10 variant 1zamonaviy voleybol


Download 17.6 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi17.6 Kb.
#137254
Bog'liq
10 variant 1ZAMONAVIY VOLEYBOL


10 variant 1ZAMONAVIY VOLEYBOL

O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘lib, har bir partiya 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo‘lsa, o‘yin 17 ochkogacha davom etadi. So‘nggi partiya (3- va 5-)da o‘yin hisobi “taym-brek” asosida olib boriladi. YA’ni o‘yindagi har bir harakat natijasiga qarab to‘pni o‘yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo‘lishidan qat’iy nazar jamoaga mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o‘yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. O‘yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:  To‘pni o‘yinga kiritishda: agar irg‘itilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri “qo‘ldan” urilsa;  To‘pni o‘yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to‘p irg‘itilsayu, lekin urilmasdan tanaga tegsa va hokazo;  To‘pni uzatishda: to‘p kaftga tegsa – ilib otilsa, ikki qo‘l kema-ket tegsa yoki ham tanaga, ham qo‘lga tegsa va hokazo;  Zarba berishda: tana va tana qismlarini to‘rga tegib ketishi (9 metrli belgilangan chegara oralig‘ida), qo‘nish vaqtida oyoq o‘rta chiziqdan butunlay o‘tib ketsa, raqib tomonidagi to‘pga tegilsa va hokazo. Himoyada:  To‘pni qabul qilishda: agar to‘pni uzatishdagi xatolar bo‘lsa;  To‘siq qo‘yishda: zarba berishdagi xatolar bo‘lsa, ochko olishdan yoki to‘pni o‘yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.



2.Gimnastikada Oyoqlar mashqlari.

Oyoq va pastki oyog'i uchun mashqlar.

Quvvat mashqlari:

Paypoqlarni ko'tarish, qo'llaridagi qo'g'irchoqlar bilan ham shug'ullanish;

Barmoqlar ustida yurish;

Ikki va bir oyoq joyida va oldinga siljish bilan.

Birgalikda harakat qilish uchun mashqlar:

Oldinga burilish holatida, yaylanadigan harakatlar, oyoq orqasida tovon bilan erga tegishga harakat qilish;

To'plamlar ustida o'tirishlarni diqqat bilan yasalgan harakatlardan, tizzalarini bir qavatdan yirtib tashlash;

Oyoqning tashqarisida yurish.



3.Jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanining asosiy davrlari va o‘rganish manbalari. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi. Qadimgi dunyo davlatlarida jismoniy tarbiya. Qadimgi olimpiya o‘yinlari. Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va tarraqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport tarixi to’rtta asosiy davrlarga bo’linadi: I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mill.av. VIII ming.- mil. IV asr). II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri). IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha) Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalariga:  qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar;  jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar;  jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar;  turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari);  jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy xujjatlari kiradi. Ash’yoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy tarbiya tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi faninining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, g’oyalari, tizimlari, asosiy shakllari, usullari va vositalari to'g'risidagi ilmiy-nazariy bilimlarni shakllantirishdir.



4.Voleybol topi va oyini

1927-yili I Butun O'zbek spartakiadasi o'tkazildi. Uning dasturiga voleybol o'yini ham kiritilgandi. Shundan keyin O'zbekistonda voleybol o'yini keng rivojlana boshladi.


Voleybol maydonchasining uzunligi 18 m ga, eni 9 m ga teng. Voleybol to'pining aylanasi 65-66 sm, og'irligi esa 270-280 gr dir. Har bir komanda 6 kishidan iborat. Voleybol „Umid nihollari", „Barkamol avlod" va „Universiada" o'yinlari dasturiga kiritilgan.
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling