10-ma’ruza shamolni o‘lchash usullari va asboblari. Reja
Download 323.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq10-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anemometrlar.
- Akustik anemometr
10-MA’RUZA Shamolni o‘lchash usullari va asboblari . REJA: 10.1. Anemometrlar. Rotoanemometrlar. 10.2. Tretyakov shamol o‘lchagichi 10.1. Anemometrlar. Rotoanemometrlar. Havoning er sirtiga nisbatan gorizontal harakati shamol deb ataladi. Odatda shamolning yo‘nalishi – gorizontning shamol kelayotgan tomoni va uning m/s lardagi tezligi aniqlanadi. Meteorologik stansiyalardagi kuzatishlarda shuningdek yo‘nalish (doimiy yoki o‘zgaruvchan) va tezlik (bir tekis va kuchayuvchan) bo‘yicha shamolning o‘zgaruvchanlik darajasiga sifat xarakteristikalari beriladi. Anemometrlar. Tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda shamolni kuzatishning turli asboblari va usullari qo‘llaniladi. Dala sharoitlarida havoning er yaqinidagi qatlamida shamol tezligini aniqlash uchun kosali, kontaktli va induksion anemometrlardan foydalaniladi (4.4-rasm). 10.1.1-rasm. Akustik anemometr Kosali va kontaktli anemometrlar odatda atmosferaning quyi qatlamidagi issiqlik va namlikning turbulent oqimlarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan gradient o‘lchashlarida qo‘llaniladi. Ular yordamida vaqtning kerakli oralig‘i (bir necha minutdan 1-3 soatgacha) uchun shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. Induksion anemometrlar shamolning oniy (2-3 s) tezligini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday kuzatishlar, masalan, balans o‘lchagich ko‘rsatkichlariga shamol tuzatmalarini kiritish uchun zarur. Shamol xarakteristikalarini aniqlash uchun hozirgi vaqtda meteorologik stansiyalarda anemorumbometrlar qo‘llaniladi. Shamolni kuzatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) vaqtning 2 yoki 10 daqiqa oraliqlarida (o‘lchashlarda foydalanilayotgan asbobning texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda) shamolning o‘rtacha tezligini o‘lchash; b) vaqtning shu oralig‘idagi oniy shamol tezligining maksimal qiymatini aniqlash (kuchayuvchi shamol tezligi); v) 2 daqiqa ichidagi shamolning o‘rtacha yo‘nalishini aniqlash. Shamol tezligi va yo‘nalishini uzluksiz qayd qilib borish uchun anemorumbograflardan foydalaniladi. Ular yordamida shamol tezligining 1 soat ichidagi o‘rtacha qiymati, oniy tezlikning 1 soat ichidagi maksimal qiymati va 1 soat ichidagi o‘rtacha tezlikka mos keluvchi shamol yo‘nalishi aniqlanadi. Shamol tezligi datchiklarining konstruksiyasiga bog‘liq ravishda anemometrlarning quyidagi turlari ajratiladi: - havo oqimining bosimini qayd etuvchi plastinka yoki boshqa shakldagi jism (flyuger, shamol o‘lchagich); - shamol ta’sirida vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bir nechta kosa yoki parraklardan tashkil topgan tizim (rotoanemometrlar, parrakli anemometrlar) -harorati atrofdagi havo haroratidan farq qiluvchi jismlar (issiqlik anemometrlari). Download 323.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling