@TARIX_MARVARIDI
10-SINF Huquqshunoslik AL-FARID ANOROV
Kanalimiz: @TARIX_MARVARIDI +998993421415
10-sinf Huquqshunoslik 2017-yil nashr
№2 6-10&& AL-FARID ANOROV
1. O’zbekistondagi barcha qonun hujjatlarining
asosiy manbayi nima?
A) dekloratsiya B) kodekslar
C) konstitutsiya D) Xalqaro xujjatlar
2. Davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya
qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-
atvor qoidalarining tizimini toping.
A) huquqiy madaniyat B) huquq
C) huquqiy ong D) kodeks
3.Quyida keltirilgan qatorlardan qaysi bir qator
huquqiy davlat prinsiplariga nomutanosib
keltirilgan?
A) inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi;
B) huquq va qonunning ustuvorligi hamda sud
mustaqilligi ta’minlanadi;
C) sud tizimi faqatgina Respublika Prezidenti hamda
Oliy Majlisi oldidagina javobgarligi;
D) davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi;
4. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni
aniqlang.
I. Inson, fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq
eng asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi
konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi;
II. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda
inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida
mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof
etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar
bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida
qaralmoqda;
III. Huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi
turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu
huquqning aniq bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy
huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tarmoqlaridan
biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur
atama «konstitutsiyaviy huquq»ning yuridik fan
tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi.
Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim
muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmeti
tushuniladi;
A) I – to’g’ri / II – noto’g’ri / III – to’g’ri;
B) I – to’g’ri / II – noto’g’ri / III – noto’g’ri;
C) I – noto’g’ri / II – noto’g’ri / III – to’g’ri;
D) I – to’g’ri / II – to’g’ri / III – to’g’ri;
Do'stlaringiz bilan baham: |