100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik
Download 0.61 Mb.
|
6 monolit ko\'priklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Timur Samuddinov
Reja: 100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik.Monolit ko`prikning an`anaviylaridan farqi va afzalliklari. O‘zbekistondagi monolit ko‘priklar zil-zilaga dosh beradimi. Ilk monolit-beton konstruksiyali ko`prik Uning aytishicha, bu O`zbekistondagi ilk monolit-beton konstruksiyali ko`prik hisoblanadi. “Bu turdagi ko`prik hali bizda qurilmagan. Samarqand shahrida ham qurilyapti. U – 110 metrli. Biz qurayotgan ko`prikning uzunligi 788 metr, qo`l qismlari (s`ezdlar) bilan hisoblaganda esa 950 metrni tashkil etadi”, - deydi mutaxassis. Monolit ko`prikning an`anaviylaridan farqi va afzalliklari Ahmad Saidalievdan bu haqda so`raganimizda monolit-beton ko`prikning quyidagi afzalliklarini sanab berdi: Birinchidan, bu ko`prikda ulangan joylar faqat uning boshi va oxirida bo`ladi. Yig`ma ko`prikda esa bular har bir ustunga to`g`ri keladi. Ikkinchidan, ko`prik ustunlari oraliqlari 45 metrgacha qo`yilgan. Yig`ma ko`prikda esa 33 metrdan oshiq qilish imkoni bo`lmagan. Chunki undagi beton uzunligi 33 metrgacha bo`ladi. Monolit ko`priklarda esa 70 metrgacha olsa bo`ladi. Uchinchidan, gorizontal radius berish imkoni bor, ya`ni ko`prikni atrofdagi binolarga zarar etkazmasdan turib, qayirib olib o`tilgan. An`anaviy ko`priklarda esa bu imkonsiz. To`rtinchidan, bu ko`priklar estetik jihatdan chiroyli va mustahkam. Buning sababi esa beton orasida armaturadan tashqari, Fransiyadan keltirilgan maxsus troslar ham tortilgan. Beshinchidan, har bir ustunlarga seysmoizolyatorlar qo`yilgan bo`lib, uning vazifasi turli tebranishlar kuchini kamaytirib, ko`prikning uzoq “yashovchan”ligini ta`minlab beradi. EEEEOltinchidan, bu ko`priklar yo`llarda qatnov qismiga halal bermasdan qurilmoqda. Beton orasiga ko`prik uzunligidan 688 baravar uzun bo`lgan troslar tortilgan Y angi ko`prik haqida qolgan qiziqarli ma`lumotlarni loyiha menedjeri Timur Samuddinovdan oldik. Uning keltirishicha, ko`prik uzunligini 950 metr deydigan bo`lsak, ishlatilgan trosning umumiy uzunligi esa 654 kilometrni tashkil etadi – 720 tonna. EQaysi ko`prik qimmatroqqa tushadi? “An`anaviy ko`priklar bilan bu turdagi ko`priklar narxlaridagi farq 10-15 foizga farq qilib, monolitli ko`prik qimmatroq bo`lishi mumkin. Lekin buning afzalliklari juda ko`p. Foydalanish muddati ham uzoq – 100 yilgacha “yashaydi”, ta`mir talab etilmaydi. Toshga aylanadi, deyish ham mumkin”, - deydi u. Timur SamuddinovDownload 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling