Mustaqil ish (5.1)

Sana01.01.1970
Hajmi
#102530
Bog'liq
Mustaqil ish (5.1)


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari nimalardan iborat?
Javob. Borliq tushunchasining tahlili. Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u Ontologiya deb ham ishlatiladi. «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq, logos – so‘z, talimot), borliq haqidagi talimot degan manoni anglatadi, ilmiy kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qo‘llanilmoqda. Ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy mano yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir mano – «bo‘lish», «mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» manolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va mano jihatidan unga yaqin fellar negizini tashkil etadigan «bo‘lmoq» feli, o‘zining bevosita manosidan tashqari, yordamchi fel sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom manoda universal fel (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida - «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy manosi tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo‘lmoq» felidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.

2.Substantsiya tushunchasining ma’nosi qanday?


Javob Substansiya (lot. substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning yagona asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va uzviy xossalari esa – atributlar (lot. attributum –xos bo‘lgan, qo‘shib olingan) degan g‘oyaga asoslanadi. SHunday qilib, biron-bir obektning borlig‘i deganda substansial borliq, yani obektning substansiyadan vujudga kelishi bilan belgilangan borliq tushunilsa, bu obektni mavjud deb hisoblash orqali biz unda muayyan atributlarning mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki «sof borliq»dan bunday borliqning tabiati haqida biron-bir taxmin kelib chiqmaydi).
Masalaga bunday yondashilganda borliq nima, degan savol substansiya nima, uning atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa tarixida bu masala echimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar taklif qilingan.
Materialistik ontologiya borliqning asosi moddiy narsalar degan talimot bo‘lib, uni antik faylasuflar yaratgan. Fales butun borliqning birinchi asosi deb suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni etirof etgan. Qadimgi talimotlar orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha birinchi asos Cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan bo‘lishi kerak, chunki unda narsalarning barcha konkret sifatlari (issiq va sovuq, namlik va quruqlik, achchiq va shirin va h.k.) aralash bo‘lishi lozim. Atomlar, efir, modda – bularning barchasi materiyani barcha narsalarning substansiyasi sifatida tushunishning turli variantlaridir.
Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida yotuvchi «g‘oyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu g‘oya Platon falsafasida rivojlantirilgan.
Din ontologiyasida Xudoning substansial borlig‘i tasdiqlanadi. Ekzistensializm ontologiyasida substansiya g‘oyasi insonga bevosita berilgan borliq - ekzistensiya kategoriyasi bilan bog‘liq. Bunda umid, qo‘rquv, g‘amxo‘rlik, vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») hisoblanadi.
Dualistik xususiyatga ega bo‘lgan ontologik konsepsiyalarda ikki xil borliq va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi ko‘p sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi.
Empirik yo‘nalish vakillari substansiya g‘oyasini tajribadan keltirib chiqarish mumkin emas, deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan tashqarida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas, deb, moddiy substansiyani rad etgan. Yum Berklining ayni shu fikrini manaviy substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy (moddiy substansiya ham, manaviy substansiya ham) g‘oyasi xayolot mahsulidan boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning o‘rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning ostida biz o‘zaro bog‘lanmagan ro‘yolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiyani umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum, “Bizning sezgilarimizdan tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so‘rash befoydadir. Biz tashqi dunyo mavjud, yani bizga bog‘liq bo‘lmagan va uzluksiz borliqqa ega ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz. Mavjud bo‘lgan narsa mavjud bo‘lmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g‘oyadir», deb yozadi. Ammo Berkli va Yum mohiyat etibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» - subektda tug‘ilgan sezgilar oqimi o‘ynaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling