100 yilgacha “yashovchi” yangi monolit ko`prik


Qachon foydalanishga topshiriladi?


Download 0.61 Mb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1726967
1   2   3
Bog'liq
6 monolit ko\'priklari

Qachon foydalanishga topshiriladi?
Bu savolga mutaxassis Sergeli tumani Qipchoq ko`chasigacha olib chiqadigan yangi yo`lning umumiy uzunligi – 6,6 km bo`lsa, bu yo`l ikki bosqichda tayyor bo`ladi: 1-yo`l o`tkazgich bilan Toshkent xalqa aylana yo`li (TXAY) orasidagi yo`l 1 sentyabrgacha – 2,2 km, TXAYdan Qipchoq ko`chasigacha bo`lgan ko`prik va yo`llar qurilishi (4,4 km) shu yilning oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan, deya javob berdi.
Mutaxassislar fikrlaridan xulosa qilish mumkinki, ular qurayotgan monolit-betonli ko`prik ham estetik jihatdan jozibador, ham mustahkam. 10-15 foiz puliga achinmasak, bizda bu turdagi ko`priklar qurishga ehtiyoj bor. Sababi sifatsiz qurilayotgan oddiy betonli ko`priklar qisqa muddatlarda qay ahvolga tushib qolayotganini ko`ryapmiz. Buning ustiga ruxsat etilganidan bir necha barobar og`ir yuk tashiyotgan yuk mashinalari, yog`ingarchilik, zilzila va tebranishlar ham sekin-sekin an`anaviy ko`priklarni emirib boradi. “Toshga aylanadigan” bunday ko`priklar esa yillar, hatto, asrlar davomida xalqqa xizmat qiladi. Bizga ham aynan shunaqasi kerak! 


Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzilalar sabab atrofimizdagi har qanday bino hamda inshootlar mustahkamligiga shubha bilan qaray boshladik. Ayniqsa, bunday fikr yo‘llar va suvlar ustiga qurilgan ko‘priklardan o‘tar chog‘imiz kuchayadi.


Xo‘sh, bugungi kunda respublikamizda nechta ko‘prik bor? Ularning foydalanishga yaroqliligi, zilzilaga bardoshliligi qanday tekshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri Ne’matilla Nishonov bu boradagi savollarga javob berdi.
Yurtimizda bugungi kunda nechta ko‘prik inshootlari mavjud?
—Yurtimizda hozirgi kunda 14 ming 331 ta ko‘prik inshootlari mavjud. Shundan 7 ming 628 ta ko‘prik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida, 6 ming 703 ta ko‘prik shahar, qishloq va ichki xo‘jalik yo‘llarda joylashgan.

Ko‘prik davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan inshoot hisoblanadi. Ko‘priklarning zilzila yoki ofatlar tufayli buzilishi boshqa davlatlardan kelayotgan yordamlarni, tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmatlarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling