Jizzax davlat pedagogika instuti chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo


Download 46.46 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi46.46 Kb.
#119462
Bog'liq
amerika adabiyoti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTUTI
CHET TILLARI FAKULTETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI
309-GURUX TALABASI

XAMROYEVA FARANGIZNING
TILI O’RGANILATOTGAN ADABIYOT TARIXI

FANIDAN YOZGAN

KURS ISHI
Bajardi:309 gurux talabasi________Xamroyeva F.

Qabul qildi____________________Muxammedov A.

Mavzu: Amerika adabiyotida nobel mukofoti sovrindorlari

Mundarija:



Kirish

I BOB. Adabiyot tarbiya vositasi……………………………………

1.1 Amerika adabiyoti……………………………………………………..

1.2 Amerika adabyoti namoyondalari……………………………..

II BOB. Nobel mukofoti………………………………………………….

2.1. Adabiyot bo’yicha nobel mukofoti sovrindorlari……….



2.1 Amerika adabiyotida nobel mukofoti sovrindorlari…….

Xulosa …………………………………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………

Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Har bir xalqning o’ziga xos adabiyoti bolishi bilan birga takrorlanmas, o’zga xalqlar va mamlakatlar badiiy ijodi bilan solishtirib bo’lmaydigan so’z bo’stoni bor.

Adabiyot (arab. – adab so’zining ko’pligi) – 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo’jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi); voqelikni so’z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. A. avval og’zaki bo’lgan, yozuv paydo bo’lgandan so’ng yozma shaklga o’tgan. A. so’z orqali insonning his-tuyg’ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy A.ning yetakchi 3 turi – epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning o’zini in’ikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo’shib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuyg’ulari o’lkasi bo’lgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. A.da qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo’linadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), o’rta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga ko’ra, g’azal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo’shiq va boshqalarga bo’linadi. Dramatik A.ning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). A. san’atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. A.da voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko’ra, adibning ijodiy usuli paydo bo’ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik A. deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o’z orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik A. bo’ladi. A.ning badiiylik mezoni uning g’oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo’lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan g’oyasining to’g’riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir A. milliydir, shunga ko’ra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar A.ning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o’ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida A. tomonidan uzoq davr mobaynida yig’ilgan tajriba va an’ananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa A.ni yangi, yuqoriroq bosqichga ko’taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan A. o’z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o’taydi. Hozirgi zamon o’zbek A.da adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik bo’lsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. A.da insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham A.ning maqsadi ma’lum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini to’la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali "tip" deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko’tarilgan obrazlardir. A. voqelikni aks ettirar ekan, unga go’zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g’oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko’p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko’tarinkiligiga ham bog’liq bo’ladi. Milliy mustaqillikka erishgan o’zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o’zligini namoyon etmoqda. Jumladan, istiqlol davri A.i tub sifat o’zgarishlariga erishmoqda. Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat ko’rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg’ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr A.ida tasvirlanayotgan inson o’zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo’lmoqda. Istiqlol A.i mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig’maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo’l ko’rsatishni zimmasiga olmaydi, o’quvchiga aql o’rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o’quvchida munosabat uyg’otadi. Bu A.ning jozibasi zohirda emas, botinda – matn zamiriga joylangan. Istiqlol davri o’zbek A.i chinakamiga rang-barang A.dir. Uning bag’rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo’nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag’rida kechayotgan insonning murakkab "men"i kashf etiladi.

Kurs ishini maqsadi: Adabiyot sohasini o’rganish bu amerika va jaxon adabiyoti va o’rganish va bu sohadagi nobel mukofoti sovrindorlarini o’rganish.

Kurs ishini predmerti: Adabiyot sohasi va bu sohadagi nobel mukofoti sovrindorlari

Kurs ishini vazifalari:

Amerika va jaxon adabiyotini o’rganish

Nobel mukofoti haqida ma’lumotlarga ega bo’lish

Amerika va jaxon adabiyotidagi nobel mukofoti sovrindorlarini o’rganish.



I BOB. Adabiyot tarbiya vositasi

Adabiyot – tarbiya vositasimi?..



“Ha!”, adabiyot tarbiya vositasi. Buni tan olmaslikni men adabiy bodilik, deb tushunaman. To’g’ri, adabiyot muallim yoki ota-ona kabi bevosita tarbiya bilan shug’ullanmaydi, ammo u tuyg’uni, didni, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi tasavvur chegarasini, ko’ngil va qalbni tarbiyalaydi. Shuning uchun u tarbiya vositasidir. Insoniyatning bugungi ko’plab fojiasi ma’lum ma’noda adabiyotdan uzoqlashishi yoki u bilan qalblarini tarbiyalamay qo’ygani bilan bog’liq ekani dunyo allomalari o’rtasida tahlil qilingan va qilinayapti. San’at, jumladan, adabiyot tarbiyalamagan qalb vahshiylikka, yovuzlikka, tubanlikka moyil qalbdir. Chunki adabiyot bilan to’lgan qalbga yovuzlik kirib olishi qiyin kechadi, ko’ngil mayli yovuzlik tomonga o’tishdan oldin u yerda adabiyot bunyod etgan qo’rg’onlarni, qal’alarni buzib tashlashiga to’g’ri keladi. Adabiyot bilan to’yingan qalb, ong – poydevori mustahkam binoga o’xshaydi. U zalolatga boshlovchi ko’plab zilzilalarga dosh bera oladi. Adabiyot va san’at tarbiyalamagan qalb “eng past balli silkinishlarga” dosh berolmay, to’kilib ketadi. Bu – asrlar osha isbotlangan haqiqat. Adabiyotning kishilik ongu tafakkurida, ma’naviy olami, madaniy taraqqiyotida tutgan o’rnidan xabari bor, kalom san’atining nima uchun paydo bo’lgani-yu uning bosh vazifasi nimaligini bilganlarga bu gaplarni gapirib o’tirish ortiqchaday tuyulishi mumkin. Ammo xavotir-savol bekorga qo’yilgani yo’q, aftidan. XXI asrga kelib, adabiyotning hayotda, ijtimoiy munosabatlarda, ommaviy e’tiroflarda, tarbiyada, “olomonchilik didi hukmron didga aylangan” (Ortega Gasset) pallada ochiqchasiga shubha qilinayotgani tufayli bir og’iz “Ha!” deb qo’yishning o’zi ham yetarli emasga o’xshaydi. Tan olish qanchalik og’ir va achinarli bo’lmasin, adabiyot bugungi kunda o’zining ellik yil oldingi o’rnini butunlay olomon didiga – Herman Hessening 1943 yilda yozilgan “Biser o’yini” romanida tilga olingan ommaviy madaniyat unsurlariga bo’shatib berayotgani ayni haqiqat. (Romandagi asosiy voqea 2200 yilda yuz beradi. Olis kelajakning tarixchi roviysi o’z davridan turib, bosh qahramon Knext nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’tmish – XX asr madaniy hayoti va jamiyatini ilmiy, falsafiy-psixologik tahlil qiladi. XX asr “feltonchilik”, bugungi til bilan aytilganda, ommaviy madaniyat gullab-yashnagan davr. Bu davrda odamlarni olomonchilik kayfiyati o’z changaliga olgan. Asar roviysi bu kayfiyatni “feltonchilik” madaniyati, deb ataydi. “Felton” nemis tilida “ko’ngilochar”, “ermak” degan ma’nolarni beradi. Odamlar yuksak tuyg’ular, yuksak maqsadlar qolib, hayotlarini ermak va ko’ngilochar faoliyat bilan o’tkazishadi. Gazetalar, ommaviy matbuot, kitoblar, asarlar, san’at namunalari ana shu maqsadda yaratiladi. Bu davr olimlari ham haqiqiy ilm bilan emas, “Fridrix Nitsshening ayollarga munosabati”, “Rossinining sevimli taomi”, “Bo’ydoq bo’lishning o’ziga xos fazilatlari” kabi tadqiqotlar, to’g’rirog’i, oldi-qochdilar bilan shug’ullanishadi. Omma maishiy va ermak madaniyatga mukkasidan ketgan. Jamiyat esa ularni eng keraksiz, hayot va go’zallikka, insonning mohiyati va missiyasiga zid axborotlar bilan manipulyasiya, mute qilib turadi. Bu davr odamlari bo’sh qoldi deguncha yo oldi-qochdi o’qishadi, yo turli shoular, masxarabozliklarni tomosha qilishadi, turli krossvordlar, skanvordlar va boshqa ermak o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishadi, san’at asari deb tomosha qiladiganlari, musiqa deb eshitadiganlari – barchasi shunchaki ermak, ko’ngilxushlik, jazava, kun o’tkazish vositalari, xolos. Bu o’yinlarda insonni ma’nan boyitadigan, uni tozalaydigan, uni bani olam uyg’unligiga, ruh va jism birligi – vahdat ul-vujudga undaydigan hech narsa yo’q. Odamlar o’zlarini iqtisodiy va siyosiy buhronlardan chalg’itish uchun, ichlaridagi ertangi kun oldidagi xavotir va qo’rquvlarini yashirish, o’zlarini aldash uchun shunday faoliyat bilan mashg’ul bo’lishadi. Hesse roviy tilidan bunday madaniyat va jamiyat tanazzulga mahkum, deb xulosa chiqaradi.) Mabodo shunday ekan, bu xavotir va savol o’z-o’zidan tug’ilgani yo’q. Yigirma yilcha oldin Shukur Xolmirzayev ham “Adabiyot o’ladimi?!” degan savol bilan chiqqandi. Garchi o’sha payti hurmatli adibimizning o’zi ham, shu bahsda ishtirok etganlar ham “Adabiyot o’lmaydi!” degan o’ta ko’tarinki ruhdagi chiqishlar qilishgan bo’lsa-da, adabiyot o’zining ta’sir hududlarini, qamrov doirasini butun dunyoda o’tgan yigirma yil ichida yana ham ko’proq boy berdi. Chinakam san’at asarlari, chinakam adabiyot tor doiradagi kishilarning ko’ngil ishlari, tashvish va kuyinishlari bo’lib qolayotganini ko’rib turibmiz. Bugungi didning olomonlashuvi va muammolarning globallashuvi davrida adabiyotga “tarbiya vositasi” sifatida qaralayotgani yo’q. Chunki olomon bugun o’zining ko’ngil ermagini, ko’ngil ehtiyojini boshqa vositalardan topib oldi – u bugun seriallar, oldi-qochdilar, shoular, mashshoq va masxarabozlarning tomoshalari bilan ovora. Chinakam adabiyotga ehtiyoj sezayotgani ham yo’q. Uning didi, saviyasi, ruhi, tasavvuriga shou-biznes, tomoshalar, shov-shuvlar va seriallar “zeb” berayapti, o’ziga moslashatirayapti.

1.1 Amerika adabiyoti

Har bir xalqning o’ziga xos adabiyoti bo’lgani kabi Amerikaning ham takrorlanmas, o’zga xalqlar va mamlakatlar badiiy ijodi bilan solishtirib bo’lmaydigan so’z bo’stoni bor.

Bu hech birimizga sir emas. Tarixan olib qaraganda, o’ziga xos shakllanish va rivojlanish tadrijiga ega bu mamlakat badiiy adabiyoti ham mahalliy aborigenlar, ispanlar va inglizlar, shuningdek, fransuz, rus, yapon va boshqa xalqlar madaniyati ta’sirida paydo bo’lgan va taraqqiy etgan.

Amerika adabiyoti, obyektiv sabablarga ko’ra, qorishiq madaniyatlarning mumtoz xazinasiga o’xshaydi. U sobiq sho’ro mafkurasi tazyiqi ostida shakllangan sovet adabiyoti yoki odamkushlik yoxud harbiy salohiyatni ko’z-ko’z etayotgan adabiyotdan insoniy tuyg’ular (mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, shafqat)ni targ’ib qiluvchi yangi adabiyot sifatida paydo bo’ldi. Negaki, siyosiy buhronlar, ruhiy inqirozlardan zerikkan ommaga hayotsevarlik nashidasini singdiruvchi mafkuraviy taskin kerak edi.

Amerika adabiyoti rang-barangligi va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatli, – deydi amerika adabiyoti ixlosmandi, o’qituvchi Zarif Quvonov. – Unda hech bir adabiy asar yo’qki, o’z-o’zidan mashhur bo’lib ketmaydi va keng ommaga tarqalmaydi. Bunga asosiy sabab, asarda ko’tarilgan milliy ruh, xalq dardi va ijtimoiy adolatsizlikka qaratilgan g’oyadir. Ta’sir kuchi esa so’z qudratining o’quvchi ongi va shuuriga kirib kelish bilan o’lchanadi. Asar ta’sirida butun xalq va jamiyat uyg’onadi. Biz ko’p eshitganmiz, qaysidir kitob irqchilikka qarshi kurashgani uchun eng yaxshi asar sifatida qaralib, Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Badiiy adabiyotda faqat haqiqatlar yashiringan bo’lishi kerak. U shunday kuchki, hatto hukumatga ham hisob bermaydi. Shuning uchun ayrim amirikalik adiblarni dastlab o’z yurti tan olmaydi. Biroq badiiy saviya yuqoriligi va dunyo e’tirof etgani bois o’zlari ham tan olgan. Amerika adabiyoti shu kabilardan xulosa chiqarib, badiiy so’z va adabiy qarashlarga yuqori nazar bilan boqadi. Shuning uchun ham amerikalik mualliflar adabiyot ixlosmandlari uchun sevimli ijodkorlar bo’lib qoladi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda yirik monopoliyalar paydo bo’ldi. Bu davrda adabiyotdagi realistlar ijodida sotsial tengsizlik, zulm va haqsizlikni fosh etish bosh maqsad qilib qo’yilgan. Qashshoqlik va ochlik uchun kurashishda adabiyot birinchi o’ringa ko’tariladi.

Asarlarida o’z “menemas, xalq dardini ilgari surgan va haqiqiy adabiyot kuchini ko’rsata olgan ijodkor sifatida uchta zabardast ijodkorlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bular Jek London, Teodor Drayzer va Ernest Xemingueydir.

1.2 Amerika adabyoti namoyondalari

JEK LONDON. Xalqni asarlari ortidan ergashtirgan, huquq va erkinliklarini talab qilishni o’rgatgan demokratik adabiyotning yirik namoyandasi Jek London hisoblanadi. 1876-1916-yillarda yashab o’tgan yozuvchi realistik ruhdagi asarlari bilan mashhur bo’lgan. O’zi ham kambag’al dehqon oilasida dunyoga kelgan. Shuning uchun xalq dardini his qilish va qalamga olishga qiynalmagan.

Qisqa umri davomida u bir-biridan o’tkir asarlar yozib qoldirdi. “Yo’ldagilar sharafi uchun”, “Oq sukunat”, “Qirq mil narida”, “Bo’rivachcha” hikoyalarida shimol hayoti tasvirlanadi. “Otalar xudosi”, “Sovuq bolalar” hikoyalari unga juda katta shuhrat keltiradi. Uning deyarli barcha asarlari uzoq Shimoldagi insonlarning mashaqqatli turmush tarziga bag’ishlanadi. Ayniqsa, matonatli, jasoratli va latofatli negr ayoli haqidagi “Ayol jasorati” hikoyasi orqali adibning irqchilikka norozilik kayfiyati yaqqol seziladi. “Temir tovon” asarida oddiy ishchi oilasidan kelib chiqqan inqilobchi haqida so’z yuritilsa, “Martin Iden” romanida xalq ichidan chiqqan yozuvchining burjua jamiyatidagi og’ir ahvoli va fojiasini yorqin aks ettiradi. Mazkur asar dunyo adabiyotida hozir ham eng ko’p o’qiladigan kitoblardan.

Teodor Drayzer 1871-1945-yillarda yashab o’tgan. U amerika adabiyotida tanqidiy realizmning yuqori pog’onaga ko’tarilishida o’z hissasini qo’shgan. Bunga asosiy sabab o’zi ham ezilgan xalq orasidan chiqqan ijodkor edi. U “Baxtiqaro Kerri”, “Jenni Gerxardt”, “Moliyachi”, “Titan”, “Daho” romanlari orqali xalq dardini aks ettirdi. Ezilgan xalqni himoya qilib, korxonalarda og’ir yumushlarni bajarayotgan ayollar mehnatini qoralaydi, boy va manfur kimsalarni qattiq tanqid ostiga oladi. Tanqidiy realistik adabiyotning mashhur asari hisoblangan “Amerika fojiasi” romani bilan yozuvchi sifatida dunyoga taniladi. Ikki tomlik bu roman birinchi jahon urushidan so’ng yozilgan. Asarning bosh qahramoni burjua oilasidan chiqqan Klayd Grifits ismli yigit bo’lib, u xudbinligi, sevgidan boylikni ustun qo’yishi tufayli fojiali o’lim topadi. Bor aybi oshkor bo’ladi. Birgina manfur kishining qismati tufayli asar “Amerika fojiasi” deb nomlanadi.

Aslida roman voqeaga chuqur tanqidiy yondashilgani, badiiy mahorat yuksakligi tufayli yaxshi asarlar qatoridan joy oldi. Asarning qudrati yana shundaki, qariyb yuz yildan buyon sevib o’qilmoqda.

ERNEST XEMENGUEY. Amerikaning yana bir buyuk yozuvchisi Ernest Xeminguey 1899-1961-yillarda yashab o’tgan. Hayoti bevosita urush yillariga to’g’ri kelgani uchun asarlarida ham aynan ana shu jarayonlar tasvirlanadi. O’z personajlari orqali dahshatli va sovuq urushga qarshiligi, adolatsizlik va qonli to’qnashuvlarga nafratini bayon etadi. “Bizning zamondoshlar” kitobidagi hikoyalarda bular og’ir-vazminlik bilan oshkor qilingan bo’lsa, “Alvido, qurol” romanida urush jarayonlari ifoda etiladi. Asarda Avstriya-Italiya frontida ro’y bergan voqealar yoritiladi.

Adibning “Tushdan keyingi o’lim” asarida buqalar jangi, matadorlarning o’limi va jarohatlangan otlar ta’sirli ifodalanadi. Uning barcha asarlarida umid va umidsizlik birinchi o’rinda turadi. “Toza va yorug’ joyda”, “Hayot yoki mamot” asarlarida hayot mohiyatini chuqur yoritadi, “Chol va dengiz” qissasida ham inson irodasi birgina chol qiyofasida gavdalantiriladi. Sant’yago obrazi shu qadar dadil va ishonchli yaratilganki, natijada asarning obro’ qozonishiga turki bo’lgan. 1952-yil ushbu asar uchun adib Nobel mukofotini olgan.

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida deyarli barcha sohada birinchilikni qo’ldan boy bermay kelayotgan AQSH badiiy adabiyoti bilan ham ibrat olarli qiyofaga ega. Avvalo, mamlakatda ijodkorlarning qadri balandligi, so’z san’ati namunalarining yuqori darajada ehtirom ko’rsatilishi bu soha taraqqiyotini ta’minladi. Eng yuksak insoniy qadriyatlarni ulug’lagan ushbu mamlakat adabiyoti ko’p jihatlari bilan dunyo badiiy adabiyoti kelajagini belgilamoqda.



II BOB. Nobel mukofoti

Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Ta’sis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga ko’ra, undan keyin qolgan mablag’ asosida Nobel jamg’armasi tashkil etildi; shu jamg’armaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng bo’linib, irqi, millati, jinsi va dinidan qat’i nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do’stligi va tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki o’zining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qo’shimcha Nobel mukofotini ta’sis etgan).

Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamg’armasidagi daromadga bog’liq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) bo’lgan mablag’dan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga ko’ra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari bo’yicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot bo’yicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar bo’yicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti a’zolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da o’tkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.

Alfred Nobelning vasiyatiga ko’ra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yo’nalish bo’yicha mukofotlar mavjud:

fizika bo’yicha: Nobel mukofoti,

kimyo bo’yicha: Nobel mukofoti,

fiziologiya va tibbiyot bo’yicha: Nobel mukofoti,

adabiyot bo’yicha: Nobel mukofoti,

jahonda tinchlik o’rnatish ishlari bo’yicha harakatlar uchun: (Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti).

2.1. Adabiyot bo’yicha nobel mukofoti sovrindorlari

1901. Rene SYULLI-PRYUDOM (1839-1907, Fransiya) - asarlarining adabiy ahamiyati, yuksak badiiyligi, hissiyot va intellektning uyg’unligi, shuningdek, ularda ilgari surilgan g’oyalar uchun.

1902. Teodor MOMMZEN (1817—1903, Germaniya) - tarixiy mavzuda ijod qilgan zamonaviy yozuvchilar ichida eng ulug’i, «Rim tarixi» yirik monumental tadqiqotining muallifi.

1903. Byornsterne Martini BYORNSON (1832—1916, Norvegiya)

— chin ilhom mahsuli bo’lgan ruh sofligi bilan ajralib turuvchi olijanob va keng qamrovli she’riyati hamda epik va dramatik iste’dodi uchun.

1904. Frederik MISTRAL (1830-1914, Fransiya) (1,2 mukofotlar)

— xalq ruhini haqqoniy aks ettiruvchi betakror va o’ziga xos she’riyati uchun. Xose Mariya Valdo ECHEGARAY-I-EYSAGIRRE ( (1,2 mukofotlar) (1832—1916, Ispaniya) — ispan dramasi an’analarini o’ziga xos original uslubda tiklagan ko’plab yorqin asarlari uchun.

1905. Genrik SENKEVICH (1846-1916, Polsha) - epos sohasidagi buyuk xizmatlari uchun.

1906. Jozue KARDUCHCHI (1835-1907, Italiya) - faqatgina she’riy asarlariga xos bo’lgan chuqur bilimdonlik va tanqidiy ruh uchungina emas, avvalo ularning ijodiy shiddati, uslubining yangiligi va lirik ta’sirchanligi uchun.

1907. Jozef Redyard KIPLING (1865-1936, Buyuk Britaniya) -kuzatuvchanligi, boy xayolot dunyosi, g’oyalarining buyukligi va yuksak hikoyachilik mahorati uchun.

1908. Pydolf Kristof EYKEN (1846-1926, Germaniya) - hayotning idealistik falsafasini himoya qilish va rivojlantirish yo’lidagi jiddiy izlanishlari, asarlariga xos bo’lgan o’tkir tafakkur kuchi, keng fikrlash doirasi, obrazlarning jonliligi va ishonchliligi uchun.

1909. Selma Ottiliana Loviza LAGERLYOF (1858—1940, Shvetsiya) — barcha asarlarini boshqalarnikidan ajratib turuvchi yuksak idealizm, boy xayolot dunyosi va ta’sirchanligi uchun.

1910. Paul Yoxann Lyudvig fon XEYZE (1830—1914, Germaniya)

— lirik shoir, dramaturg, romannavis va dunyoga mashhur hikoyalar muallifi sifatida o’zining uzoq va sermahsul ijod yo’li davomida yaratgan asarlarida namoyish etgan yuksak badiiy mahorati, idealizmi uchun.

1911. Moris METERLINK (1862-1949, Belgiya) - serqirra adabiy faoliyati, ayniqsa, tasavvur boyligi va poetik xayol parvozi bilan mashhur bo’lgan dramatik asarlari uchun.

1912. Gerxardt GAUPTMAN (1862-1946, Germaniya) - eng avvalo dramatik san`at sohasidagi sermahsul, rang-barang va buyuk xizmatlari uchun.

1913. Rabindranat TAGOR (1861—1941, Hindiston) - shoirning o’z so’zlari bilan aytganda, g’arb adabiyotining ajralmas qismiga aylangan she’riy tafakkuri aks etgan chuqur hissiyot bilan yo’g’rilgan betakror va ajoyib she’rlari uchun.

1914. Mukofot berilmagan.

1915. Romen ROLLAN (1866—1940, Shvetsiya) - asarlarining yuksak darajadagi idealizmi, turli inson tiplarini tasvirlashda odamzodga hamdardligi, haqiqatga sodiqligi uchun.

1916. Karl Gustav Verner fon XEYDENSTAM (1859-1940, Shvet­siya) — jahon adabiyotidagi yangi bosqichning eng yorqin namoyandasi sifatida.

1917. Karl Adolf GELLERUP (1857-1919, Daniya) (1,2 mukofotlar) - poetik ijodining rang-barangligi va yuksak ideallari uchun. Xenrik PONTOPPIDAN (1857-1943, Daniya) (1,2 mukofotlar) — zamonaviy Daniya voqeligini haqqoniy aks ettirgan asarlari uchun.

1918. Mukofot berilmagan.

1919. Karl Fridrix Georg SHPITTELER (1844—1924, Shveytsariya) -1- «Olimpiya bahori» bebaho eposi uchun.

1920. Knut GAMSUN (G’amsun) (1857-1952, Norvegiya) - «Yer sharbati» monumental romani uchun.

1921. Anatol FRANS (1844—1924, Fransiya) - uslubining nafisligi, chuqur hamdardlik hissi bilan yo’g’rilgan gumanizmi va haqiqiy galliklarga xos shavqi bilan ajralib turuvchi ajoyib ijod mahsullari uchun.

1922. Xasinto BENAVENTE-I-MARTINES (1866-1954, Ispaniya) — sharafli ispan dramasi an’analarini davom ettirishdagi ajoyib mahorati uchun.

1923. Uilyam Batler YITS (1865-1939, Irlandiya) - irland milliy ruhini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalovchi ilhombaxsh she’riy ijodi uchun.

1924. Vladislav Stanislav REYMONT (1867-1925, Polsha) - buyuk milliy epos — «Erkaklar» romani uchun.

1925. Jorj Bernard SHOU (1856-1950, Irlandiya) - idealizm va insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan ijodi uchun, ajoyib poetik go’zallik bilan uyg’un o’tkir hajviyoti uchun.

1926. Grasiya DELEDDA (1871—1936, Italiya) - qadrdon Sardiniya oroli hayoti yorqin aks etuvchi idealizm ruhi bilan sug’orilgan asarlari, shuningdek, umuman, insoniyat muammolariga chuqur yondashuvi uchun.

1927. Anri BERGSON (1859—1941, Fransiya) - g’oyalarining yorqinligi va hayotbaxshligi uchun, shuningdek, ushbu g’oyalarni aks ettirishdagi mahorati uchun.

1928. Sigrid UNSET (1882-1949, Norvegiya) - o’rta asrlar Skandinaviyasining yodda muhrlanib qoluvchi tasviri uchun.

1929. Tomas MANN (1875—1955, Germaniya) — avvalo zamonaviy adabiyotning mumtozi bo’lib qolgan va shuhrati o’sishdan to’xtamagan buyuk «Budden-broklar» romani uchun.

1930. Cinkler LYUIS (1885-1951, AQSH) - kuchli va ta’sirchan nosirlik mahorati, shuningdek, yangi tip va xarakterlar yaratishdagi noyob hajv va yumor qobiliyati uchun.

1931. Erik KARLFELDT (1864-1931, Shvetsiya) - she’riyati uchun (mukofot o’limidan so’ng topshirilgan).

1932. Jon GOLSUORSI (1867-1933, Buyuk Britaniya) - cho’qqisi «Forsaytlar haqida saga» bo’lgan yuksak darajadagi nosirlik mahorati uchun.

1933. Ivan Alekseyevich BUNIN (1870—1953, Rossiya—Fransiya) -rus an’anaviy nasri an’analarini qat’iyat bilan davom ettirishdagi mahorati uchun.

1934. Luidji PIRANDELLO (1867-1936, Italiya) - dramatik va sahna san’atini qayta tiklashdagi ijodiy mahorati va ixtirolari uchun.

1935. Mukofot berilmagan.

1936. Yujin O’NIL (1888—1953, AQSH) - tragediya janrini yangicha talqin qiluvchi dramatik asarlarining ta’sir kuchi, haqqoniyligi va chuqurligi uchun.

1937. Roje MARTEN DYU GAR (1881-1958, Fransiya) - «Tibo oilasi» romanida inson tasvirining badiiy kuchi va haqqoniyligi, shuningdek, bugungi kun hayotining muhim jihatlari aks etgani uchun.

1938. Pyorl BAK (1892—1973, AQSH) - xitoy dehqonlari hayotini serqirra, tom ma’nodagi epik tasviri hamda biografik asarlari uchun.

1939. Frans Emil SILLANPYA (1888-1964, Finlyandiya) - fin dehqonlarining hayotiga chuqur kirib borganligi va dehqonlarning urf-odatlari va tabiat bilan bog’liqligini ajoyib san’at darajasida ko’rsatgani uchun.

1940-1943. Mukofot berilmagan.

1944. Yoxannes YENSEN (1873—1950, Daniya) - poetik xayolot dunyosi bilan intellektual zehn va ijodiy o’ziga xoslik uyg’un bo’lgan noyob qudratga ega ijodiy uslubi uchun.

1945. Gabriyela MISTRAL (1889—1957, Chili) - uning nomini butun Lotin Amerikasi adabiyotining idealistik orzu-intilishlari timsoli darajasiga ko’targan haqiqiy hissiyotlarga boy she’riyati uchun.

1946. German XESSE (1877—1962, Germaniya) - mumtoz adabiyot uchun xos bo’lgan xususiyatlar, insonparvarlik g’oyalari yaqqol aks etib turuvchi ilhombaxsh ijodi hamda ajoyib uslubi uchun.

1947. Andre JID (1869—1951, Fransiya) — insoniy muammolar haqiqatga mardona muhabbat va sadoqat ruhi bilan yo’g’rilgan holda taqdim etilgan teran mazmunli va badiiy jihatdan qimmatli asarlari uchun.

1948. Tomas Sternz ELIOT (1888—1965, Buyuk Britaniya) -zamonaviy she’riyatga qo’shgan buyuk novatorona hissasi uchun.

1949. Uilyam FOLKNER (1897-1962, AQSH) - zamonaviy Amerika romani taraqqiyotiga badiiyat nuqtai nazaridan qo’shgan ulkan hissasi uchun.

1950. Bertran RASSEL (1872—1970, Buyuk Britaniya) - insonparvarlik ideallari va fikr erkinligi g’oyalarini ilgari suruvchi rang-barang va sermazmun asarlari uchun.

1951. Per Fabian LAGERKVIST (1891-1974, Shvetsiya) - ijodi bilan insoniyat oldida turgan azaliy savollarga javob axtargan yozuvchi mulohazalarining badiiy kuchi va mutlaq erkinligi uchun.

1952. Fransua MORIAK (1885—1970, Fransiya) - romanlarida hayotiy dramalarni inson ruhiyatini chuqur aks ettirgan holda ko’rsatgani va ularning badiiy qudrati uchun.

1953. Uinston Leonard Spenser CHERCHILL (1874—1965, Buyuk Britaniya) — tarixiy va biografik xarakterdagi asarlaridagi yuksak mahorati uchun hamda oliy insoniy qadriyatlarni ilgari surgan tengsiz notiqlik san’ati uchun.

1954. Ernest Miller XEMINGUEY (1899-1961, AQSH) - yana bir marotaba «Chol va dengiz» asarida namoyish etgan nosirlik mahorati, shuningdek, zamonaviy nasrga ko’rsatgan ta’siri uchun.

1955. Xaldour Kulyai LAKSNESS (1902, Islandiya) - asarlarining Islandiya buyuk hikoyachilik san’atini takror namoyish etgan yorqin epik kuchi uchun.

1956. Xuan Ramon XIMENES (1881—1958, Ispaniya) - ispan she’riyatidagi ruh yuksakligi va badiiy soflik namunasi bo’lgan she’rlari uchun.

1957. Alber KAMYU (1913—1960, Fransiya) - inson vijdoni ahamiyatini aks ettirgan asarlari bilan adabiyotga qo’shgan ulkan hissasi uchun.

1958. Boris Leonidovich PASTERNAK (1890-1960, Rossiya) -zamonaviy lirikada erishgan sezilarli yutuqlari, shuningdek, buyuk rus epik romani an’analarini davom ettirgani uchun.

1959. Salvatore KVAZIMODO (1901-1968, Italiya) - bugungi kunimizning fojeiy tajribasini mumtozlik darajasida jonli tasvirlagani uchun.

1960. Sen-Jon PERS (1887—1975, Fransiya) - bugungi kunimizni aks ettiruvchi yuksak va obrazli she’riyati uchun.

1961. Ivo ANDRICH (1892—1975, Serbiya) - insoniy taqdirlarni hamda o’z mamlakati tarixi bilan bog’liq muammolarni to’laqonli ochib ko’rsatishga imkon bergan epik qobiliyati uchun.

1962. Jon STEYNBEK (1902-1968, AQSH) - nozik yumor va o’tkir ijtimoiy nigohi bilan uyg’un realistik hamda shoirona qobiliyati uchun.

1963. Georgos SEFERIS (1900-1971, Gretsiya) - qadimgi ellinlar davri madaniyatini chuqur his qilishidan dalolat beruvchi lirik she’rlari uchun.

1964. Jan Pol SARTR (1905—1980, Fransiya) - davrimizga ulkan ta’sir ko’rsatgan g’oyalarga boy, ozodlik va haqiqatni izlash ruhi bilan yo’g’rilgan ijodi uchun. (Mukofotni olishdan bosh tortgan).

1965. Mixail Aleksandrovich SHOLOXOV (1905—1984, Rossiya) -Rossiya uchun tub burilish davridagi don kazaklari haqidagi eposining badiiy quvvati va to’laqonliligi uchun.

1966. Shmuel Yozef AGNON (1888-1970, Isroil) (1,2 mukofotlar)

— yahudiy xalq ohanglari bilan yo’g’rilgan nihoyatda chuqur, o’ziga xos nosirlik san’ati uchun. Nelli ZAKS (1891—1970, Germaniya) (1,2 mukofotlar) - yahudiy xalqi taqdirini ta’sirchan tadqiq etuvchi buyuk lirik va dramatik asarlari uchun.

1967. Migel ASTURIAS (1899—1974, Gvatemala) - zamirida Lotin Amerikasi hindulari hayotiga qiziqish hissi yotuvchi yorqin ijod mahsullari uchun.

1968. Yasunari KAVABATA (1889-1972, Yaponiya) - yapon ongi mohiyatini ochib beruvchi yozuvchilik mahorati uchun.

1969. Semyuel BEKKET (1906-1989, Irlandiya) - nasr va dramaturgiya sohasidagi zamonaviy inson fojiasi mavzusi cho’qqi darajasiga ko’tarilgan novatorona asarlari uchun.

1970. Aleksandr Isayevich SOLJENITSIN (1918, Rossiya-AQSH)

— buyuk rus adabiyotining o’lmas an’analarini davom ettirishdagi ma’naviy qudrati uchun.

1971. Pablo NERUDA (1904-1973, Chili) - butun bir qit’a taqdiri va orzu-intilishlarini o’zida mujassam etuvchi shiddatli she’riyati uchun.

1972. Genrix BYOLL (1917—1985, Germaniya) - nemis adabiyoti­ning qayta tiklanishiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan, voqelikning keng qamrovli manzarasini yaratish bilan xarakter kashf etish san’atining uyg’unligini yuksak darajada namoyon etuvchi ijodi uchun.

1973. Patrik Viktor Martindeyl UAYT (1912, Avstraliya) - yangi adabiy qit’ani kashf etishdagi epik va psixologik mahorati uchun.

1974. Eyvind YONSON (1900-1976, Shvetsiya) (1,2 mukofotlar)

— ozodlikka xizmat qiluvchi zamon va makon bilmas nosirlik san’ati uchun. MARTINSON Xarri (1904-1978, Shvetsiya) (1,2 mukofotlar)

— shudring tomchisidan koinotgacha — barchasini qamrab olgan ijodi uchun.

1975. Eudjenio MONTALE (1896—1981, Italiya) - hayotga chuqur va teran nigohi bilan ajralib turuvchi buyuk she’riyati uchun.

1976. Sol BELLOU (1915, AQSH) - ijodiga xos bo’lgan insonparvarlik bilan zamonaviy madaniyat nozik tahlilining uyg’unligi uchun.

1977. Visente ALEYKSANDRE (1898—1984, Ispaniya) - insonning koinotdagi va zamonaviy jamiyatdagi holatini aks ettiruvchi, ayni paytda jahon urushlari oralig’ida ispan she’riyati an’analari qayta tiklanayotganining dalili bo’lgan buyuk she’riy ijodi uchun,

1978. Isaak Bashevis ZINGER (1904-1991, AQSH) - o’z ildizlari bilan polyak-yahudiy madaniy an’analariga borib taqaluvchi, shu bilan birga azaliy muammolarni ilgari suruvchi ta’sirchan nosirlik mahorati uchun.

1979. Odiseas ELITIS (1911, Gretsiya) - yunon an’analari yo’lida kuchli hissiyot va aqliy tafakkur bilan zamonaviy insonning ijod erkinligi hamda huquqi uchun kurashini tasvirlovchi she’riyati uchun.

1980. Cheslav MILOSH (1911, Polsha) - muammolar bilan to’lib-toshgan dunyoda insonning himoyasizligini tiniq nigoh bilan mardona ko’rsatganligi uchun.

1981. Elias KANNETTI (1905, Avstriya) - dunyoqarashining kengligi, g’oyalarga boyligi va badiiy kuchi bilan e’tibor qozongan asarlari uchun.

1982. Gabriel GARSIA MARKES (1928, Kolumbiya) - xayolot va reallik qo’shilib, butun bir qit’a hayoti va ziddiyatlarini aks ettiruvchi hikoya va romanlari uchun.

1983. Uilyam GOLDING (1911, Buyuk Britaniya) - realistik nasr san’ati aniqligi asotir rang-barangligi va xilma-xilligi bilan uyg’unlashib, insonning bugungi kundagi hayoti mohiyatini anglashga ko’mak beruvchi romanlari uchun.

1984. Yaroslav SEYFERT (1901—1986, Chexiya) - o’ziga xosligi, hissiyot va tasavvurga boy dunyosi bilan ajralib turuvchi hamda ruh erkinligi, inson qobiliyatlari kengligidan dalolat beruvchi she’riyati uchun.

1985. Klod Ejen Anri SIMON (1913, Fransiya) - ijodida inson hayoti ma’nosini ochib berishda davrni chuqur his etish tuyg’usini she’riy va tasviriy asos bilan uyg’unlashtirishga erishgani uchun.

1986. Vole SHOINKA (1934, Nigeriya) - ulkan istiqbolga ega bo’lgan madaniyat teatri va she’riyat yaratgani uchun.

1987. Iosif BRODSKIY (1040-1996, Rossiya-AQSH) - tiniq fikr va she’riy ehtiros bilan yo’g’rilgan keng qamrovli ijodi uchun.

1988. Najib MAHFUZ (1911, Misr) - butun hisoniyatning mulki bo’lib qolgan ba’zan o’ta realistik, ba’zan shartli-ramziy tasvir almashinib turuvchi asarlarida arab nasri san’atini namoyish etgani uchun.

1989. Kamillo Xose SELA (1916, Meksika) — inson ojizligini bosiq hamdardlik bilan ko’rsatuvchi sermazmun nasri uchun.

1990. Oktavio PAS (1914—1998, Meksika) - serhissiyot intellekt va insonparvarlik tuyg’ulari bilan to’liq ehtirosli asarlari uchun.

1991. Nadin GORDIMER (1923, JAR) - Alfred Nobelning ta’biri bilan aytganda, o’zining ajoyib eposlari bilan insoniyatga ulkan foyda keltirgan.

1992. Derek UOLKOTT (1930, Trinidad) - san’atga sadoqatini namoyish etuvchi yorqin she’riy ijodi uchun.

1993. Toni MORRISON (1930, AQSH) - Amerika voqeligining keng ko’lamli manzarasini o’zining orzularga va shoirona ruhga to’la romanlarida aks ettirgani uchun.

1994. Kenzaburo OE (1935, Yaponiya) — reallik va asotirlar qo’shilib bugungi kun voqeligi manzaralarini she’riy qudrat bilan aks ettiruvchi xayoliy dunyo yaratgan asarlari uchun.

1995. Sheymas XINI (1939, Irlandiya) - o’tmishni kundalik mo’jizalari bilan qayta tiriltiruvchi she’riy joziba va chuqur etik mazmun bilan yo’g’rilgan asarlari uchun.

1996. Vislava ZIMBORSKA (1923, Polsha) - inson hayoti manzaralarida tarixiy va biologik kontekstni o’tkir kinoya bilan aks ettiruvchi she’riyati uchun.

1997. Dario FO (1926, Italiya) - hukumat tanqidi va xo’rlanganlar sha’nini himoya qilishda o’rta asr masxarabozlaridan qolishmaydi.

1998. Joze SAMARAGO (1922, Portugaliya) - xayol, hamdardlik va kinoya bilan yo’g’rilgan rivoyatlar yordamida tasavvur mahsuli bo’lgan voqelikni anglash imkoniyatini beruvchi asarlari uchun.

1999. Grass GYUNTER (1927, Germaniya) - o’tmishning unutilib ketgan qiyofasini quvnoq va g’amgin tasvirlagan asarlari uchun.

2000. Sinjuan GAO (1940, Xitoy) - jamiyat hayotini sinchkovlik va zukkolik bilan tasvirlab Xitoy romani va dramaturgiyasiga yo’l ochib bergan asarlari uchun.

2001. Vidyaxar Suradjprasad NAYPOL (1950, Trinidad) - nails hikoyachilik san’ati, shuningdek, o’quvchini kamsitilgan madaniyatlar ham mavjudligi to’g’risida o’ylashga majbur qila bilish mahorati uchun.

2002. Imre KERTES (1928, Vengriya) - insonning nozik qalbi tarixning vahshiyona shafqatsizligiga qarshi qo’yilgan ijodi uchun.

2003. Jon Maskvell KEZEE (Janubiy Afrika) - ajoyib kompozitsiyasi, ko’p ma’noli dialog va tahlilning chuqurligi bilan xarakterlanuvchi, Defo va Kafka an’analari izidan borib inson yolg’izligi mohiyatini ochib beruvchi asarlari uchun.

2004. Elfrida Elinek (Avstriya) — «Pianinochi» romani uchun.

2005. Garold Pinter — dramaturg ( Buyuk Britaniya).

2006. O’rxan Pamuk (Turkiya).

2007. Doris Lessing (Buyuk Britaniya).

2.1 Amerika adabiyotida nobel mukofoti sovrindorlari

1930 - Sinclair Lyuis (1885-1951)

Amerika yozuvchisi. 1930-yilgi Nobel mukofoti "Nobel mukofoti uchun" o’zining qudratli va chizilgan san’ati va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan.

1936 - Eugene Gladton O’Neill (1888-1953)

Amerika yozuvchisi. Eugene (Glandston) O’Nil 1936-yili Adabiyot uchun Nobel mukofoti va Pulitser mukofotlari to’rtta ashulalari uchun: Horizon (Beyond the Horizon) (1920); Anna Christie (1922); G’alati Interlude (1928); va "Uzoq kunlik tunga" (1957). Nobel mukofoti laureati "favqulodda favqulodda kontseptsiyani o’zida aks ettiruvchi dramatik ishlarining kuchi, halolligi va chuqur hissiyotlari" uchun g’olib chiqdi.

1948 - Tomas Stearns Eliot (1888-1965)

Ingliz-amerikalik yozuvchi. 1948 yilgi adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti "bugungi kunda she’riyatga bo’lgan ulkan kashshof hissasi uchun".

1954 - Ernest Miller Xeminguey (1899-1961)

Amerika yozuvchisi. Qisqasi uning ixtisosi edi. 1954 yili Nobel adabiyotida « Qadimgi Man va dengizda namoyish etilgan va zamonaviy uslubda ta’sir ko’rsatgan ta’sirga ega bo’lgan hikoya san’ati ustasi uchun"

1962 - Jon Steinbeck (1902-1968)

Amerika yozuvchisi . 1962 yilgi adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti "o’zining samimiy va ijodkor asarlariga ko’ra, ular birlashtirib, xushmuomala hazil va qat’iy ijtimoiy tasavvurga ega".

1976 - Shoul Bellow (1915-2005)

Amerika yozuvchisi. 1976 yilgi Nobel mukofoti "Adabiyot sohasidagi insoniy tushunchasi va uning zamonaviy madaniyatini chuqur tahlil qilish uchun".

1980 yil - Czeslaw Milosz (1911-2004)

Polshalik-amerikalik yozuvchi . Nobel mukofoti sohibi 1980 yilgi Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

1993 - Toni Morrison (1931-)

Amerika yozuvchisi. Nobel mukofoti uchun 1993 yilda "hayotning ajralmas kuchiga va poetik imo-ishoralar bilan ajralib turadigan romanlarga" erishildi.



Xulosa

Adabiyot va san’at tarbiyalamagan qalb “eng past balli silkinishlarga” dosh berolmay, to’kilib ketadi. Bu – asrlar osha isbotlangan haqiqat. Adabiyotning kishilik ongu tafakkurida, ma’naviy olami, madaniy taraqqiyotida tutgan o’rnidan xabari bor, kalom san’atining nima uchun paydo bo’lgani-yu uning bosh vazifasi nimaligini bilganlarga bu gaplarni gapirib o’tirish ortiqchaday tuyulishi mumkin.

Adabiyot bu tarbiya vositasidur.

Adabiyot o’ladimi?!” degan savol bilan chiqqandi. Garchi o’sha payti hurmatli adibimizning o’zi ham, shu bahsda ishtirok etganlar ham “Adabiyot o’lmaydi!” degan o’ta ko’tarinki ruhdagi chiqishlar qilishgan bo’lsa-da, adabiyot o’zining ta’sir hududlarini, qamrov doirasini butun dunyoda o’tgan yigirma yil ichida yana ham ko’proq boy berdi.

Adabiyot hech qachon o’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Internet ma’lumotlar:

www.AIM.uz

www.ziyonet.uz

www.google.ru

www.yahho.com



www.arxiv.uz

www.5baho.uz
Download 46.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling