10-mavzu: Al-Xorazmiy yer yuzi matematiklarining ustozi


Download 71.6 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi71.6 Kb.
#155489
Bog'liq
Buyuk allomalar (LOTINCHA)


10-mavzu: Al-Xorazmiy yer yuzi matematiklarining ustozi .

Abu Abdullox Muhammad ibn Musa al Xorazmiy 783 yilda qadimiy Xorazmning Xiva xududida tug’ilgan. 9 asrning eng buyuk allomalaridan biri, matematik, astronom, geograf va tarixchidir. Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi buyuk madaniyat va ilmiy ko’tarilish asriga to’g’ri kelgan. U dastlabki bilimlarni Mavoraunnahr va Xorazmning buyuk olimlaridan olgan. Ma’mun akademiyasining tashkilotchisi xalifa al-Ma’mun topshirig’iga asosan al-Xorazmiy yer yuzasini va uning uzunligini o’lchovchi asboblarni yaratish ustida ishlagan. 827 yilda al-Xorazmiy Sanjar cho’lida yer yuzasini o’lchovini chiqarishga erishgan. Ushbu o’lchov o’zining aniqligi bilan jahon olimlarini xozirgacha qoyil qoldirib kelmoqda.

Taxminan 830 yilda olim o’zining birinchi ilmiy kitobi “al Kitob al-muxtasar fi xisob al-jabr val muqobala” (Algebradan qisqacha kitob) ni yaratgan. Ushbu kitob shu davrdagi va xozirgi kundagi eng qimmatli manba bo’lib qolgan.


Al-Xorazmiy matematika fanining tarixida o’chmas iz qoldirgan allomadir. Uning ushbu kitobi nomi asosida algebra atamasi fanga kirib kelgan. Uning nomidan latincha “Algoritmi” so’zidan “algoritm” termini kelib chiqqan va algebra atamasi al-xorazmiy nomiga mos ravishda abadiy qolib ketgan. Bu kitob 12 asrda 2 marta latinchaga tarjima qilingan va yevropada matematika fanining rivojlanishida katta rol o’ynagan.
U o’zining Xindcha xisoblash kitobida ayniqsa matematika fanida keskin o’zgarish yasagan. Jaxon olimlari uchun muammo bo’lib kelayotgan o’nlik sanoq tizimini yaratgan va nol raqamini kiritish bilan juda chigal muammoni xal qilgan. yevropa 16 asrda ushbu al-Xorazmiy yaratgan raqamlarni tan olgan va butun yevropaga joriy qilingan.
Al – Xorazmiy jahon ilm fanida o’zining ushbu asarlari bilan inqilobiy o’zgarishlar qilgan va o’z nomini abadiy qoldirgan va Xorazm elining naqadar buyuklar yurti ekanligini isbotlagan.
ASARLARI

  1. Xindcha xisoblash kitobi.

  2. “al Kitob al-muxtasar fi xisob al-jabr val muqobala” (Algebradan qisqacha kitob)

  3. («Kitab al-amal bi-l-asturlabat») (Astrologik o’lchov asboblari yordamida amalga oshiriladigan ishlar xaqida). Bu kitobda namoz vaqtlari aniq belgilab berilgan

  4. («Kitab al-ruxama») Quyosh soati xaqida kitob

  5. «Kitab surat al-ard» (Er tuzilishi xaqida kitob)

  6. «Risala fi istixradj tarix al-yaxud va ayadixim» (YAxudiylar asri va ularning bayramlarini aniqlash kitobi).

  7. Astrologik inshoot qurish xaqida kitob yaratgan lekin saqlanib qolmagan, boshqa manbalarda ma’lumot qolgan.

  8. «Zij» (Astronomik jadval).

  9. Tarix kitobi – taniqli shaxslarning goroskopi

Ushbu asarlardan 7 tasi saqlanib qolgan. Ular matn ko’rinishida yoki latincha tarjimada va arab olimlarining sharxida saqlanib qolgan.

11-mavzu: Abu Rayhon Beruniy buyuk qomusiy olim.

Abu Rayhon Beruniy Xorazmlik buyuk olim, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa fanlarga oid juda qimmatbaho va nodir asarlar yozib qoldirgan allomadir.

Beruniy O’rta SHarqda birinchi bo’lib yer sharining quyosh atrofida aylanishi xaqidagi ilmiy kashfiyotni ilgari surgan, yer sharining og’irligi hamda diametrining (eni, bo’yining uzunligi) xajmini aniqlagan.

Amerikalik tarixchi Dj. Sarton Beruniy haqida shunday degan:

«Tarix, astronomiya va matematika, astrologiya va geografiya, antropologiya va etnografiya, filosofiya, arxeologiya, botanika va mineralogiya fanlari Abu Rayhon Beruniy bo’lmasa, egasiz va yetim bo’lib qolar edi».

Uning to’liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy bo’lib, 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahrida tug’ilgan.

U matematika va filosofiyadan juda kuchli bilim olgan. Uning birinchi ustozi dunyoga mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Irak al-Jadiy bo’lib, u o’z davrining mashhur astronomi, matematigi va trigonometriya fani olimi hamda faylasuf bo’lgan.

Beruniy tabiatning o’z qonunlari borligi va hamma narsa mavjudligini yozgan. Uning fikricha tabiatga faqat ilmiy yo’l bilangina yondashish lozim. Uning asosiy qilgan ulug’vor ishlari matematika va astronomiyaga bag’ishlangan bo’lib, Xorazm diyorining suv xo’jaligi va savdo sotiqining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan.

Beruniy yashagan davrda taqvim (kalendar) ishlab chiqish, vaqtni aniq belgilash, osmondagi Quyosh, Oy va yulduzlarning joylashuvini aniqlash bilan birga ekvator chizig’i va quyosh va yulduz yillarini uzunligini o’lchash asosiy zarurat bo’lgan. SHulardan kelib chiqib Beruniy kuchli iroda va chidam bilan ishlagan, shu davrdagi oddiy astrologik asboblar bilan ushbu ishlarni uddasidan chiqqan. Eng buyuk kashfiyotlaridan biri deyarli yuqori darajadagi aniqlikda yer sharining radiusini aniqlagan (qariyb 6000 km) Bu natijani yerning shar shaklidan kelib chiqib aniqlagan. Beruniyga qadar Quyosh yer atrofida aylanadi degan fikr bo’lgan, Beruniy aksincha yer shari quyosh atrofida aylanishini isbotlab bergan.

Beruniy ushbu ilmiy ishlarini o’zi ixtiro qilgan “Usturlob”, “Kvadrant”, “Sekstant” nomli asboblar yordamida amalga oshirgan.

Beruniy 7.5 metr radius kattalikdagi quyosh va planetalarning holatini o’rganadigan inshoot barpo qilgan. Bu inshoot deyarli 400 yil davomida dunyodagi eng katta ilmiy inshoot sifatida faoliyat ko’rsatgan.Beruniydan keyin ham bu inshootda ilmiy izlanishlar davom qilgan.

Beruniy ilk kitobini 1000 yilda “Qadimgi xalqlarning urf-odatlari” mavzusida yozdi. U o’z kitobida dunyo xalqlarining urf-odatlari bilan bir qatorda vaqt va oy kunlarni belgilanishidagi farqlarni, kalendar (taqvim) dagi vaqt ko’rsatkichlarini ko’rsatib berdi.

Qadimiy qal’a Kat va Qo’rg’onda yashadi, Xorazmda shox Ma’mun saroyida istiqomat qildi. Ma’mun akademiyasini boshqardi, o’zining atrofiga Ibn Sino, Al Xorazmiy kabi buyuk olimlarni birlashtirdi, ular bilan ilmiy izlanishlar olib bordi.

1017 yilda Xorazmni sulton Maxmud G’aznaviy egallagandan keyin uni sulton o’z saroyiga G’aznaga olib ketadi. U yerda bir necha yil yashaydi va mashhur “Xindiston” asarini yozadi va 1030 yilda tugatadi.

Beruniyning 150 dan ortiq matematika, mineralogiya, tarix, etnografiya, filologiya, filosofiyaga oid ilmiy asarlar yozganligi ma’lum. Uning mineralogiyaga oid yozgan asarida mavjud minerallarning, turli toshlarninng tarkibi xaqida yozilgan, xali bugungiday zamonaviy asboblar mavjud bo’lmagan bir davrda minerallarning ximiyaviy tarkibigacha ta’rif berilgan. Bu asrlar bugungi kungacha o’z qadrini yo’qotmasdan, aksincha olimlarning izlanishlarni davom qildirishlarida asosiy manba bo’lib kelmoqda.

Keksaygan payti u ko’z nuridan ayrilgan, lekin umrining oxirigacha bilim izlashni o’z hayotining mazmuniga aylantirgan. 1048 yilda vafot qilgan. Uni hozirgi Afg’oniston xududidagi G’azna viloyatiga dafn qilganlar.


12-mavzu: Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144)







Ko’hna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan ko’plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulug’ siymolardan biridir.

Allomaning to’liq ismi Abul qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy bo’lib, u hijriy 467 yil rajab oyining 27 kuni (1075 yil 19 mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri — Zamaxshar qishlog’ida tavallud topdi. Az-Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan O’rta asr arab manbalarida keltiriladi. Otasi unchalik badavlat bo’lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo’lgan va aksar vaktini Qur’on tilovatiyu namoz o’qish bilan o’tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Az-Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan.Aftidan, az-Zamaxshariyning otasi serfarzand bo’lgan. CHunonchi, shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko’p va oilasi katta bo’lgani tufayli ham tirikchilik yo’lida tinmay mehnat qilgani haqida yozadi.Az-Zamaxshariy dastlabki bilimni ham o’z otasidan oldi. Alloma haqidagi ma’lumotlardan ma’lumki, uning bir oyog’i yog’ochdan bo’lib, tarixchilar bu haqda: «Bir oyog’i yog’ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun kurgan odam uni cho’loq deb o’ylardi» — deb yozganlar. Og’ir illat tufayli u yoshligidan bir oyoq bo’lib qolgan va shundan so’ng otasi uni endi og’ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo’ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand o’sgan Mahmud otasidan o’zini madrasaga o’qishga yuborishni so’raydi. O’g’lidagi ilmga bo’lgan zo’r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi.


Az-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zo’r iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada o’qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, o’sha davrda ilm ahpi orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallab, o’z tirikchiligini birqadar tuzatadi. Talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo’l oladi.

Az-Zamaxshariy Buxoroda o’qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo’lib, kotiblik bilan shug’ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko’rmagach, o’zga yurtlarga safar qiladi, maqsadlarining ushalishiga umid bog’laydi. 1118 yili az-Zamaxshariy og’ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmati-yu mansab va mol-dunyo ta’masidan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag’ishlashga astoydil qaror qiladi.

Az-Zamaxshariyning o’z davri ilmlarini to’liq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bo’lgan. Mana shunday ustozlardan biri — til, lug’at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113 yili Marvda vafot etgan). Al-Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan.Az-Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, SHom, Bag’dod va Щijozda, ikki marta Makkada bo’ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lug’atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o’rgandi, bu mintaqa jug’rofiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni to’pladi.Adib ko’p asarlarini Makkaligida yaratadi. O’z hayotida chuqur iz qoldirgan Makkada az-Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. SHu boisdan u Jorulloh («Ollohning qo’shnisi») degan sharafli laqabga muyassar bo’ladi.

O’z davrining yirik olimi darajasiga ko’tarilgan az-Zamaxshariyning Xorazmda ham, SHarqning boshqa ko’pgina shaharlarida ham ko’pdan-ko’p shogirdlari bo’lgan, alloma ko’p vaqtini o’shalarga bag’ishlardi.

Az-Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib, Xorazmda bir necha yil yashaydi va hijriy 538 yilda, arafa kechasi (1144 yil 14 aprel) vafot etadi. 1333 yili Xorazmda sayohatda bo’lgan mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) «Ar-Rihla» («Sayohatnoma») asarida az-Zamaxshariyning ustida qubbasi bo’lgan maqbarasini ko’rganini yozadi.

Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug’atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug’rofiya, tafsir, hadisga oid ellikdan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.


Arab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid asarlar az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o’rin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid «Al-Mufassal» (1121 yil) nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. «Al-Mufassal» arab tili nahvu sarfini o’rganishda yirik qo’llanma sifatida azaldan SHarqda ham, g’arbda ham shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar o’z ilmiy qimmati jihatidan az-Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (796 yili vafot etgan) arab grammatikasiga oid kitobidan keyin ikkinchi o’rinda turadi, deb ta’kidlaganlar. O’sha davrning o’zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e’tibor qozongan va arab tilini o’rganishda asosiy qo’llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan. Hatto SHom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg’a qilishni va’da bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor bo’lganligi manbalarda keltirilgan. Bu misol az-Zamaxshariy asarining o’sha davrda ham qanchalik yuksak baholanganini ko’rsatadi.

Az-Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag’ishlab yozilgan «Muqaddimat ul-adab» asari alohida ahamiyatga egadir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, xorazmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, o’zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Uning davrida ilm-fan taraqqiyoti yo’lida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilgan. SHu sababdan bo’lsa kerak, az-Zamaxshariy «Muqaddimat ul-adab»ni uning nomiga bag’ishlab yozgan. Asar besh katta qismga bo’lingan bo’lib — otlar, fe’llar, bog’lovchilar, ot o’zgarishlari va fe’l o’zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137 yillari yozib tugallangan.


Az-Zamaxshariy o’z asarida o’sha davr arab tilining iste’molda bo’lgan barcha so’zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. SHu boisdan ham az-Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo’nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. «Muqaddimat ul-adab» arabchadan fors, chig’a-toy, mo’g’ul va turk tillariga tarjima qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, asarning chig’atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o’zi tomonidan amalga oshirilgan. Zotan xorazmshoh Otsizning tushunishi uchun asarning arabcha matni bilan birgalikda chig’atoy tilidagi tarjimasi ham yaratilgan, deb bilish o’rinlidir. «Muqaddimat ul-adab» yaratilgan davridan boshlab bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqatini o’ziga tortib kelayotir..
Qur’on yaratilgan davrdan boshlaboq unga bag’ishlangan tafsirlar, sharhlar yozishga katta ehtiyoj sezilgan. Turmush taqozosi bilan shunday vaziyatda islom tarixida qur’onga bag’ishlangan ko’pdan-ko’p tafsirlar, sharhlar vujudga kelgan. Az-Zamaxshariy ham tafsir yozishdan avval o’zidan oldin yaratilgan Qur’on tafsiriga bag’ishlangan ko’plab asarlarni qunt bilan o’rgangan. «Al-Kashshof» az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida (1332— 1334) yozilgan.

Nemis sharqshunosi Karl Brokkelman dunyoning turli qo’lyozma xazinalarida «Al-Kashshof»ning yuzga yaqin qo’lyozmalari va asarning o’ziga bitilgan yigirmadan ortiq sharh va hoshiyalar borligi haqida yozishi az-Zamaxshariy asarining katta shuhratidan dalolat beradi.Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari ham az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur’onni o’rganadilar.

Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o’lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon SHarqida unga katta shuhrat keltirgan. Allomani chuqur hurmat va mehr bilan «Ustoz ul-arab va-l-ajam» («Arablar va g’ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Mashhur olimlar, shoirlar, adiblar davrasida u doimo peshvolardan biri bo’lib, qizg’in ilmiy bahslar, munozaralarda uning fikri inobatga olinardi. Mana shunday ulkan obro’-e’tibor, ehtimol, daho o’z asarlaridan birida «va inniy fi Xvarazm kaabat ul-adab» («CHindan ham men Xorazmda adiblar uchun bir ka’baman») deb yozishiga asos bo’lgan bo’lsa kerak!

13-mavzu:Jaloliddin Manguberdi.

Jaloliddin Manguberdi 1199 yilda Xorazmda tavallud topgan bo’lib, 1169 — 1220 yillarda yashagan va 1200 — 1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o’g’li. Jaloliddin Manguberdi 1220 yilda otasi vafot etgach, 1221 yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o’tirgan va o’n yil ushbu davlatni boshqargan so’nggi hukmdordir. U mo’g’ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko’rsatib, 1231 yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o’ldirilgan. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172 — 1200 yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh (yoki Abul Muzaffar Takesh)ning o’g’li.

Kengaytirilgan ma’lumot.

Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198 tug’ilib, 1231 yilda vafot qilgan)
(1220-1231- Xorazmga xukmronlik qilgan yillari)]

Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o’g’li.

Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo’lgan.

Jaloliddin burnida holi (mank) bo’lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo’lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G’azna, Bomiyon, G’ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin O’zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg’is daryosi bo’yidagi jang).


CHingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo’yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og’ir bemor bo’lgan Muhammad o’g’illarini yoniga chorlab, so’nggi damda Jaloliddinni o’z o’rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O’zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o’z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo’g’ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so’ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da’vat etdi, bir oydan so’ng G’azni tomon yurdi. Yo’lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo’shin bilan kelib qo’shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo’g’ul qo’shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G’aznaga 1221-yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig’i Sayfuddin Ig’roq, Balx voliysi A’zam malik, afg’onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig’i Hasan Qarluq kelib qo’shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo’shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o’zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal’asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg’ur boshchiligidagi mo’g’ul qo’shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so’ng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo’g’ul askari o’ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o’tib, ko’prikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi.
CHingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi SHiki Xutuxu no’yonni 45 minglik qo’shin bilan jo’natadi. G’azna yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullar ustidan ajoyib g’alabani qo’lga kiritadi. Jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo’lib, Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo’llaydi. Mo’g’ullarning Ushbu jangdagi mag’lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan CHingizxonning asosiy kuchini urushga solishi va harbiy harakat rahbarligini o’z qo’liga olishga majbur etadi. Biroq jangdan so’ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o’lja ustida o’zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig’roq, A’zam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk o’z lashkari bilan qolgan, xolos.
CHingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi otlangan. G’ardiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi CHingizxon qo’shinining ilg’orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. CHingizxon qo’shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o’tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo’lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo’yidagi jang) mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o’ng sohiliga suzib o’tib, cho’l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho’l hozirda ham cho’li Jaloliy deb ataladi). CHingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o’z o’g’illariga qarab: “Ota o’g’il mana shunday bo’lishi lozim!”, degan. Endilikda CHingizxon O’ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloliddinning katta kuch to’plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko’radi.

Oradan bir necha kun o’tgach, Jaloliddin Manguberdi qo’shini soni 7 mingga yetdi. Unga Ko’lbars bahodir, Kabkuh va Sa’diddin Ali ash-SHarabdor kabi lashkarboshilar o’z kishilari bilan kelib qo’shildi. Jaloliddin Manguberdi SHimoliy Hindistonning notanish cho’lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo’lgan SHatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o’qidan rana halok bo’ladi, qo’shini esa parokanda bo’lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o’ljani qo’lga kiritadi. Bu g’alabadan so’ng Sind, Uchcha, Mo’lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-1227)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o’zini xayrixohligini izhor etib, sovg’a-salomlar jo’natgan. G’iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonhon, Elchi pahlavon, O’rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o’z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo’shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal’alarini qo’lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo’shini hamda mamluklar sulolasidan bo’lgan Dehli sultoni SHamsuddin Eltutmishdan olgan qo’shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq mag’lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog’lari o’lja tushgan.



1222-yil CHingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To’rbay To’qshin va Bola no’yonni 20 minglik qo’shin bilan jo’natadi. Lekin ular Mo’ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o’ziga qarshi mo’g’ul qo’shinlari jo’natilgani xabarini Parosravar qal’asini olgandan so’ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo’lton tomon yo’l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo’shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo’shin jo’natadi.

SHamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo’shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining O’zbek Toy Jahon Pahlavon qo’mondonligi ostidagi ilg’ori Eltutmish ilg’ori bilan to’qnashib raqibidan ustin keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh so’raydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda o’z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormoqda edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari o’zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo’lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining lashkarboshisi YAzidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o’tganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning ko’pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni G’iyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilinadi. Jaloliddin Manguberdi o’zining Hindistonda zabt etgan mulklariga O’zbek Toy Jahon Pahlavoni, G’ur va G’azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yo’l olgan. CHo’lu biyobonlarni kesib o’tishda Jaloliddin Manguberdining ko’p jangchilari nobud bo’lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. G’iyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. SHundan so’ng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi SHerozga kelgan. Fors hokimi otabek Sa’d ibn Zangiy va YAzd hokimi otabek Alouddavla ibn To’g’onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qo’shini qurol-aslaha bilan ta’minlanadi. Bu hol G’iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qo’shin bilan yo’lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovg’a-salomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida jo’natgan va o’zaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qo’shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga o’tgan. 1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So’ng Bag’dodga qarshi yurishga hozirlik ko’radi. Xalifa Nosirgacha elchi jo’natib, mo’g’ullarga qarshi birlashishga chaqiradi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi o’zining mamluki amir Jamoliddin Qushtemir boshliq 20 minglik qo’shin jo’natdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo’shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bag’dod mudofaasi bilan mashg’ul bo’ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag’dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi O’zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o’z holiga tashlab qo’ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog’a shahrini jangsiz qo’lga kiritadi. Damashq, Erbil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi bo’ladilar. Otabek O’zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so’ng Alinjo qal’asiga qochib o’sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan so’ng o’z qo’shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargdzeli boshliq 60 minglik qo’shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga ko’chib o’tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari o’z tobeliklarini bildirishgan. 1227-yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlog’i yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinini yenggan.Taynol no’yon Jaloliddin Manguberdi haqida: “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o’z tengqurlarining sarvari ekan”, degan. Jaloliddin Manguberdining Ko’niya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashrof Muzafariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam SHarafiddin Is va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni mo’g’ullarga qarshi kurashish yo’lida birlashtirish yo’lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo’ldi.

1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag’lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo’g’ullar katta qo’shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog’a, Tabrizni egallab (1231) Jaloliddin Manguberdini ta’qib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo’g’ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo’shinini tor-mor keltirdilar, Jaloliddin Manguberdini o’zi esa ta’qibdan qutulib Qurdiston tog’lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo’liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo’lgan.



Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: “Jaloliddin qorachadan kelgan, o’rta bo’yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so’zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko’ngil, to’g’ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo’yardi. U adolatsizliklarni yomon ko’rardi. Jaloliddin o’ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o’zini yo’qotib qo’ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi. O’zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998). Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo’yildi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh bo’lgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bag’ishlab “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) nomli asar, Maqsud SHayhzoda esa “Jaloliddin” (1943-yil) dramasini yozgan. Jaloliddin Manguberdi haqida video film, doston, p’esa va boshqalar yaratilgan. 2000-yilning 30-avgustida “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.


14-mavzu: Ogahiy bobomiz- 210 yoshda

Ogahiy haqida ma’lumot.

Muhammad Rizo Ogahiy 1809 yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog’ida tavallud topadi. Uch yasharligida otasi erniyozbek vafot etadi.

U tog’asi-Xorazmlik mashhur shoir SHermuhammad Avaz o’g’li Munisning tarbiyasida bo’ladi, uning ko’magida xat-savodini chiqaradi.

So’ngra Xivadagi madrasalardan birida tahsil oladi, fors, arab tillarini mukammal o’rganadi.

Ogahiy turli janrlarda ijod qilgan. Uning adabiy merosida she’riyat etakchi o’rinda turadi. Uning umri mobaynida yozgan she’riy durdonalari “Ta’vizul – oshiqin” – “Oshiqlar tumori” nomi bilan devon qilingan. Ushbu devondan Ogahiyning g’azallari, mustazodlari, muxammaslari, ruboiy, tuyuq, masnaviy va forsiy she’rlari o’rin olgan.

Tarihiy asarlari:

“Riyozu-d-davla”, “Zubdatu-t-tavorix”, “Gulshani davlat”, “SHohidi – iqbol” kabi tarixiy asarlari bor.

Ogahiy nafaqat o’zining takrorlanmas ijodi bilan, ko’plab mashhur asarlarni tarjima qilgan. Jumladan, Ogahiy o’z ijodiy faoliyati davomida Sa’diy SHeroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlarini o’zbek tiliga tarjima qiladi, o’z millatini SHarq adabiyotining nodir durdonalari bilan bahramand etadi. U o’z davrida taniqli mutafakkir, olim, mohir hattot, tarjimon sifatida shuhrat qozonadi.

Ogahiy 20 dan ortiq SHarq mumtoz adabiyotshunoslarining tarixiy va badiiy asarlarini (shular qatorida Sa’diyning “Gulistoni” ) o’zbek tarjima qilgan. Uning tarixiy asarlarini tarixchi Bayoniy davom ettirgan.

Ogahiy 1874 yil Xivada vafot etgan.

Bugungi kunda Xiva tumanidagi Qiyot qishlog’da joylashgan Ogahiy bog’ida ilod maktabi qurillib ishga tushirildi.

Ogahiy ijodidan namunalar.

Ruboiylar

Ey keldi fununi ilm taslim sanga,

Qilmoq manga lozim o’ldi ta’zim sanga,

Garchi yo’q edi quvvat ayoqimda vale,

Keldim bosh ila olg’ali ta’lim sanga.
Qilmoq bila parvashish tikan gul bo’lmas,

Ham tarbiyat ila zog’ bulbul bo’lmas,

Gar asli yomohg’a yaxshiliq ming qilsang

YAxshiliq oning niyati bilkulli bo’lmas.

Dahr ahlidin ummed ato qilma abas,

Gar oqil esang, bo’yla xato qilma abas,

Aylab tama’ vafo sitamgarlardin

O’z joningga o’q o’zing jafo qilma abas.



Tuyuqlar

Gam yuki to qomatim yo qilmadi,

Ohkim o’tig’a falak yoqilmadi,

Qilmadi rahme manga, xud o’zgaga,

Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.

Bo’ldi chun umring kunining vaqti tush,

Nafsi sarkash otini ko’p chopma, tush,

Xobgoh etgil qanoat manzilin

Yo’qsa hargiz ko’rmagung rohatni tush
Xiva bog’I tasviri
Pishib har taraf mevalar behisob,

Jahon lazzatidin bo’lur kamyob,

YAshil yaproq uzra qizartib qator,

Zumurradaro la’l o’lub oshkor.

Tamoshosidin jon halovat topib

Vale ta’midin kom lazzat topib.

Oqib har taraf shirasi sarbasar,

Ravon o’ldi har yong’a jo’yi shakar

Xiyobohlar o’lmishlar orasta,

Sufalar dog’I barcha birosta.



Tuman ming gul atrofida ochilib,

Gul ustiga sunbul dog’I sochilib

Berib fayz ila bahra el joniga

Urar ta’na Jannat gulistoniga

Agar qilsa har kim tomoshasini

Yo’q etgusi Jannat tamannosini.


Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling