G'iyosova Rushana 26 patfiz vaziyatli masala

Sana01.01.1970
Hajmi
#107947
Bog'liq
G'iyosova Rushana 26 patfiz vaziyatli masala


G’iyosova Rushana 310-b STOM 26-mavzu patfiz vaziyatli masala
1 масала. Бемор 39 ёшда терапия булимига доимий бош огриги, куриш қобилиятининг пасайиши, юракда оғриқ, кунгил айнаш, хар доим чанкоклик хисси, тери кичиши, юзи шиши шикоятлари билан келган. Анамнезда куп маротаба ангина утказган. Текширишда: бемор рангсиз, териси курук, юрак чёғараси чапга кенгайган, қон босими 190/100. нафас олиш сони 25. Қонда:гемогл 90 г/л, эрит 3,2млн, лейк 6,2минг, рН 7,3. Суткалик диурез 4 литр, никтурия. Зимницкий синамаси натижаси буйича хамма порцияларда сийдикнинг солиштирма огирлиги 1010 – 1012. Креатинин клиренси 40мл /мин, қондаги мочевина микдори 17ммоль/л, креатинин 0,5 ммоль/л. Сийдикда: оксил, молекуляр массаси 7000 бўлган оксиллар, 1,9 г/л, лейкоцитлар куриш майдонида 2-3та эритроцитлар 5-6, цилиндрлар 2-4та.
Саволлар:
1. Буйракнинг фильтрацион экскретор, секретор ва реарбсорбцион фаолиятига бахо беринг ва дастлабки диагнозни кйиб касаллик босқичини курсатинг
2. Буйрак ва буйракга тёғишли булмаган симптом ва синдромларни тушунтиринг
3. Буйракнинг пункцион биопсияси кандай саволларга жавоб бериши мумкин?
4. Ушбу касалликнинг этиология ва патогенезини тушунтиринг
5. Патогнетик терапия принципларини айтинг
JAVOB
1-masala.

  1. Buyrakning filtratsion ekskretor faoliyati kuchayib poliuriyaga sabab bo’lgan. Buyrak tanachalarining chiqarish faoliyati buzilganda organizmdan azot almashinuvining oxirgi moddalarini chiqarib tashlash sekinlashadi va qonda qoldiq azot miqdori ortadi, ya’ni azotemiya yuzaga keladi. Azotemiya asosan qonda zaharli modda (mochevina, kreatinin,. indol, skatol va boshqa)laming to'planishi bilan boradi.Dastlabki diagnoz: Surunkali diffuz glomerulonefrit.

  2. Bosh og'rishi unda og'irlik hissi. Umumiy ko'rikda bemor teri qoplamlari rangpar, yuzlari shishganligi ko'zga tashlanadi. Shish va gipertonik sindromida kuzatiladi.

  3. Biopsiya buyrak o‘smasi xususiyatini, surunkali glomemlonefritlami morfologik shaklini aniqlash imkonini beradi.

  4. Surunkali glomerulonefritning kelib chiqishida infeksiya, sovuqda qolish, emlash (ko'proq hollarda) kabi omillar ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan bo'lsa ham aksariyat hollasda ular bilan kasallik o'rtasida uzviy bog'liqlik aniqlanmagan. Surunkali glomerulonefritning patogenezida organizmda sodir bo'ladigan immunologik o'zgarishlar asosiy o ‘rin tutadi. Hosil bo'lgan antitanachalar nefron koptokchalariga bevosita shikastlovchi ta’sir ko'rsatadi yoki immun komplekslar hosil qilib, bazal membrana va tomirlar devoriga cho'kadi. Natijada immunallergik yallig'lanish yuzaga kelib, u buyrak to'qim asining shikastlanishini kuchaytiradi.

  5. Asosiy patogenetik davo sifatida GKS (prednizolon), qat’iy ko'rsatmalar bo'lganda sitostatiklar, antikoagulyantlar (geparin) va antiagregantlar buyuriladi. Ammo yuqori qon bosimi mavjud bo'lganda gormonlami buyurish qarshi ko'rsatma hisoblanadi. Shishlarni bartaraf etish uchun siydik haydovchi vositalar (furosemid, uregit va boshqalar), AG da esa kalsiy antagonistlari va AAFI buyuriladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling