10-Mavzu: Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturlari


Download 19.94 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1202347
  1   2
Bog'liq
10м-Mavzu


10-Mavzu:Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturlari.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish o‘quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo‘lib, u didaktik prinsiplarga va talabalarning texnologiya tayyorgarligiga dastur talablariga mos kelishi kerak, shuning uchun rejalashtirishga ko‘proq e’tibor berish lozim, busiz ta’lim va tarbiya ishida yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish—yo’nalishning tayyorlov o‘quv rejasi, ishchi o‘quv rejalari va dasturini bajarilishini, o‘quv materialining mazmunini to‘liq javob beradigan ob’ektlarni to‘g‘ri tanlashni, boshqa fanlar bilan aloqani o‘quv moddiy bazadan oqilona foylanishning, asbob-uskuna bilan taminlashni, ko‘rgazmali va o‘quv qo‘llanmalar bilan taminlashni, o‘quv dasturlariga binoan o‘qituvchilarning kalendar ishchi o‘quv rejalarini bajarilishini, texnologiyani ilmiy tashkil etish talablariga muvofiq ravishda yo‘lga qo‘yishni ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish ikki qismdan, ya’ni birinchisi, Davlat ta’limi talablari asosida o‘quv rejalarni va fanlarni namunaviy dasturlarini ishlab chiqish,ikkinchisi mutaxassislik fanlarini o‘qitadigan o‘qituvchilarini o‘z faoliyat olib boradigan ishlarini rejalashtirishlaridan iborat. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish vaqtida quyidagi xujjatlar tuzib chiqiladi:
o‘quv uslubiy majmualari
kalendar ishrejalari
kalendar—mavzu rejasi;
shaxsiy ish reja
o‘quv ishlab chiqarish ishlarining tro‘yhati;
yig‘ma mavzuli reja;
aniq mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lgan dars rejasi;
Texnologiya ta’limi yo’nalishi bo’yicha Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim tug‘ri sida»gi Qonuni, Uzbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chikish va joriy etish tug‘risida»gi 5 - sonli qarori,Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 24 iyundagi 293-sonli karori bilan tasdiqlangan “Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markazi tug‘risida Nizom”, Uzbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiklash tug‘risida»gi 343-sonli qarori,Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish tug‘risida»gi 2004 yil 20 iyulidagi 341-sonli qarori, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy muassasalarining moddiy-texnika bazasini mutaxas sislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari tug‘risida»gi PQ-1533- sonli qarori, Uzbekiston Resiublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 18 iyuldagi “Yangilangan «Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori»ni ijro va amalda foydalanish uchun qabul kilish tug‘risida”gi 302-sonli buyrugi, Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 14 maydagi «Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori»ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tug’risida”gi 158-sonli buyrug‘i kabi hujjatlarga asoslanadi.
Texnologiya ta’limi yo’nalishi bo’yicha Davlat ta’lim standarti Davlat hujjati hisoblanib, unda bir necha punketlarda qo’llanish sohasi, foydalaniladigan atamalar, ta’riflar, qisqartmalar, ta’lim yo’nalishining tavsifi, yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi, kasbiy faoli yatining soxalari, kasbiy faolitning qamrash jabhalari va ob’ektlari, kasbiy faoliyati turlari, kasbiy moslashuv imkoniyatlari, ta’limii davom ettirish imkoniyat lari,tayyorgarlik darajasiga kuyiladigan talablar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tashkiliy-boshkaruv faoliyati, ta’lim muassasalarida olib boriladigan ilmiy-pedagogik va pedagogik ishlar, ishlab chikarish faoliyati, ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga kuyiladigan talablar, gumanitar va ijtimoiy-iktisodiy,matematik va tabiiy-ilmiy,umumkasbiy, ixtisoslik, qo’shimcha va tanlov fanlariga, malakaviy amaliyot, pedagogik amaliyot, kurs va bitiruv malakaviy ishi, ta’lim dasturlarini uzlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga belgi langan, ta’lim dasturlarini uzlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan sharoit larga belgilangan, o‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash bo’yicha, ta’lim jarayonini ukuv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlash, o‘quv jarayonkning moddiy-texnika bazasi bo’yichakabi quyiladigan talablar ko’rsatilgan bo‘ladi. Shuningdek,tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baxolash tartibi, Davlat ta’lim standartining amal kilish muddati,yo’nalishi bo’yicha ta’lim dasturinig tuzili shi, bibliografik ma’lumotlar va kelishilgan vazirlik va qumitalar ruyxati ko’rsatilgan bo‘ladi.

Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling