100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1726967
  1   2   3
Bog'liq
6 monolit ko\'priklari


Reja:
  1. 100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik.


  2. Monolit ko`prikning an`anaviylaridan farqi va afzalliklari.

  3. O‘zbekistondagi monolit ko‘priklar zil-zilaga dosh beradimi.


Ilk monolit-beton konstruksiyali ko`prik
Uning aytishicha, bu O`zbekistondagi ilk monolit-beton konstruksiyali ko`prik hisoblanadi. “Bu turdagi ko`prik hali bizda qurilmagan. Samarqand shahrida ham qurilyapti. U – 110 metrli. Biz qurayotgan ko`prikning uzunligi 788 metr, qo`l qismlari (s`ezdlar) bilan hisoblaganda esa 950 metrni tashkil etadi”, - deydi mutaxassis. 
Monolit ko`prikning an`anaviylaridan farqi va afzalliklari
Ahmad Saidalievdan bu haqda so`raganimizda monolit-beton ko`prikning quyidagi afzalliklarini sanab berdi: 
Birinchidan, bu ko`prikda ulangan joylar faqat uning boshi va oxirida bo`ladi. Yig`ma ko`prikda esa bular har bir ustunga to`g`ri keladi. 
Ikkinchidan, ko`prik ustunlari oraliqlari 45 metrgacha qo`yilgan. Yig`ma ko`prikda esa 33 metrdan oshiq qilish imkoni bo`lmagan. Chunki undagi beton uzunligi 33 metrgacha bo`ladi. Monolit ko`priklarda esa 70 metrgacha olsa bo`ladi.
Uchinchidan, gorizontal radius berish imkoni bor, ya`ni ko`prikni atrofdagi binolarga zarar etkazmasdan turib, qayirib olib o`tilgan. An`anaviy ko`priklarda esa bu imkonsiz.
To`rtinchidan, bu ko`priklar estetik jihatdan chiroyli va mustahkam. Buning sababi esa beton orasida armaturadan tashqari, Fransiyadan keltirilgan maxsus troslar ham tortilgan.

Beshinchidan, har bir ustunlarga seysmoizolyatorlar qo`yilgan bo`lib, uning vazifasi turli tebranishlar kuchini kamaytirib, ko`prikning uzoq “yashovchan”ligini ta`minlab beradi. EEEEOltinchidan, bu ko`priklar yo`llarda qatnov qismiga halal bermasdan qurilmoqda.
Beton orasiga ko`prik uzunligidan 688 baravar uzun bo`lgan troslar tortilgan
Y
angi ko`prik haqida qolgan qiziqarli ma`lumotlarni loyiha menedjeri Timur Samuddinovdan oldik. Uning keltirishicha, ko`prik uzunligini 950 metr deydigan bo`lsak, ishlatilgan trosning umumiy uzunligi esa 654 kilometrni tashkil etadi – 720 tonna. 
EQaysi ko`prik qimmatroqqa tushadi?
“An`anaviy ko`priklar bilan bu turdagi ko`priklar narxlaridagi farq 10-15 foizga farq qilib, monolitli ko`prik qimmatroq bo`lishi mumkin. Lekin buning afzalliklari juda ko`p. Foydalanish muddati ham uzoq – 100 yilgacha “yashaydi”, ta`mir talab etilmaydi. Toshga aylanadi, deyish ham mumkin”, - deydi u.

Timur Samuddinov



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling