100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik


Hozirgi kunda ko‘prik qurishda asosan qanday qurilish ashyolaridan foydalanilyapti. Ular mustahkammi?


Download 0.61 Mb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1726967
1   2   3
Bog'liq
6 monolit ko\'priklari

Hozirgi kunda ko‘prik qurishda asosan qanday qurilish ashyolaridan foydalanilyapti. Ular mustahkammi?
– Odatda ko‘prik qurishda asosan yig‘ma temir beton elementlaridan foydalaniladi. Ya’ni, ko‘prik konstruksiyalari zavodda tayyorlanib, ob’ektga olib kelib yig‘iladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonga yangicha monolit ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish texnologiyasi kirib keldi.
Poytaxtimizning Qushbegi mavzesida qurilgan yangi yo‘l o‘tkazgich Toshkent shahridagi eng uzun ko‘prik hisoblanadi. Uning uzunligi 788 metr. Ushbu ko‘prik monolit texnologiya asosida qurilgan. Uning tayanchlariga alohida harakatlanuvchi, ya’ni siljuvchi tizimlar o‘rnatilgan. Ko‘prikning ustidagi monolit qismida zilzila sodir bo‘lganda alohida siljish imkoniyati mavjud. Monolit, ya’ni yaxlit qurilishi, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning zilzilaga bardoshliligini oshiradi.
Samarqand shahridagi yangi bog‘ oldida qurilgan ko‘prik ham hozirgi kunda eng zamonaviy texnologiyalar asosida, mustahkam qurilgan ko‘priklar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda shahardagi tirbandliklarni kamaytirish uchun bunday texnologiya asosida ko‘plab yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurilmoqda.
Bundan tashqari poytaxtimizning Maxtumquli, Temur Malik, Parkent ko‘chalari va Ohangaron shossesi kesishmasida 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurildi. Uning ostida Ohangaron shosse yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l o‘tkazuvchi tunnel, o‘rtasida chorraha kesishmasining aylana yo‘li, ustida yo‘l o‘tkazgich qurildi.
Suv ustiga qurilgan ko‘priklar haqida ham ma’lumot berib o‘tsangiz?
— Hozirgi kunda Amudaryo ustidan o‘tadigan juda katta ko‘prik qurilishi boshlab yuborildi. 1980 yillarda qurilgan eng katta avtomobil-temiryo‘l qo‘shma ko‘prigi Afg‘oniston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi Termiz-Hayraton ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prikning uzunligi 816 metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari Sirdaryo ustidan o‘tgan bir necha ko‘priklar mavjud bo‘lib, ular xalqimizning uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.
Foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan ko‘priklarni qayta qurish yoki ta’mirlash bo‘yicha yurtimizda qanday amaliy ishlar olib borilyapti?
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida respublikadagi mavjud 1 ming 512 ta ta’mirtalab ko‘priklar va boshqa sun’iy inshootlarini bosqichma-bosqich qayta qurish va ta’mirlash vazifalari belgilab berilgan.
bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy ko‘priklar 1970–1980 yillarda qurilgan. Oxirgi 15 yil ichida kengaytirilgan ko‘priklarning anchagina qismi ularning rekonstruksiyasini loyihalashdagi xatoliklari natijasida yuk ko‘taruvchanligi kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 7000 dan ortiq avtoyo‘l ko‘priklari (shu jumladan, temirbeton va tosh ko‘priklar – 93 foiz, metall ko‘priklar – 7 foiz) ekspluatatsiya qilinmoqda.
Ko‘priklarni ham zamonaviy, ham mustahkam qurilishini ta’minlash bo‘yicha olimlar qanday izlanishlar olib boryapti?
— Hozirgi kunda institutimizda ko‘priklarni zilzilaga bardoshliligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Ayniqsa, bu sohada Toshkent davlat transport universiteti olimlari ko‘plab izlanish olib borishmoqda.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling