Iston respublik
Download 1.85 Mb.
|
Iston respublik
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA` LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Fizika-matematika fakul`teti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi
«Matematika darslarida innovacion texnologiyalardan foydalanish» mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Kafedra mudiri: f.-m.f.n. G. Qaypnazarova Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi M. Dj. Urazbaeva Nukus – 2016 MUNDARİJA KİRİSh …………………………………………………………………. 3 I Bob Innovacion texnologiyalarning maqsadi mazmuni va vazifalari …….... 5 § I. 1. Innovacion texnologiyalar va ularning mohiyati …………………… 5 § I. 2. Innovacion texnologiyalarning loyihalari ……………………….......... 21 § I. 3. Xususiy Innovacion texnologiyalar ………………………………… 30 II Bob. Akademik litsey matematikasini innovacioni texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi ………………………………. 38 § II.1. Maruza mashg’ulotlarida innovacioni texnologiyalarni qo`llash metodikasi …………………………………………………………………… 42 § II.2 Innovacioni texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi …………………………………………………………………… 45 § II.3 Tajriba sinov natijalari …………………………………………………. 51 Xulosa ……………………………………………………………. 52 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………….. 53
KİRİSh O`zbekiston Respublikasining talim to`g’risidagi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da “O`quv tarbiyaviy jarayonni ilg’or Innovacioni texnologiyalar bilan taminlash” zarurligi takidlangan . Shuning uchun ham biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri “Akademik litsey matematikasini pedogogik texnologiyalar asosida o`qitish” muammosiga bag’ishladik. Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganish obekti sifatida akademik litseylarda matematika fanini o`qitish jarayoni tanlandi. O`qituvchi o`quvchilarni faollashtiradigan, o`zi va o`rganuvchi uchun qulay bo`lgan yo`llarni, usul va uslublarni, o`qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedogogik texnologiyaga suyanib, o`quv jarayonini samaradorligini oshiradi. O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatib, o`quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Shu boisdan ham, pedogogik texnologiya, didaktik texnologiya, talim texnologiyalariga o`quv jarayoniga eng samaradorli vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedogogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Tadqiqot maqsadi - akademik litsey matematika talimi samarodorligini oshirishda Innovacioni texnologiyalarning o`rnini ko`rsatish. Tadqiqot predmeti - Innovacioni texnologiyalarning matematik talimda o`rni. Tadqiqot vazifalari: 1) Innovacioni texnologiyalarning talim samaradorligini ko`rsatish. 2) Innovacioni texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochish. 3) Innovacioni texnologiya loyixalarini tahlil kilish. 4) Akademik litsey matematika fanlarini innovacioni texnologiyalar asosida o`qitish imkoniyatlarini ochirish. 5) Amaliy mashg’ulotlarda innovacion texnologiyalarni qo`llash yuzasidan ishlanmalar tayyorlash. Pedogogik texnologiya hozirda barcha pedogogik kasblar hamda talim- tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalardan barcha pedogoglar xabardor bo`lishlari zarur. Shularni xisobga olgan holda biz bitiruv malakaviy ishimizda innovacioni texnologiyalar va xususiy innovacioni texnologiyalar haqida to`liq malumot berishga, akademik litsey matematikasini dars jarayonida innovacioni texnologiyalar asosida o`tishning bazi bir usullari, uning ijobiy natijalarini to`liq yoritib berishga harakat qildik. I BOB. Innovacioni texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling