Mavzu: Respublikamizning noyob durdona ob’yekti bo’lgan g’oza genetik kolleksiyasining materiallari bilan tanishish


Download 77 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi77 Kb.
#1011799
  1   2   3
Bog'liq
GENETIKA QO\'LLANMA


1-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Respublikamizning noyob durdona ob’yekti bo’lgan g’oza genetik kolleksiyasining materiallari bilan tanishish.
Paxta tolasi dunyo toʻqimachilik sanoati uchun tabiiy tolaning eng ulkan va qayta tiklanuvchi manbai hisoblanadi. U oʻzining nafisligi va havo oʻtkazuvchanlik kabi xususiyatlari, shuningdek, ekologik sof mahsulot ekanligi bilan sunʼiy tolalarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu sababli, butun dunyoda paxta tolasiga boʻlgan talab aslo kamaymaydi.
Oʻzbekiston paxta yetishtirish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yurtimiz gʻoʻza maydonlarida asosan ikki tur, oʻrta tolali (Gossipium hirsutum) va ingichka tolali (Gossipium barbadense) gʻoʻza navlari yetishtiriladi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari tola sifatining yuqori ekanligi bilan alohida xarakterlanadi. Biroq, ushbu turga mansub gʻoʻza navlari issiq iqlimga moslashgan boʻlib, Oʻzbekistonning faqatgina janubiy mintaqalarida yetishtirishning imkoni mavjud. Boz ustiga, hosildorligi va tolasining chiqimi ham oʻrta tolali gʻoʻza navlarinikiga nisbatan birmuncha past hisoblanadi. Dunyo paxta tolasi ulushining 95 foizdan yuqori qismini yetkazib beruvchi oʻrta tolali gʻoʻza navlari oʻzining hosildorligi, tola chiqimining yuqoriligi bilan boshqa tur gʻoʻza navlaridan ajralib turadi. Shunga qaramay, oʻrta tolali gʻoʻza navlarining ham oʻziga yarasha kamchiliklari mavjud, bu esa ulardagi tola sifati bilan bogʻliq koʻrsatkichlardir,ular ingichka tolaga nisbatan kalta, dagʻalroq va mustahkamligi past boʻladi.
Dunyo paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli, tabiatning turli noqulayliklariga bardoshli gʻoʻza navlarini yaratisheng muhim vazifalardan sanaladi. Gʻoʻza seleksiyasining anʼanaviy usullari asosida yangi navlarni yaratish bir muncha uzoq vaqt, sarf-xarajat talab etib, tabiatning noqulayliklari ham seleksion jarayonlarga salbiy taʼsir etadi. Bugungi kunga kelib, qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasiga DNK — markerlar texnologiyasi va RNK — interferensiyasi kabi zamonaviy biotexnologik vositalarning jalb etilishi sohada yuqori natijalarga erishish imkonini bermoqda. Xususan, Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan ilk bor gen-nokaut (RNK — interferensiyasi) hamda markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyalari asosida qisqa muddatda, tola sifati yuqori, uzunligi 38-40 mm. va mustahkamligi 36 gs/teks boʻlib, ingichka tolali gʻoʻza navlarinikidan qolishmaydi, suv tanqisligiga, shoʻrga va kasalliklarga chidamli, hosildorligi oddiy gʻoʻza navlariga nisbatan oʻrtacha 20 foizga koʻp boʻlgan oʻrta tolali “Porloq” va “Ravnaq” gʻoʻza navlari seriyasi yaratildi. Markaz olimlarining qoʻlga kiritgan ushbu yutuqlari xalqaro miqyosda eʼtirof etilib, gen-nokaut “genlar faoliyatini oʻchirib qoʻyish” texnologiyasi AQSH, Rossiya va Misr davlatlari patentini qoʻlga kiritdi.
Hozirda, “Porloq” navlari respublikamiz fermer xoʻjaliklari tomonidan jami 46 ming gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilmoqda. Joriy yilda “Porloq-1” gʻoʻza navi Surxondaryo viloyatida 4200 gektar maydonda yetishtirilib, yuqori hosil olishga erishilmoqda. Xususan, Termiz tumanidagi “Yangi ariq Surxon Saxovati” fermer xoʻjaligida 18 gektar hamda Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Munchoqtepa istiqboli” fermer xoʻjaligida 40 gektar maydonda yetishtirilib, gektaridan 40 sentnerdan hosil olindi.
— “Porloq-1” gʻoʻza navini 2013-yildan buyon ekib, har yili gektaridan 40 sentnerdan oshiq hosil yetishtirishga erishib kelmoqdamiz, — deydi — “Munchoqtepa istiqboli” fermer xoʻjaligi rahbari Marziya Ismoilova. — Ushbu nav viloyatimiz iqlim-sharoitiga mos boʻlib, yozning issiq garmsel shamoliga va suvsizlikka chidamliligi hamda koʻp hosil toʻplash xususiyatlari bilan fermerlar qiziqishiga sabab boʻlmoqda.
Buxoro viloyatidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 2013-yildan Porloq-2 gʻoʻza navi ekilib, yuqori hosil olib kelinmoqda. Maʼlumki Buxoro viloyatida fuzoriozli vilt kasalligi va tuproqning shoʻrlanishi natijasida koʻplab gʻoʻza nihollari nobud boʻladi. Mazkur gʻoʻza navi nafaqat tola sifatining yuqoriligi, balki tuproq shoʻrlanishiga hamda fuzariozli vilt kasalligiga chidamliligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi.
Bugungi kunga kelib “Porloq” gʻoʻza navi paxta tolasi yurtimizda yetishtiriladigan boshqa navlarnikiga qaraganda 12 foizga qimmatroq narxda sotilib, jahon bozorida katta talabga egaligi bilan ajralib turadi.
2-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Genetik masalalarning xillari, ularni yechish printsiplari va genetik tahlil o`tkazishni o`rganish.
3- Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Mono, diduragay va Poliduragay chatishtirishga doir masalalarni yechish va ularni tahlil qilish.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling