11-dars. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT (26 – 36-betlar)
1-topshiriq.
1. Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi. (birik.bog‘-li b.q.g.; payt) 2. Mana, sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. (birik.b-li b.q.g.; sabab-natija) 3. Yo‘lovchining o‘zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi. (zid.b-li b.q.g.; zidlik)
40- mashq.
1. Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. (birik.b-li b.q.g.; payt) 2. To‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatlab, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi. (birik.b-li b.q.g.; payt) 3. Uzun bir yog‘och topib, asta olmani o‘ziga tomon «hayday»
boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho‘ng‘ib, yana «qochib» qolardi. (zid.b-li b.q.g.; zidlik) 4. Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham yaxshi bilishadi. (variantga olingan: tinish belgilari so‘ralgan; (zid.b-li b.q.g.; zidlik) 5. Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi. (birik.b-li b.q.g.; payt) 6. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi. (zid.b-li b.q.g.; zidlik)
Do'stlaringiz bilan baham: |