Iston respublik


§ II.2. Innovacion texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlarni tashkil


Download 1.85 Mb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#265201
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iston respublik


§ II.2. Innovacion texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlarni tashkil
etish metodikasi

Akademik litseylarni bitiradigan o`kuvchilar mukammal bilimga malakaga va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak. Buning uchun litseylarda innovacion texnologiya va axborot texnologiyalarini qo`llasak maqsadga muvofiq bo`ladi.

Innovacion texnologiya universal xususiyatga ega bo`lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko`zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. [2]

Innovacion texnologiyalarni amaliy mashg’ulot darslarida qo`llash ham o`qituvchidan katta mahorat va bilim talab qiladi. Innovacion texnologiya o`z o`rnida qo`llansa o`qituvchi darsga qo`ygan maqsadiga erishadi. O`qituvchi dars davomida darsning mavzusiga qarab xususiy texnologiyalarni qo`llab xam yuqori natijalarga erishsa bo`ladi.

Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi.



Biz xozir sizlarni akademik litseyda xususiy texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz. Biz hozir “Logarifmlar” mavzusini amaliy mashg’ulotda innovacion texnologiya asosida o`qitish jarayoni bilan tanishtirib o`tamiz. Logarifmlar va logarifmik funktsiyalar mavzusiga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`quv dasturidan 20 soat dars soati ajratilgan reja bo`yicha dars soatining 4/5 qismini amaliy mashg’ulotlarga ajratish tavsiya qilingan. Shuning uchun bu mavzuning 4 soatini maruzaga va 16 soatini amaliy mashg’ulot, yani 2 juftlik maruza va 8 juftlik amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Bu mavzuni 7 qismga ajratib olamiz. Bu qismlarning har biri bittadan amaliy mashg’ulot darsida o`tiladi, qolgan 1 juftlik darsini aralash misollar echishga qoldiramiz.

Mavzu quyidagicha bo`linadi:

1. Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat. Ko`paytma, bo`linma va

darajaning logarifmi.

2. Bir asosdan boshqa asosga o`tish. Unli va natural logarifmlar.
3. Ko`rsatgichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar.

4. Logarifmik funktsiya, uning aniqlanish va o`zgarish sohasi.

5. Logarifmik funktsiyaning grafigi.

6. Teskari funktsiya, o`zaro teskari funktsiyalar.

7. Logarifmik tenglama va tengsizliklarni echish usullari.

8. Aralash misollar echish.

Shundan sizlarga hozir birinchi juftlik darsini «Bumerang» xususiy texnologiyasi asosida o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz.

Mavzu: Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko`paytma,
bo`linma va darajaning logarifmi

Maqsad:


Dars davomida o`quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli misollar orqali tarqatma materiallar, undagi topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish. Dars davomida o`quvchilar tomonidan baholarini egallashga imkoniyat yaratadi.

Darsning tashkiliy qismi bo`ladi va unga 2 daqiqa ajratiladi. So`ngra o`qituvchi uyga berilgan vazifalarni tekshiradi va o`quvchilarning hatolarini to`g’irlaydi, bunga 10 daqiqa vaqt ajratadi. Keyin o`qituvchi doskaga bugungi o`tiladigan amaliy mashg’ulot mavzusi bo`yicha turli ko`rinishdagi, turli qiyinliqdagi misollardan ishlab ko`rsatadi, tushuntiradi va o`quvchilarga tushunmagan joylarini so`rashlari mumkinligini aytadi. O`quvchilar tushunmay qolgan joylaridan o`qituvchiga savollar beradi so`ng o`qituvchi ularning savollariga javob berib o`tadi. Xullas, o`quvchilar bilimini faollashtirish bosqichi o`tkaziladi. Bunga 15 daqiqa vaqt etadi.



Misol uchun o`qituvchi tushuntirgan misollar:
Hisoblang:


3

Log Log

2 12
1. 64 4. 144


36 12



5 5


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling