Iston respublik
§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar
Download 1.85 Mb.
|
Iston respublik
§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar “BUMERANG” texnologiyasi Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylalib bormokda. Xuddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham yangi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham akademik litseylarda yuqori samaralarga erishilmoqda. Jumladan xususiy texnologiyalarning ham ahamiyati katta. Xususiy texnologiyalar o`quvchilar bilimini oshirishi bilan bir qatorda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini va fanga bo`lgan qiziqishlarini yana ham oshiradi. Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuyini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi. [2,] Hozir sizlarni quyidagi xususiy texnologiyalar bilan tanishtirib o`tamiz. TRENİNG XAQİDA TUShUNChA. Ushbu texnologiya o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`kuvchilarni baholay olishga qaratilgan. MAQSAD. Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan
O`TKAZİSh TEXNOLOGİYaSİ. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi: 1- BOSQİCh. - Trening to`g’idan-to`g’i tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kiik guruhlarga bo`lishdan boshlanadi; - O`qituvchi har bir guruh va uning har bir azosiga mustaqil o`rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yoma taratma material beradi (taqatma materialda) o`qituvchi tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog’liq. Agar 4 ta kichik guruh bo`lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi; - Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir guruhga berilgan topshiriqlardan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil topshiriqqa ega, har bir tinglovchi esa o`z guruhiga tushgan topshiriqqa ega bo`ladi. 2- BOSQİCh. - guruhlarga berilgan topshiriqni guruh azolari yakka tartibda alohida o`rganishlari, topshiriqni eslab olishlari, keyin esa kerak bo`lsa boshqalarga yoki o`qituvchiga gapirib serishlari, iloji boricha topshiriqni o`zlashtirib olishlari kerakligini o`qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun topshiriqni katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. Uzi esa guruh va tinglovchilarining ish faoliyatini kuzatadi. 3- BOSQİCh. - o`qituvchi oldindan tayyorlab qo`yilgan raqamlar kichik qog’ozlar silan har bir guruh yoniga kelib guruh azolaridan ushbu qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishini so`raydi (qog’ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog’liq, masalan guruhda 5 kishi bo`lsa, qog’ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo`lsa 1 dan 4 gacha va h.). Guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar ezilgan qog’ozdan olishlari kerak. Nechta guruh, bo`lsa shuncha guruh azolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi. - o`qituvchi raqamlar bo`yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so`raydi. Masalan hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar to`rtinchi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarida o`zlari bilan o`rgangan topshiriqlarini ham oladilar. 4- BOSQİCh. - raqamlar bo`yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o`z-o`zidan to`planib qoladi, yani 4 ta guruhda 4 xil topshiriq o`rganilgan bo`lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to`planadi, umumiy mavzu bo`yicha 4 tinglovchi va 4 xil topshiriq to`planadi. 5- BOSKİCh. - yangi tuzilgan guruhning har bir azosi endi o`ziga 2 ta vazifa, yani o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi va kuyidagicha faoliyat ko`rsatash: 1. O`qituvchi (o`rgatuvchi) sifatida, o`zi avval o`rgangan materialni gapirib beradi, tushintiradi, o`zi mustaqil o`rgagan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh azolarnning tushunish va o`zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi. 2. O`quvchi sifatida, guruh azolarini navbatma-navbat so`zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan materiallarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi. O`qituvchi esa ularga o`z materiallarini faqat so`zlab berishlari kerayukligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn xajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o`zlashtirilgan hisoblanadi. 6- BOSQİCh. - guruxdagilar bir-birlariga o`z materiallarini gapirib berib, barchalari ushbu materiallarni bilib olishgach, qituvchi o`rganilgan materiat guruh azolari tomonidan qanchalik o`zlashtirib olinganini tekshirib ko`rish uchun har bir guruh azosi bir- birlariga o`z materiallaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nzorat savol-javob orqali o`taaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so`zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi. 7- BOSQİCh. - o`qituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so`radi, yani yana hamma mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar. 8- BOSQİCh. - o`qituvchi sinfxonadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozia materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to`liq malumotga ega bo`lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o`quvchidan xohlagan materialni so`rashi mumkinligini aytadi. 9- BOSQİCh. - tinglovchilarga tarqatilgan barcha materialni ular tomonidan qaydarajada o`zlashtirilgakiligi darajasini aniqlash maqsadida o`qituvchi maxsus guruh yoki boshqa guruh tomonidan berilgan nazorat savollariga savollarga reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan savollarga berilgan javoblar - agar to`liq javob bo`lsa - 3 ball, qo`shimcha qilinsa - 2 ball, o`tirgan joydan luqma tashlansa - 1 ball, javob berilmasa - 0 ball qo`yilishi belgilanadi. Baho sistemasida - to`liq javob uchun - 5 baho, qo`shimcha uchun - 4 baho, luqma tashlansa - 3 baho, javob bermasa - 2 baho, umuman ishtirok etmasa - 1 baho qo`yishni belgilash mumkin. Guruh azolarining javoblarini yuqorida ko`rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo`yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o`ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin. (“hisobchi» ham davradagi savol-javoblarda ishtirok etadi). 10- BOSQİCh. Ushbu bosqichda o`qituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6 ta) bilan o`quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma materiallarga tegishli bo`lgani maqul, shuningdek, o`qituvchi sinfxonadagi barcha o`quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi). Belgilangan savollarga javob berish tugagach, o`qituvchi doskaga guruhlar tomonidan to`plangan ballarni yozadi va mashg’ulotning keyiningi boskichiga o`tadi. 11- BOSQİCh. O`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqib bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi. 12- BOSQİCh. Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi «hisobchilar» esa guruh azolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g’ri bo`lsa, savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi. 13- BOSQİCh. O`qituvchi guruh azolari to`plagan ballarni yana bir marotaba doskaga
İZOH: agar to`plangan ballarni guruh azolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan norozilik bo`lsa yani bazi guruh azolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib umumiy jamoada passiv bo`lgan bo`lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan qiziqmagan bo`lishsa bunday holatda vaziyatni echishni guruh azolariga yuklatiladi. Guruhning echimi to`g’ri hisoblanadi , yoki o`qituvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchi javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi. Umuman olganda agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan yoki savol- javoblarda ishtirok etmagan bo`lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga yosh kichik ball berilishi mumkin. Bu o`quvchi keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni echimini har bir o`qituvchi sharoitga faoliyatga qarab o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga tashlashi mumkin. Bazida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin, natijada bazi guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog’giq ekanligini o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plagan ballarni guruh azolariga taqsimlanganda shu mashg’ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda shu mashg’ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg’ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o`tkazish mumkin. 14- BOSQİCh Har bir talabaga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) o`qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydilar. Uquvchining faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi. - bugungi mashg’ulotdan nimalarni bilib oldingiz? - nimalarni o`rgandingiz ? - nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi? - yana nimalarni bilishni istar edingiz?
15- BOSQİCh O`qituvchi o`quvchining javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi. “MULOQOT” texnologiyasi. Trening haqida tushuncha Ushbu trening o`quvchida dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichi; guruhlarga bo`lgan holda o`tkaziladi.
MAQSAD. Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda
O`tkazilish tartibi. O`qituvchi mashg’ulotni boshlaashdan avval tinglovchilarni muloqot, bahs- munozarani o`tkazishga qo`yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so`ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o`tkazilishini tushuntiradi. 1- BOSQİCh. O`qituvchi mashg’ulotni o`tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Siz qaysi madaniyat tarafdorisiz: Sharq yoki Evropa? “Shu mavzuni o`rtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madaniyati va Evropa madaniyati tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo`ladi. 2- BOSQİCh. Har bir guruhdagi tinglovchilar o`z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o`z fikrlarini tasdiqlovchi ko`rgazmali materiallar, imkoni bo`lsa videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so`zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlari esa o`z fikrlarini qo`shimcha qilishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko`rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi. 3- BOSQİCh. Guruhlar himoyaga tayyor bo`lgach o`qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun so`z beradi (himoyaga chiqish ihtiyoriy ravishda bo`lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so`zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so`zini tugatgach, guruhning qolgan azolari o`z fikrlarini bilan qo`shimcha fikrlar bildirishi mumkin. 4 - BOSQİCh. Mashg’ulotning 3-bosqichidagi kabi bu ham o`qituvchi navbatdagi guruh
vakiliga himoya uchun so`z beradi. İkkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o`z mavzusiga himoya qiladi. Himoya tugagach, o`qituvchi mashg’ulotning keyingi bosqichiga o`tadi. Har ikkala guruhning himoyasi o`qituvchi iloji boricha halaqit bermaslikka o`z fikr mulohazasini bildirmaslikka savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishga va muloqotni o`tkazishga qo`yilgan talab qoidalarni to`liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichida asosan ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi. 5 - BOSQİCh. Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida shuningdek o`z guruhlarinig fikrlarini yanada takidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo`shilishlariga davat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o`zlarining chiqishlari bilan barchaga tasir ko`rsatishga, o`z fikrlarini maqullashga harakat qiladilar. Uqituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, yani u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi. 6 - BOSQİCh. O`qituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, maqullaydigan so`zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasi bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollirga kerakli javobni berishga harakat qiladi. Mashg’ulot ohirida o`qituvchi har ikkala guruhni mashg’ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg’ulotni yakunlaydi. II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi. § II.1. Maruza mashg’ulotlarida innovacion texnologiyalarni qo`llash metodikasi. Talim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga yani texnologiyalarga aylanib bormokda. Huddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham so`ngi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham yuqori samaralarga erishilmokda. Innovacion texnologiya hozirda barcha innovacion kasblar xamda talim- tarbiya jarayonini tashkil-qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’lik kasblarning asosini tashkil qiladi. Akademik litseylarda ham innovacion texnologiyani qo`llab bundan ham yuqori natijaga erishilsa bo`ladi. Biz barcha mavzularni innovacion texnologiyalar asosida o`tish kerak degan fikrdan yiroqmiz. Dars mavzusiga qarab innovacion texnologiyalar asosida yoki ananaviy tarzda o`tkazilsa maqsadga muvoffiq bo`ladi. Bazi maruza darslari akademik litsey o`quvchilarini zeriktirishi mumkin, sababi bolalar o`smirlik davrida betoqat, qiziqqon bo`lishadi va darslardan tezda zerikishi mumkin. Shuning uchun innovacion texnologiyalarni darsda qo`llab o`quvchilarning darsga aktivligini, qiziqishini oshirsa va ularga kerakli bilimni bera olsa o`qituvchi darsda o`z oldiga qo`ygan ijobiy maqsadiga erishadi. Innovacion texnologiyani darsda qo`llashda darsning mavzusiga karab, darsning maruza yoki amaliy mashg’ulot ekanligiga qarab tanlanadi. Hozir sizlarga innovacion texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz. Mavzu: «Haqiqiy sonlar». Bu mavzuga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`qu dasturidan 14-dars soati ajratilgan bu vaqtdan unumli foydalanish uchun innovacion texnologiyalarni o`z o`rnida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mavzuning 4 soatini maruzaga ajratib, 10 soatini amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Avvalo biz innovacion texnalogiyaning shu mavzuga mosini tanlab olishimi zarur. Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga xos vositalari zarur bo`ladi. Har bir innovacion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi. Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, pedogogik texnologiyalarning verbal vositalarini o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi. Verbal muloqot shakllari har hil bo`lib, ularning asosiylari nutq so`zlash, maruza, suhbatlashish, savol so`rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar berish, kengash, maslahat, nasihat, tanbeh, salomlashish, xayrlashish kabilarni o`z ichiga oladi. Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan mano mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi. Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, mafaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi. Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz. Maruzalarni faol usulda o`tkazish. Xar qanday yuqori saviyada o`tkazilgan
o`quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Maruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi. Shuning uchun maruzani kichik innovacion texnologiya darajasida quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’daradi. Maruzachi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog’liq qisqa savol-javob, fikr almashuv olib boradi. Maruza davomida ayrim muammolarni o`rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini aniqlaydi. Ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat maruzaga bo`lgan munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 daqiqagacha davom etadi. Maruzagchi o`quvchilarning qiziqish, intilish, masuliyati oshib borishini kuzatib boradi. Maruza davomida muntozam faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar maruzachining tayanchiga aylanadi. Maruza davomida mavzuni sekin-asta o`quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boriladi va qisqa munozaralar orqali tegishli echimlar topiladi. Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yana davom etishini hohlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar. Bunday maruzalar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi munozaraga chorlaydi. Biz hozir «Haqiqiy sonlar» mavzusini mavzularga ajratib olamiz va ikki qismga ajratamiz bu qismlar yuqorida aytib o`tganimizdek to`rt dars soati, yani ikki juftlik darsga ajratib olamiz va shu ikki juftlik darsni maruzaga ajratamiz, qolgan 10 soat dars amaliy mashg’ulotga qoladi. Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi. Birinchi juftlik: Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. Cheksiz o`nli kasrlar. Davriy o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish. İkkinchi juftlik:
asosiy xossalari. Matematik induktsiya usuli. Ajratilgan ikki juftlik maruza darsining birinchi juftligini innovacion texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz. Birinchi juftlik maruza darsi. Darsning tashkiliy qismi. So`ngra dars jarayoni boshlanadi. O`qituvchi birinchi navbatda sonlarni bizning hayotimizda tutgan o`rni ahamiyati haqida qiziqarli qilib 2-3 daqiqa gapirib o`tadi. So`ngra avvaldan tayyorlab kelingan uch blokka ajratilgan bloklarning birinchisi boshlanadi. Maruza davomida mavzuni asta sekin kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boshlanadi. Bloklarga darsning vaziyatiga qarab 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. Birinchi blok. Bu blok quyidagi mavzuchalardan iborat. “Natural va butun sonlar”dan. So`ngra
Tarif. "Arifmetikada musbat butun son natural son deyiladi” deb aytamiz va bunga qiziqarli qilib oddiy misollar keltirilib o`tiladi. Uning N bilan belgilanishi aytiladi. Masalan: to`rtta kitob, beshta non, va hakozo. “Umuman sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar bo`ladi” deb so`ngra natural son qatorini tushuntiramiz. Natural sonlar haqida Peano aksiomasini aytib o`tamiz va misollar keltiramiz. 1. “Bir hech qanday nlural sondan keyin kelmaydi (natural sonlar to`plami 1 dan boshlanadi).Chunki natural son birdan boshlanadi” deb izoh berib o`tamiz.
mavjud. Misol uchun: 5 dan keyin 6 keyin 7, va hakozo cheksiz davom etib ketaveradi. 3. Ketma-ket ikkita natural son orasida uchinchi son mavjud emas. [7] Masalan: 1 va 2 ning orasida natural son yo`q deymiz va boshqa misollar keltiramiz. Shunday tartibda aksiomalarning hammasini aytib o`tamiz va shunday tartibda natural sonlarning boshqa qoida va tariflari ham aytib o`tiladi. Mavzu qiziqarli, hayotiy misollar bilan boyitiladi va mustahkamlanadi. Agar imkoniyat bo`lsa har bir mavzu kadaskop yoki kompyuter asosida tariflar, xossalari, teoremalar va aksiomalar bilan katta ekranda ko`rsatilsa judayam yaxshi bo`lar edi. Xuddi shu tartibda sonning eng kichik umumiy karralisi (EKUK) va sonning eng katta umumiy bo`luvchisi (EKUB) mavzuchalari ham tushuntiriladi. Butun sonlarga o`tamiz. Butun sonlarning tarifini birinchi navbatda berib o`tamiz. Tarif. “Natural sonlar va ularga qarma-qarshi bo`lgan sonlar va nol soni birgalikda butun sonlar deyiladi va to`plam tilida Z, bilan belgilanadi” deb aytib o`tamiz va yana “a va -a sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi” deb ham aytib o`tiladi, bunga ham misollar keltiriladi. “Bu tarifdan shunga ega bo`lamizki yani butun sonlar shundan iboratki sonlar o`qini oladigan bo`lsak o`ng tarafi natural sonlar va unga qarama-qarshi tomon birgalikda butun sonlar bo`ladi” deyiladi. Esda qolishi uchun butun sonlarga matematik va hayotiy misollar keltirib o`tamiz. Misol uchun: “-8,-7,-6,-5,-.-3,-2,-1,0,1,2 ... sonlarning har biri butun sonlardir. Hayotiy misol oladigan bo`lsak havo harorati pasayib ketdi +2°,-1°, 0° darajaga tushgandan keyin yanada havo sovisa bizga yanada kichikroq son kerak bo`ladi, shu kabi extiyojlardan kelib chiqib biz -1,-2 undan ham sovisa -3,... sonlarni kiritamiz bular birgalikda butun son bo`ladi” deb yana shunday bir necha misollarni keltirib darsni davom ettiramiz. Shundan so`ng kasr sonlarga ham tushuncha beriladi va misollar bilan mustahkamlanali. Blok mustahkam yoritilgandan so`ng o`quvchilar bilan blok yuzasidan qisqa muddatli savol- javob va fikr almashinuv bo`lib o`tadi. Savol- javob 10 daqiqa bo`lib o`tadi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish uzog’i bilan 5 daqiqagacha davom etadi. Bu holat o`quvchining maruzaga bo`lgan munosabatini ijobiy tomonga o`zgartiradi va maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. İkkinchi blok. Ushbu blok quyidagi mavzuchalardan iborat: “Ratsional va irratsional sonlar”. “Cheksiz o`nli kasrlar”. Ratsional sonlarni boshlashdan oldin qisqacha mavzuga doir gapirib o`tilsa
sonlar bor, bu sonlarni bilishimiz uchun esa bizlarga ratsional songa extiyoj tug’iladi. Hozir biz bu sonlarni o`rganamiz” deb so`ngra tarifni boshlaymiz. Tarif. “t/p ko`rinishida yozish mumkin bo`lgan har qanday son ratsional son deb ataladi. Bunga m€Z va n€N” deb so`ngra misollar bilan boyitiladi. Ratsional sonlar to`plamini Q bilan belgilaymiz: Q={a/a = t/p , m€ Z, n€N}. Shundan so`ng uning qoidalari aytib o`tiladi va misollar ko`rsatiladi. “Davriy kasrlar” va “Chekli va cheksiz o`nli kasrlar” to`g’risida ham xuddi shunga o`xshab to`liq malumot beriladi va o`qituvchi tomonidan misollar keltiriladi. Uchinchi blok. So`ngi mavzu “İrratsional sonlar”. Bu mavzuning ham boshlanishi ham yuqoridagi mavzular kabi hayotga bog’lab boshlanadi. Tarif. “Davriy bo`lmagan cheksiz o`nli kasr irratsional son deyiladi” deb tarif beriladi, tarifdan so`ng unga misollar keltiriladi. Misol uchun: “2,7,3,....va albatta davriy kasr bilan farqi takidlab o`tiladi. Mavzucha haqida to`liq malumot berib, so`ngra albatta haqiqiy sonlarning tarifi beriladi. Tarif. “Ratsional va irratsinal sonlar birgalikda haqiqiy sonlar deyiladi” deb aytiladi. So`ngra blok yakunlanadi. Blokdan so`ng mavzu bilan bog’liq savol-javob va fikr almashinuv olib boriladi. Har bir fikr bildiruvchiga o`qituvi imkoniyat berishi kerak, ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning ham fikrlarini tinglaydi. Agar tanqid ostiga olinadigan bo`lsa o`quvchining shahdini qaytarib qo`yishi mumkin. Shu holda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yang davom etishini xoxlab, befarqlik o`rnini xushyorlik, ichki intilish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar. Bunday maruzalar har ikki tomonning ham faolligini oshiradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling