 12 ish soatida sodir bo‘lgan, transport tormoz tizimida nosozlik bo’lgan, xavfsizlik kamari taqilgan. Topshiriq: YTHni hisobga olish varaqasini (maxsus blankasi) to‘ldirish. YTHni hisobga olish kartochkasini to‘ldirish uchun jadval.
Download 101.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling