Tulki: Kirsam maylimi,Qadrdonim Eldy?Sening ajoyib uyingni ko‘rishni xohlayman


Download 18 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi18 Kb.
#112791
Bog'liq
Haytboyeva G.little pigs


Cho‘chqa bolalari

Tulki: Kirsam maylimi,Qadrdonim Eldy?Sening ajoyib uyingni ko‘rishni xohlayman

Eldy:Sen kimsan?

Tulki:(Shubhasiz bu ovoz tulkiga tegishli.Ehtiyot bo‘lishim kerak)

Yo‘q ! Sen mening do‘stimligingga ishonmayman.Men bilaman sen ayyor tulkisan.Oyim sen haqingda bizni ogohlantirgan.Senga uyimga kirishingga ruhsat bermayman.

Tulki:Bu sening javoningmi?Senga kimligimni ko‘rsatib qo‘yaman.Bitta puflab sening bu somon uyingni buzib tashlayman.Seni baribir tashqariga chiqishga majbur qilaman.

Tulki chuqur nafas oldi va bor kuchi bilan nafas chiqardi.Keyingi lahzada somon uycha qulab tushdi.Eldy juda ham qo‘rqardi.

Tulki:Xa xa xa uyingga qara.Bu uy menga mos kelmaydi.

Tulki o‘z kuchidan mamnun edi.

Eldy(Qochishim kerak)

Eldy paytdan foydalanib akasi Mildlyning uyi tomon chopdi.

Tulki:Oooo yo‘q , u qochyapti.

Tulki Eldyning ortidan chopdi.Lekin tulki Eldyga yetolmadi.

Tulki:Ortingga qayt!Senga zarar yetkazmayman.Ortingga qayt!

Eldy:Mildly,Mildly, eshikni tezroq och

Mildly:Nima bo‘ldi?

(Mildly eshikni ochdi)

Eldy:Eshikni yop.Ayyor tulki menga ergashib kelyapti

Mildly:Umid qilamanki bu uy qulab ketmaydi.Kel eshikni itarib turamiz.Shunda u ichkariga kira olmaydi.

(Eldy va Mildly ikkalasi ham eshikka suyanib o‘tirishardi

Tulki yana eshikni taqillatdi.Tashqarida tulki ularning gaplarini eshitgandi.Uning so‘laklari oqib ketardi.Ikkita cho‘chqachani o‘ylagandan keyin uning qorni yanada ochdi)

Tulki:Salom qadrdonlarim.Eshikni ochinglar.Men faqatgina sizlar bn gaplashishni xohlayman.

Mildly:Ket!Biz eshikni ochmaymiz .Bu yerda turishdan foyda yo‘q.Ket!

Bo‘ri:Yana kuchimni ko‘rsatishimga to‘g‘ri keladi.Ortiq qocha olmaysizlar.

(Tulki yana chuqur nafas oldi va puladi.Yog‘och uy xuddi qartalarga o‘xshab yerga quladi)

Tulki:(Ular qayerda?)Hey kichkintoylar,qayerdasizlar?

(Eldy va Mildly qanday bo‘lmasin tulkidan qochishni eplashdi va kichkina ukalari Youlyning uyiga yugirishdi.

Omadlariga dono kichkintoy Youly derazadan tashqariga qarab o‘tirgandi va u qochayotgan akalarini ko‘rib qoldi

U darhol eshikni ochdi va ularni ichkariga kirg‘izdi.)

Youly:Nimaga bunday chopib kelyapsizlar?

Mildly:Tulki bizning ortimizdan kelyapti

Youly:Tashvishlanmanglar.Sizlar bu yerda xavfsizsizlar.Hozir esa tinchlaning.

(Birozdan keyin eshik qattiq taqilladi)

Tulki:Bu uy avvalgilaridan mustahkamroq ekan.O‘ylashimcha bu uyni puflab qulata olmayman.Lekin baribir urinib ko‘rishim kerak.

(Tulki bir marta, ikki marta va uchinchi marta pufladi)

Tulki:Men bu uyni qulata olmayman.U haqiqatdanam mustahkam ekan.Boshqa yo‘lini topishim kerak.

(Tulki Youlyning uyini tark etdi)

Eldy:Bizni qutqarganing uchun rahmat.



Youly:Hozir anglagandirsizlar men nima uchun uyni g‘ishtdan qurishimiz kerakligini aytganimni.

Shunday qilib ular Youlyning mustahkam uyida baxtli va xavf xatardan xoli yashashdilar.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling