10-mavzu. Pillachilikni tashkil etish Reja: Pillachilikda ixtisoslashtirish, xo‘jalik va tarmoqlar hajmi


Download 22.75 Kb.
bet1/4
Sana12.02.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1191192
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu


10-mavzu. Pillachilikni tashkil etish


Reja:


1. Pillachilikda ixtisoslashtirish, xo‘jalik va tarmoqlar hajmi.
2. Pillachilikda takror ishlab chiqarish tashkil etish.
3. Pillachilikning rivojlanishi hozirgi axvoli va istiqboli


1. Pillachilikda ixtisoslashtirish, xo‘jalik va tarmoqlar hajmi.

Pillachilik tarmog'ining asosiy mahsuloti kerakli darajada quritilgan pilladir. Pillani qayta ishlash jarayonida ip, undan esa ipaklik gazlamalar ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlardan insonlar uchun o‘ta yumshoq, silliq va chidamli kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Uzoq yillar davomida ulardan samolyot, kosrnik kemalarga parashut, elektr simlarida izolator, tibbiyotda, jarrohlikda tikish ipi sifatida va boshqa tarmoqlarda turli maqsadlarda foydalanib kelingan.


Hozirda buyumlar kimyoviy(sun’iy) tolalardan tayyorlanayotgani uchun ipak ipi va gazlamasidan, asosan, insonlar ehtiyoji yo‘lida foydalanilmoqda. Pilla ipidan eng chiroyli va nafis atlas, shoyi, duxoba, gilam va boshqa xil matolar to'qiladi. Bir sentner xom pilladan 100-150 mctrgacha ipak gazlama to'qiladi.
Pillaning yetilishi ju d a murakkab jarayon. Uning unig‘i sanoat texnologiyasi asosida olinadi va rivojlantiriladi. 20—30 kun ichida qurtning og'irligi 10—14 marta ko‘payadi. Buning uchun qurt yashil tut bargi bilan intensiv oziqlantiriladi. Q u rtlar l-2 yoshida har 2—3 soatda, 3—4 yoshida — har 3—4 soatda, 5 yoshida esa — har 4—5 soatda takror oziqlantiriladi. Bir gramm pilla urug‘i 20—30 kun o ‘sish davrida 5 0 -6 0 kg yashil barg iste’mol qiladi va 3—4 kg xom pillaga aylanadi. 1 kg pilla ishlab chiqarish uchun 15—17 kg barg sarflanadi. Qurt go'ngidan dehqonchilikda organik o‘g‘it, sanoatda kislota olinadi.
Xom pilla ishlab chiqarishda mehnat resurslari, band bo'lgan binolar va boshqa resurslardan mavsumiy foydaianiiadi. Agar ular bir marta tashkil etilsa, 20—30 kun, ikki marta tashkil etilsa, 40—60 kun foydaianiiadi. Pillachilik ko'pchiiik xo'jaliklarda qo'shimcha tarmoq sifatida rivojlantiriladi. Pillachilik Xitoyda miioddan avvalgi 3 minginchi yillarda, O‘zbekistonda esa milodning 5—6-asrlaridan boshlab rivojlandi, Pilla urug‘ini tayyorlash va boshqa jarayonlarning oddiy usullarda bajanlishiga qaramasdan pilla ishlab chiqarish hajmi bo'yicha jahon mamln katlari ichida yetakchi o'rinlardan birini egallagan. 1913-yilda O'zbekistonda 165,8 ming quti pilla urug'idan 3980 I xom pilla ishlab chiqarilgan, har bir quti urug'dan 24 kg hosil olingan, quritilgan pilla qayta ishlanganda 24 foiz ga yaqin ipak tolasi olingan. Ip va ipakli gazlamalarga talabning oshishini hisobga olib pillachikni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilgan, serbargli, serhosil tut navlari ekilgan. Quti urug'i sonini ko'paytirish va uning hosildorligini oshirish natijasida 1940-yilda 9833 t yoki 1913-yilga nisbatan qariyb 2,5 marta ko'p pilla ishlab chiqarildi. So'nggi tarixiy davrlarda ham pilla ishlab chiqarish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 1990-yilga kelib 32,8 ming tonna yoki 1940-yilga nisbatan 3,3 marta, 1913-yilga nisbatan esa 8 martadan ko'proq pilla yetishtirildi.
Ko'proq, sifatliroq va arzon pilla ishlab chiqarish uchun quyidagi omillar hamda imkoniyatlardan to'laroq foydalanish zarur:
1. Tut barglarida mavjud kompleks modda va boshqalarni saqlash va yanada ko'paytirish uchun ishlab chiqarish va tayyorlashning ilg'or usullaridan foydalanish zarur. Bu maqsadda tut daraxtlarining plantatsiya maydonlarida o'stirilishi, ularni ekologik toza suv bilan yomg'irlab sug'orish, intensiv texnologiya asosida hosildorligini oshirish lozim. Natijada har kg pillaga ilg'or mamlakatlar, masalan, Yaponiyada, sarflangan ozuqa darajasiga erishish mumkin. Yaponiyada 1kg pillaga O'zbekistonga nisbatan 2 marta kam barg sarflanadi. Bu o 'ta dolzarb muammoni amalda hal etish mavjud tut daraxti maydonlarini kengaytirmasdan yalpi pilla miqdorini kamida 2 marta ko'paytirishga imkoniyat yaratadi;
2. Ozuqa resursiari sifatini may-sentabr oylarigacha ta ’minlash 2-3 marta pilla yetishtirishga, tarmoqda band mehnat resurslaridan, binolardan va boshqa vositalardan foydalanish koeffitsientlarini oshiradi;
3. Qurtlami asta-sekin maxsus binolarda boqishni tashkil qilish ham ilg'or jarayon hisoblanadi. Natijada pillachilikda band oilalaming turmush madaniyati yaxshilanadi;
4. Serhosil va sifatii pilla navlaridan foydalanish, ularni qayta ishlashni qishloq xo'jalik korxonalarida yoki qishloq tumanlarida tashkil etish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
5. Pilla va uni qayta ishlash jarayonida mahsulotlarni erkin, kelishilgan shartnoma baholarida sotish, ishchi va xizmatchilarga kafolatli mehnat haqi to'l&shni amalga oshirishga crishish.



Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling