10-mavzu. Evropa ittifoqi doirasida standartlashtirish
Download 47.95 Kb.
|
10-mavzu. Evropa ittifoqi doirasida standartlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMT Ye vrop a iqtisodiy komissiyasi
- Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya - (ILAC)
- S - Yevropa ittifoqida sertifikatlashtirish. Ye
10-mavzu. Evropa ittifoqi doirasida standartlashtirish 1 Evropa standartlashtirish qo‘mitasi (SEN). 2.SEN tashkiliy tuzilmasi. 3.Evropa elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha qo‘mita, 4.Evropa ittifoqida texnik jihatdan tartibga solish tizimi. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi o‘zaro tan olish to‘g‘risida ko‘p tomonlama kelishish va ikki tomonlama faoliyatga yo‘naltirilgan "Sinov natijalarini tan olish" tavsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjat sinov laboratoriyalarini akkreditlash amaliyotini takomillashtirishda ijobiy o‘rin tutadi. Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti /EOK/ vazifalariSifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Evropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferensiyasi chaqirilgan yili - 1957 yilda tashkil topdi. Biroz keyinroq uni nizomi ham tasdiklandi. YeOKK ning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va amaliy masalalarini xal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning dolzarb muammolari bo‘yicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taaluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (EES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKK ning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqilgan. U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (EOKK) deb ataladi. Sifat bo‘yicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos buluvchi xujatlari YeOKK – ning nizomi ish tartibi qoidalari, qo‘mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar bo‘yicha yo‘nalish rejalari mavjuddir. YeOK tarkibida 26 - ta to‘liq huquqli a’zolari, 12 – ta jamoa muxbir a’zolari hamda 37 – ta alohida muxbir a’zolari va 10 - ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 - tasi bilan bitimlariga egadir. YeOK maxsus bitimlari asosida sifat bo‘yicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, yangi Zelandiya, AKSh, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintakaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdustlik aloqalari o‘rganilgan. YeOK ning oliy lavozim egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - kengash, ijroiya qo‘mitasi va sekretariatdir. YeOK ning ish yuritish rasmiy tillari ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy - texnikaviy jurnali Kvolitiga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi. Hozirgi vaqtda YeOK ning 12 ta texnikaviy qo‘mitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo‘yicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funksional – baholashni taxlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHM ning matematik ta’minlanishida sifat, sifat to‘garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavdjuddir. Bular quyidagilar: Avtomobil Energetika Qurilish Oziq-ovqat Farmasevtika Sifat masalalari bo‘yicha maslaxatlar ko‘rsatish. Texnikaviy qo‘mitalar va tarmoq seksiyalari YeOK ning to‘liq huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOK ning a’zo mamlakatining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujatlaridan foydalanadi. Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya - (ILAC) 1977 yil (Kopengagen, Daniya)da birinchi bo‘lib tashkil etilgan. Konferensiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik to‘siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo‘li bilan xalqaro darajadagi tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o‘zaro ishonchliligini o‘rnatish asosiy yo‘nilishdir. ILAC o‘zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko‘zda tutadi: akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish; milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi). O‘tgan asrning 90-yillarining o‘rtalarida Yevropa Ittifoqida (ES) ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo‘yicha yangi siyosat qabul qilindi. ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO /IES Rukovodstvo 2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat. Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. ILAC (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAC ning yaratilishidan milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish. 1980 yilda chakirilgan ILAC ning konferensiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi. Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo‘ldi: Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi; Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan). Shu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi. Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. Shu masalalarda har doim ILAC o‘z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror qildi. 1983 yili ILAC tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - IES 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir. ILAC tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Bunga misol tariqasida YeES mamlakatlari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 45000 standartini ko‘rsatish mumkin. YeS - Yevropa ittifoqida sertifikatlashtirish. YeS Kengashi 1985 yilda asosiy standartlar va talablarini belgilash bo‘yicha ularning texnikaviy uyg‘unligi to‘g‘risida Direktivalar qabul qilgan. Yevropadagi iqtisodiy uyushma (Evropeyskoe ekonomicheskoe soobщestvo - YeES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. YeES ning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushma olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Yevropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlat lar orasida bojxonalar yo‘q kilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi. 1972 yili bu uyushmada Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gresiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa YeES tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlandiya va Shvesiya) vakillari bilan tuldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga yetdi. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ushmasining doimiy idorasi - Yevropa kengashi (ES) hisoblanadi. YeS ning vazirlar kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan. Yevropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi (EOUS) ham kiradi. Yevropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bo‘lar esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standartlariga mos keladi. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (CEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Yevropa qo‘mitalari (CENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standlartlar sinov laboratoriyalarini sertifikatlashtirish. Sifatga e’tiborni kuchaytiradigan ba’zi omillarni ta’kidlaydigan bo‘lsak, avvalambor bu, Yevropa bozorining narx raqobati kuchli bo‘lgan sifatli mahsulotlarni ko‘payishi yaqqaol ko‘zga tashlanadi. Bu esa o‘z navbatida sifatli mahsulot ishlab chiqarilishiga asos soladi. Umumiy bozorni tashkil qilish – ularning raqobatlashishi keyinchalik rivojlanishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan omil, shuning uchun yangi yo‘nalishlarni izlash davom etmoqda. Izlanishlar shuni ko‘rsatayaptiki ba’zi Yaponiya va Amerika davlatlari kompaniyalari bu yo‘nalishlarda Yevropaliklardan o‘zib ketgan. F.Krosbi assotsiatsiyasining izlanishlariga asoslanadigan bo‘lsak bir nechta, dunyo miqyosida tanilgan firmalar tekshirilganda Amerika va Yevropadagi sifatning raqobatlashishdagi roli har xilligi aniqlandi. Bu talabga Farbiy Yevropaning 34%, AQShning va Tinch Okeani regionlarining 53% kompaniyalari javob beradi. Sifat tizimlarining TQM konsepsiyasidan Yevropa firmalarining 30%i foydalanadi. Amerika Federal institutining statistik ma’lumotlari bo‘yicha dunyoning 2800 ishlab chiqarish firmalari va sexlarining 70%i TQMga moslashgan. Sifatni boshqarish bo‘yicha Yevropa fondi (EFQM) mutaxassislari tadqiqotlariga qaraganda mahsulotning past sifatli bo‘lganligi sababli talabgorlarning mahsulotdan voz kechishi mahsulotning tan narxi bo‘yicha Yaponiyada 12%gacha, Yevropada esa 25% gacha zarar keltirishi aniqlangan. Sifat bo‘yicha Yevropa siyosati quyidagi asosiy tamoyillarga suyangan holda ish yuritadi.: kooperatsiya va bir-birini to‘ldirish tamoyili; asosli yondashish; ijtimoiylik tamoyili; strukturalash tamoyili; yangi sifat konsepsiyalarini qo‘llash. Download 47.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling